3 – laboratoriya ishi
Mavzu: Packet Tracerdasturida himoyalangan virtual tarmoqni qurish
Ishdan maqsad:
Packet Tracerning asosiy vazifalari xaqida tushuncha olish.
Oddiy tarmoq modelini qurish va tarmoqda trafikni kuzatish.
3 ta xost va kommutator yordamida oddiy Ethernet tarmog`ini tashkil etish.
ARP va Ping buyruqlarning ish jarayonlarini kuzatish
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Tarmoq kommutatori yoki svitch — bitta segment doirasida kompyuter tarmog`idagi bir qancha uzellarni bir biriga bog`lash uchun xizmat qiluvchi qurilma. Kontsentrator trafikni barcha qurilmalarga tarqatadi, kommutator kontsetratordan farqli ravishda malumotlarni aynan qabul qiluvchiga yetkazib beradi. Bu esa o`z navbatida tarmoq xavfsizligini va malumotlar almashinish tezligini oshiradi. Kommutator OSI modelining kanal sathida ishlaydi va shuning uchun umumiy holda faqat bitta tarmoq uzellarini ularning MAC-manzillari orqali birlashtiradi. Bir nechta takrmoqlarni birlashtirish vazifasini tarmoq sathida ishlovchi marshrutizatorlar bajaradi.
Kommutator uzellarning MAC-manzillari yozilgan maxsus MAC-jadvalni xotirasida saqlaydi. Kommutator yoqilganda ushbu jadval bo`sh bo`ladi va u o`qitish rejimida ishlaydi.Ushbu rejimda qaysi portga malumot kelib tushsa, ushbu malumot kommutatorning barcha portlariga tarqatiladi.Bu orqali kommutator kelayotgan paketlarni tahlil qiladi, yuboruvchi kompyuterning MAC-manzilini aniqlaydi va uni xotirasidagi jadvalga yozib qo`yadi.
Kommutatorning qaysidir portidan ushbu kompyuter uchun mo`ljallangan paket kelsa, ushbu paket faqatgina shu kompyuterga uzatiladi. Agarda qabul qiluvchi kompyuterning MAC-manzili aniq bo`lmasa, bu holatda paket kommutatorning barcha interfeyslariga yuboriladi. Vaqt o`tishi bilan kommutator barcha portlari uchun lozim bo`lgan jadvalni tuzib oladi va buning natijasida tarmoq trafigi lokallashadi. Kommutatorlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan (oddiy) toifalarga bo`linadi. Murakkab kommutatorlar trafikni OSI modelining kanal(ikkinchi) va tarmoq(uchinchi) sathlarida ham boshqara oladi. Ularni odatda Layer 2 Switch yoki qisartirib L2 nomlanadi. Kommutatorlarni boshqarish Web-interfeys, SNMP, RMON va boshqa protokollar yordamida amalga oshiriladi. Boshqariladagan kommutatorlarning ko`pchiligi qo`shimcha imkoniyatlarga ega: VLAN, QoS, taqiqlash va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |