Пахтани қуритиш барабанини таъминлаш мосламаларини мустаҳкамликка ҳисоблашда асосий кўрсаткичлар.
Пахтани қуритиш мосламасини асосий ишчи қисмлари ва уларни мустаҳкамликка ҳисоблаш.
Пахтани қуритиш мосламасини асосий ишчи қисмлари ва уларни эгилишга ҳамда кучланишга ҳисоблаш.
Quritish barabani mustahkamlik va bikrlik uchun to’g’ri chiziqli bo’ylama va halqasimon ko’ndalang qovurg’alar (stringer va shpangoutlar) bilan mustahkamlangan tsilindrik qobiq, unga A chap tomonda barabanning yassi old devori yoki oldingi yon devor va oldingi tsapfa, B o’ng tomonda barabanning konussimon orqa devori yoki orqa yon devori, o’tish muftasi, qiya kegaylar va orqa tsapfa yoki yetaklovchi tsapfa mahkamlab o’rnatilgan bo’lib, uning ichki qismi paxta bilan yaxshi kontaktga kirishishi uchun ko’tarish kuraklari bilan jixozlangan. Oldingi tsapfa tayanch roliklariga o’tirgan bo’lsa, orqa yetaklovchi tsapfa podshipnikda o’rnatilib, osma reduktor orqali yuritmaga ulangan.
Barabanning o’qiga quyidagi tekis taqsimlangan yuklamalar ta’sir etadi:
-oldingi tsapfaning og’irligidan;
-baraban ishchi qismining og’irligidan;
-barabandagi pahtaning og’irligidan;
= + - baraban va paxtaning umumiy og’irligidan;
-kegaylarning og’irligidan;
-o’tish muftasining og’irligidan;
-orqa tsapfaning og’irligidan.
1-rasm. Barabanning hisob sxemasi.
Baraban ishchi qismining og’irligidan bo’lgan yuklama va bu yerda - baraban ishchi qismining uzunligi, - baraban og’irligi.
Barabandagi pahtaning og’irligidan bo’lgan yuklama:
bu yerda – barabandagi paxtaning umumiy og’irligi;
- barabanning paxtaning nam paxta bo’yicha soatlik unumdorligi;
‑ barabanning paxtaning quruq paxta bo’yicha soatlik unumdorligi;
- paxtaning barabanda bo’lish vaqti, min.
Orqa tsapfaga ta’sir etadigan mujassam kuchlar kuchlar:
osma reduktor og’irligi;
yurituvchi mexanizmning reaktiv kuchi;
tasmaning tortish kuchi;
shkivning og’irlik kuchi.
Orqa tsapfada hosil bo’ladigan aylanaviy kuch R quyidagicha aniqlanadi
- barabanni yurituvchi mexanizm burovchi momenti.
- barabanni yurituvchi shesternya boshlang’ich aylanasi diametri.
4.7-rasmda berilgan barabanning hisob sxemasidan ko’rinadiki, barabanni ikki tayanchdagi konsolli, tekis taqsimlangan va mujassam kuchlar hamda burovchi moment bilan yuklangan balka sifatida ko’rish mumkin.
Barcha yuklamalar va tayanchlardagi reaktsiyalarni aniqlagandan keyin eguvchi momentlar va ko’ndalang kuchlar epyuralarini qurish va baraban qismlarining barcha hisoblarini bajarish mumkin.
Masalan, A tayanchdan x masofadagi eguvchi momentni shu kesimga nisbatan momentlar tenglamasini tuzib quyidagicha aniqlaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |