Paxta quritgichlarining vazifalari. Paxta quritgichlari paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash maskanlarida paxtani qabul qilishda uni konditsion namlikkacha va korxonadagi paxta tozalash texnologik jarayonida texnologik namlikkacha quritish vazifasini bajaradi.
Paxta quritgichlariga qo’yiladigan texnologik talablar. Quritish jarayonida tola va chigit me`yordan ortiq qizimasligi hamda mexanik shikastlanmasligi kerak. Buning uchun tolaning harorati 373-378 0K dan, urug’lik chigitniki 338-343 0K dan oshmasligi kerak. Quritish jarayoni uzluksiz, namlikni ajratish rostlanuvchan, quritish bir tekisligi yuqori darajada bo’lishi kerak.
Quritgich konstruktsiyasida quritishni tozalash bilan birga bajarish ma’qsadga muvofiq bo`lib hisoblanadi. Paxtani quritgichga solish va olish mexanizatsiyalangan, quritish jarayoni ko’rsatgichlarini ta’minlash avtomatlashtirilgan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |