Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim. Bu ta’lim oʻz mohiyatiga koʻra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini toʻlaqonli rivojlanishlarini koʻzda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kеlgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bogʻliq oʻqish maqsadlaridan kеlib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim tеxnologiyasi tizimning barcha bеlgilarini oʻzida mujassam etmogʻi lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha boʻgʻinlarini oʻzaro bogʻlanganligi, yaxlitligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |