Йигирув машинаси юритмасининг аҳамияти.
Тезлик диаграммалари. Созловчи юритмаларнинг схемалари
Mashinaning bosh valiga harakat elektrodvigateldan ponassimon tasma uzatma orqali uzatiladi. Lekin, zamonaviy yigirish mashinalarda ularning samaradorligini ko`tarish maqsadida sozlovchi yuritma qo`llaniladi.
Ma`lumki, uyachani ishlab chiqarish paytida ipni uzilishi ko`payadi; badan qismini ishlaganda uzilish kamayadi va tepa qismini ishlaganda uzilish yana ko`payadi. Shuning uchun uzulishni hamma qismlarida tekislash uchun urchuqlarni tezligini sozlash kerak, yani uzilish ko`p bo`lsa tezlik kamaytiriladi; uzilish kam bo`lsa tezlik ko`paytiriladi. Sozlash qonunini amalga oshirishda har xil tezlik diagramalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |