6. Web–saytni joylashtirish (xosting)
Xostingni tanlashda internet provayder imkoniyatini, ya’ni kanalning o’tkazish qobiliyatini inobatga olish kerak bo’ladi. Bir vaqtda qancha tashrif buyuruvchilar Web–saytga kira olishi mana shu ko’rsatkichga bog’liq bo’ladi. Provayder kanali turli xil mamlakat va mintaqadagi foydalanuvchilarga bir xil yaxshi va qulay bo’lishi kerak. Xosting sifatiga ta’sir etuvchi boshqa parametr–bu Web–server unumdorligi hisoblanadi. Xosting vakolati sanalgan kompaniya bilan saytning ommaviyligi (tashrif buyuruvchilar soni) oshgan taqdirda kanalning o’tkazish qobiliyati va Web–server unumdorligini mos ravishda oshirish to’g’risida kelishib olish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |