Tarmoq texnologiyalariИнформатикани ўқитишда инновацион технологиялар
2 5188160368597273318
|
Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich |
Nizomiy nomidagi TDPU «Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi dosenti, pedagogika fanlari nomzodi |
Xaytullayeva Nafisa Saxobiddinovna |
Nizomiy nomidagi TDPU «Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi |
Isakov I. |
Guliston davlat universiteti «Amaliy matematika va informatika» kafedrasi dosenti, pedagogika fanlari nomzodi |
Boltaev Baxodir |
O’zbekiston Respublikasi Halq ta’lim vazirligi qoshidagi Respublika Ta’lim markazi “Ta’lim jarayoniga axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish” bo’limini boshlig’i, fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent |
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Ilmiy – uslubiy kengashida tavsiya qilingan (11.02.2014-yildagi 3 – sonli bayonnoma).
Fanni o’qitishdan maqsad- talabalarning kasbiy sohasida uchraydigan tarmoq sohasidagi muammolarni bartaraf etish yo’llarini o’rgatish, bo’lajak fan o’qituvchisi sifatida mutaxassis bo’lib yetishi uchun yetalichi bilimlar berishdan iborat.
Kompyuter tarmoqlari fanining vazifasi:
-kompyuter tarmog’i haqida ma’lumotlar berish;
-har bir insonning hayotida va jamiyat rivojlanishida axborot texnologiyalarning rolini ko’rsatish;
-mintaqaviy, lokal va global kompyuter tarmoqlarining imkoniyatlarini ochib berish;
-kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlardan qanday hollarda va qanday maqsadlarda ishlatish tushunchalarini shakllantirish;
-global tarmoqqa joylashtiriladigan ma’lumotlarni qanday hosil qilish yo’llarini o’rgatishdan iborat.
«Kompyuter tarmoqlari» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- kompyuter kommunikasiyalari, kanalning o’tkazish qobiliyati, signallarni modulyasiya va demodulyasiyasi, modemlar, tarmoq xizmatlari, tarmoq topologiyalari, ma’lumotlarini uzatish bayonnomalari, tarmoq operasion sistemalari, lokal kompyuter tarmoqlari, Intranet tarmog’i va uning tarixi, Internet hizmatlari, Internet resurslarini yaratish dasturlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
- kommunikasion kanal va aloqa prosessori; signallarni modulyasiya va demodulyasiyasi, tarmoq xizmatlari, ko’prik va shlyuzlar, tarmoq topologiyalari, ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari, tarmoq operasion sistemalari, lokal kompyuter tarmoqlari va ularni boshqarish, Intranet kompyuter tarmog’i, Internet xizmatlari, Internet va Intranet tarmoqlararo birlashmasini tashkil etish, internet interfaol resurslarni yaratishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- kompyuter kommunikasiyalarini tashkilish etish, modemlar va ularni sozlash, tarmoq xizmatlarini hosil qilish, ma’lumotlarini uzatish bayonnomalari bilan ishlash, tarmoq operasion tizimlari bilan ishlash, lokal kompyuter tarmoqlarini tashkil etish; Intranet kompyuter tarmog’ida ishlash; global kompyuter tarmoqlaridan foydalanish; internet axborot resurslarini yaratish ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
Kompyuter tarmoqlarifani asosiy umumkasbiy fanlaridan biri hisoblananib, 4-semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasidagi rejalashtirilgan nazariy informatika, ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimlari, Algoritmlash va dasturlash tillarifanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.