Ishni bajarish tartibi:
1. Internetga kirish uchun dastlab ekrandagi Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Natijada Internet Explorer brouvzerining ishchi oynasi hosil bo‘ladi.Uning yuqori qismidagi Адрес: oynasiga biz kirmoqchi bo‘lgan sayt manzili yozilib, [Enter] tugmasini bosamiz.
Biron ma’lumot qidirmoqchi bo‘lsak, qidiruv tizimlaridan foydalanishimiz mumkin. Bular: www.ya.ru, www.rambler.ru, www.google.uz va boshqalar. Misol uchun, biz Yandex qidiruv tizimida ishlamoqchi bo‘lsak, ro‘yxatlar satridan http://www.yandex.ruyozuvini tanlaymiz yoki qisqa www.ya.ru qidiruv tizimining nomini klaviatura yordamida kiritib, [Enter]ni bosamiz.
1-rasm.
Natijada Яндекс ning qidiruv sahifasi ochiladi.
2-rasm.
Sahifa orqali bugungi kunga qadar to‘plangan turli sohaga oid ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Internetning bunday qidiruv tizimlari yordamida istalgan ma’lumotni tez va qisqa vaqt ichida topish mumkin. Яндекс ning qidiruv oynasiga АлишерНавоий so‘zini yozamiz va Найти yoki [Enter] tugmasi bosiladi.
3-rasm.
Natijada shu jumla yoki so‘zga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar (sahifalar) ro‘yxati kichik izohlari bilan paydo bo‘ladi. Biz kichik izohlar orqali o‘zimizga tegishli sahifani to‘liq ko‘rish uchun shu sahifa ustiga sichqonchani ko‘rsatkichini olib borib, chap tugmasini bosamiz. Masalan, Alisher Navoiy haqida ma’lumot olmoqchimiz.
Yuqoridagi oynaga shu yozuvni kiritib, Найти!(yoki [Enter]) tugmasini bossak, quyidagilar paydo bo‘ladi:
Qidiruv natijasida 3238 sahifa aniqlangan, shundan dastlab, 1-15 gacha bo‘lganining ro‘yxati ekranda Sarlavhasi, kichik izohi, sayt manzili bilan keltirilgan. Biz kichik izohlarni o‘qigan holda o‘zimizga keraklisini tanlab, sichqonchaning tugmasini bosamiz. Aytaylik, 3- o‘rindagi ma’lumot kerak bo‘lsin, u holda yangi oynada shu ma’lumotni to‘liq sahifasi paydo bo‘ladi.(4-rasm)
4-rasm.
Har qaysi qatordagi sahifalarni shu orqali ko‘rish va undan ma’lumot olish mumkin. Bunda tanlangan har bir sahifaning to‘liq matni alohida oynada hosil bo‘ladi. Topilgan sahifaning birontasiga kirish usuli. Kerakli yozuv tanlanadi yoki menyu chiqarilib Открыть bosiladi.
1. Alohida sahifada shu ma’lumotning to‘liq qismi namoyon bo‘ladi.
2. Topilgan sahifadan ma’lumot olish. Kerakli ma’lumot belgilanadi.
3.Belgilangan soha ustida menyu chiqarilib, Копировать bosiladi.
4. Microsoft Word dasturiga kiriladi, kursor turgan joyda menyu chiqarilib, Вставить bosiladi
5. Word dasturida АлишерНавоий haqidagi ma’lumot paydo bo‘ladi.
6. Rasmlarni olish usuli. Rasm tanlanadi, menyu chiqariladi, Копировать bosiladi.
8. Topilgan sahifalardan boshqalariga kirish. Masalan, Rasmlar bilan bog‘liq sahifalar.
2.Mavzu: Internetda ma’lumotlarni izlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |