Axborot texnologiya - ob’yekt, jarayon yoki xodisa (axborot maxsulot) xolati haqida yangi sifatdagi ma’lumotlarni olish uchun foydalanadigan ma’lumotlarni (birlamchi) yigish, ishlov berish va o`zatish vositalari, hamda usullari majmuasidir.
Ayni paytda axborot texnologiya xakida fikr yuritganda, kupgina «yangi», «kommunikatsion» yoki «zamonaviy» so`zlarini ko`shib ishlatiladi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya - bu zamonaviy kompyuterlar va telekomunikatsion vositalaridan foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun «dustona» interfeysga ega bulgan axborot texnologiya demakdir.
AKT rivojlanish bosqichlarini qarab chiqamiz.
Texnologiya uskunaviy muhitining turlari bo'yicha:
1-nchi bosqich (xx asrning ikkinchi yarmida) pero, rangdon, kitobga asoslangan «qo'lda» bajariladigan informatsion texnologiya
2-nchi bosqich (xx asrning oxirlaridan boshlab) - yozuv mashinkasi, telefon, diktofon asoslangan «mexanik»
3-nchi bosqich (xx asrning 40-60 yillari) - katta ExM, elektrik yozuv mashinkalari, kseroksga asoslangan «elektrik» texnologiya
4-nchi bosqich (70 yillarning boshida) - katta ExM va ular asosida yaratgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) va ma’lumot-izlovchi tizimlari «elektron» texnologiyalari
5-nchi bosqich (80 yillarning urtalaridan boshlab) - shaxsiy kompyuterga asoslangan kompyuteriy texnologiya
O`quv jarayonida qo`yidagi AKT ishlatiladi: elektron pochta, vizual multimedia, masofaviy ta'lim, audipochta, elektron kalendar, telekonferentsiya, auidiokonferentsiya, videokonferentsiya, chat va boshqalar.
Ta’limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi:
- fan sohalarini axborotlashtirishni;
- o`quv faoliyatni intellektuallashtirishni;
- integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni;
- ta’lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi.
Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:
- masofaviy o`quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;
- pedagoglar o`rtasida vazifalarning taqsimlanishini;
- ta’lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy etilishi:
- talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga;
- o`rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur o`zlashtirilishiga;
- o`quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga;
- interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o`qitish jarayonini individuallashtirish va differentsiyalashtirishga;
- sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o`quv materiallarini o`zlashtirish strategiyasini egallashiga;
- axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga;
- o`rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |