XULOSALAR
“Tarmoq texnologiyalari” fanini o’qitishni takomillashtirishning
ilmiy - pedagogik asoslari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida
quyidagi xulosalar taqdim etildi:
1.
Xorijiy ilmiy adabiyotlar va fan dasturlarining tahlili hamda
axborot - kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi so‘ngi yutuqlarni
hisobga olgan holda “Tarmoq texnologiyalari” fani mazmuni
tizimlashtirilib, bulut texnologiyalar, IoT – buyumlar interneti, NB-IoT
texnologiyasi, simsiz tarmoqning yangi standartlari, Smart Campus,
LoRaWAN texnologiyasi kabi komponentlarini kiritish orqali yangi
tushunchalar bilan boyitish lozim.
2. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Tarmoq texnologiyalari”
fani bo‘yicha o‘quv jarayonini individuallashtirishga imkon beruvchi
tematik veb sayt, mobil ilova va elektron ta’lim resurslari yaratilib
hamda o‘quv jarayoniga joriy etishning pedagogik samaradorligi aniqlab
tahlil qilish kerak.
3. “Tarmoq texnologiyalari” fani bo‘yicha oliy ta’lim tizimining
mavjud pedagogik funksiyalarini o‘z ichiga olgan, mediaresurslar, veb-
texnologiya
hamda
Cisco
Packet
Tracer
simulyatorlarini
integratsiyalovchi elektron o‘quv qo‘llanma yaratib, undan ma’ruza,
laboratoriya va mustaqil mashg‘ulotlarda foydalanish metodikasi ishlab
chiqish lozim.
4. SMART – texnologiyalar (Smart Digital Podium, Smartboard,
SMART Response, SMART Bridgit, Kahoot) vositalari yordamida
“Tarmoq texnologiyalari” fani bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma
va malakalarni baholash uchun o‘quv jarayonini nazorat qilish va
monitoringini olib borish metodikasi takomillashtirish zarur.
5. SMART-texnologiyalar asosidagi integratsiyalashgan ta’lim
muhitidan
foydalanib
“Tarmoq texnologiyalari” fani ma’ruza
mashg‘ulotlarini o‘qitishning “Flipped classroom” metodi ishlab chiqib
amaliyotiga joriy etilish zarur.
6. Talabalarning kasbiy kompetensiyasini motivatsion, faoliyatli va
axborotli kabi kompleks baholash mezonlari asosida tahlil qilish lozim.
Yuqorida keltirilgan xulosalarni inobatga olib quyidagi tavsiyalar
ishlab chiqildi:
1. “Tarmoq texnologiyalari” fani bo‘yicha yaratilgan integrativ
elektron o‘quv qo‘llanmadan pedagogika oliy ta’lim muassasalarining
109
5110700 - informatika o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim
yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning o‘quv-ijodiy faoliyatini
rivojlantirish bo‘yicha o‘quv jarayoniga tatbiq etish zarur.
2. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan “Tarmoq texnologiyalari”
fanining SMART-texnologiyalar asosida integratsiyalashgan ta’lim
muhitidagi takomillashtirilgan metodik ta’minotidan foydalangan holda
boshqa fanlarga ham joriy etish kerak.
3. “Tarmoq texnologiyalari” fani mazmunining yangicha shakli
bo‘yicha kasbiy kompetentlikning tarkiblari Blum taksonomiyasining
o‘quv maqsadlariga mos holda ishlab chiqish hamda respublikamiz
pedagogika OTMlari uchun yangi takomillashtirilgan Fan dasturini joriy
etish lozim.
110
Do'stlaringiz bilan baham: |