Ketma-ket va parallel ulash.
Ma’lumot ikki xil usulda uzatiladi: ketma-ket va parallel signallar yigindisi kurinishida.
Ma’lumotni ketma-ket uzatish. Bu usulda bitlar bitta-bitta, biri ikkinchisida keyin uzatiladi. Ketma-ket uzatish ko’pincha buralma juftli telefon liniyalari orqali amalga oshiriladi. Bu usul ko’pgina liniyalarda, modemlar, sichkonchalarda xam qo’llaniladi. Kompyuterga ulanuvchi modem kartasi(platasi) odatda ketma-ket portga ulanadi.
Ma’lumotni parallel uzatish. Bunday uzatishda ma’lumot qismlarga ajratilib, bu qismlar alohida liniyalar orqali bir vaqtda uzatiladi. Parallel liniyalarda ketma-ket liniyalarga nisbatan ma’lumot ancha tez uzatiladi. Ammo bu usulda kabel uzunligi 15 fut(5 metr) gacha bulishi mumkin, xolos. Shuning uchun bu usulda ma’lumot, masalan, protsessordan printerga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |