TARMOQ PROTOKOLLARI
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
300 000 – Ishlab chiqarish- texnik soha
Ta’lim sohasi:
350 000 – Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya
texnologiyalari
Ta’lim
yo’nalishi: 5350100 Telekommunikatsiya texnologiyalari
(
Telekommunikatsiya texnologiyalari,
Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar
);
Urganch – 2018
Fan dasturi Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Urganch filiali Ilmiy kengashining 2018 yil “____”
_________ dagi ___ - sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Telekommunikatsiya injiniringi”
kafedrasida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Avazov E.Sh.
– TATU UF, “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi
dotsenti
Bekimetov A.F.
– TATU UF, “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi
assistenti
Taqrizchilar:
Gandjaev T.X.
- “O’zbektelekom” AK “Uzmobile” filiali Xorazm hududiy
bog’lamasi yetakchi muhandisi
Yusupov F.
– TATU UF, “Dasturiy injiniring” kafedrasi mudiri, t.f.n.,
dotsent
Fan dasturi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Urganch filiali Kompyuter injiniringi fakulteti
Kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2018 yil “___”________dagi “___”
– sonli bayonnoma).
KIRISH
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari jamiyatning turli sohalarida
qo’llanilib, kishilarning iqtisodiy va madaniy turmushining barcha jabxalari (shu
jumladan, bilim tarqatish, ijtimoiy aloqalar, iqtisodiy, tadbirkorlik va siyosiy faoliyat,
ommaviy axborot vositalari, ta’lim, sog’liqni saqlash kabilar)ni yaxshilashi va XXI
asr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuch sifatida e’tirof etiladi.
Bunday sharoitda mutaxassislar tayyorlash va ularning sifatini oshirish katta
ahamiyat kasb etadi. Oliy o’quv yurtlaridagi mutaxassislar o’zlarining professional
faoliyatidagi tasavvur va tushunchalarini amaliy masalalar yechishda qo’llashi,
masalalarni ko’zlagan maqsadda ko’rishi va tadbiq qilishi hamda yangi bilimlarni
qo’lga kiritishi lozim. Bu borada mazkur “Tarmoq protokollari” fani ma’lumotlar
uzatish tizimlari va tarmoqlarini tuzilishi, ishlashi, protokollar orqali xizmatlarni
amalga oshirilishiga oid texnikaviy va texnologik jixatlarni qamrab olgan xolda,
bakalavriatura talabalariga kerakli bilimlarni berishga mo’ljallangan.