Гидропресс мосламасини асосий вазифаси ва унинг ишчи қисмлари.
Paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayoni tola, momiq, tuk va tolali chiqindilarni presslash bilan tugatiladi.
Presslanmagan tolani saqlashda omborlar hajmidan va transport vositalaridan samarali foydalanilmaydi, shuningdek yuk ortish, tushirish va tashish mexanizmlaridan to’liq foydalanish mumkin bo’lmaydi. SHuning uchun paxta tozalash korxonalarida maxsus presslarda tola, momiq va tolali chiqindilar zichlanadi va toylanadi.
Paxta tozalash korxonaida ishlayotgan B-374A, DA-8237, DB-8237 markali presslarda toylangan tola zichligi 550-600 kg/m3 bo’ladi. Toylar temir yo’l vagonlariga ortilganda, ularning yuk ko’tarish quvvatidan 95 % gacha foydalaniladi.
Press uskunasi bosh tsilindr, plunjer, qutini qulflash moslamasi, press qutilari, qutilarni aylantirish va qulflash mexanizmlari, toy itargichlardan iborat.
Bosh tsilindr pressning asosiy qismlaridan bo’lib, uni odatda bol/alangan yoki quyma po’latdan yasaladi.
Presslarni loyihalashda ularga quyidagi talablarquyiladi:
-pressning barcha geometrik o’lchamlari iloji boricha ixcham yasalishi kerak;
-tolani shibbalashda hamda presslashda uni sifatini pasaytirmaslik;
- tolani zichligi barcha toyning uch o’lchami bo’yicha tekis taqsimlangan bo’lishi kerak;
- toylarda zichlik belgilangan me’yor darajasida bo’lishi kerak.
Paxta tolasi presslari texnologik va texnik belgilariga asosan quyidagi turlarga bo’linadi:
a) presslovchi elementni harakatga keltirish moslamasiga qarab -mexanik va gidravlik turga bo’linadi.
b) tola toyining shakliga qarab - tsilindrik va prizmatik formada toylovchilarga;
v) plunjerlar soniga qarab - bir plunjerli va ikki plunjerli presslarga.
Pressning asosiy texnologik parametrlariga presslash quvvati, presslashda zichlik miqdori, tola toyining shakli, og’irligi hamda uning o’lchamlari kiradi.
Presslash jarayonida zichlikni qiymatini tanlab olish asosan toyni tashish uchun mo’ljallangan vositalarga bog’liq. Bizning sharoitda asosan tola toyi temir yo’l vagonlarida, avtomobilda hamda suv transportida tashiladi. Transport vositalaridan to’liq foydalanish ko’rsatkichi uning turiga qarab turlicha bo’ladi.
Buning uchun maxsus foydalanish ko’rsatkichi koeffitsienti mavjud bo’lib, u quyidagi bog’lanishdan aniqlanadi:
(1)
bu erda: - toyni joylashtirilganda’ umumiy hajmdan amalda foydalaniladigan hajm miqdori, m3;
- tashish vositasining to’liq hajmi, m3.
Temir yo’l vagonlari uchun bu qiymat ga teng.
Presslash qutisining o’lchamlarini tanlab olishda tolani maksimal hajmiy zichlik kattaligining axamiyati kattadir. Chunki uning qiymatiga qarab o’rovchi materiallarni sarf etiladigan miqdori aniqlanadi. Tola toyi og’irligi oshishi o’lchamini kamayishiga hamda o’rovchi material miqdorini kamayishiga olib keladi. Masalan tola toyini og’irligini 4 marotaba oshirish o’rovchi material miqdorini 3 marotaba oshishiga, agarda og’irlik 2 marotaba oshsa uning miqdori 1/3 kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |