Tarkibida antratsen hosilalari va ularning glikozidlari bo'lgan dorivor o'simliklar



Download 18,35 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi18,35 Kb.
#675985
Bog'liq
Antratsen


TARKIBIDA ANTRATSEN HOSILALARI VA ULARNING GLIKOZIDLARI BO'LGAN DORIVOR O'SIMLIKLAR
Bu guruhga antratsenning turli darajadagi oksidlangan birik-malari (antranollar, antronlar, oksantronlar va antraxinon), ular-ning oksi-oksimetil va boshqa hosilalari hamda glikozidlari (antraglikozidlar), bimolekular birikmalar (diantranollar, dian-tronlar va boshqalar) hamda ularning oksimetil hosilalari va glikozidlari kiradi. Antratsen hosilalari torondoshlar (Polygonaceae), jumrut-doshlar (Rhamnaceae), dukkakdoshlar (Fabaceae), lolagul-doshlar (Liliaceae), ro'yandoshlar (Rubiaceae) va boshqa oilalar vakillari tarkibida uchraydi. Antratsen hosilalari boshqa glikozidlar kabi o'simiikning hamma organlari (ko'proq yerostki organlari) hujayra shirasida erigan ho Ida to'planadi. Antratsen hosilalarini saqlaydigan o'simiikning yerostki organlari sariq yoki zarg'aldoq-qizil ~ 185 ~ ranggabo'yalganboiadi. Odatda, ma'lum o'simlik oilalarining vakillari o'z tarkibida antrotsen hosilalarining ayrim guruhlarini to'pi ash (sintez qilish) xossasiga ega. Antratsen hosilalarining tasnifi , (klassifikatsiyasi) Antratsen yadrosining oksidlangan darajasiga qarab uning hosilalari 2 guruhga bo'linadi: I. Oksidlangan formasi (antraxinon hosilalari). Bu guruhga xrizatsin va alizarin hosilalari kiradi. 1. Xrizatsin (1,8- dioksiantraxinon) hosilalari: rein, xrizofanol va boshqalar. 2. Emodinlar — xrizatsinning metil va oksi hosilalari. Ular antraxinon hosilalarining eng muhim birikmalari bo'lib, ko'p dorivor o'simliklarda sof va glikozidlar holatida uchraydi va ularning surgi sifatida ta'sir ko'rsatuvchi asosiy qismi hisoblanadi. Emodinlarga aloy-emodin, frangula-emodin (reum-emodin), fission va boshqalar kiradi. 3. Alizarin (1,2-dioksiantraxinon) hosilalari. Bu guruhga ro'yandoshlar oilasining vakillarida ko'p uchraydigan alizarin glikozidi—ruberitrin kislota, purpurin (1,2,4- trioksiantraxinon) va boshqalar kiradi. II. Qaytarilgan formasi (antron, antranol va boshqalarning hosilalari). Bu guruhga kiradigan birikmalarni o'simlik organlaridan ajratib olish jarayoni ancha qiyin bo'lgani uchun ular yaxshi o'rganilmagan. Antratsenning qaytarilgan formasi antraxinon hosilalari bilan birlikda dorivor o'simliklar tarkibida uchraydi. Masalan: glikozid josterin, frangula-emodin-antron va boshqalar. Antratsenning qaytarilgan hosilalari ba'zi o'simliklar to'qi-masida yana ham murakkab holda diantranol va diantron (bimole kular) formasida uchraydi. Bularga frangula o'simligining po'stlog'i tarkibida uchraydigan frangularozid A va B, sano o'simligining bargi va mevasi tarkibidagi sennozid A, B, C va D glikozidlari, rovoch ildizida uchraydigan direin va boshqa birikmalar kiradi. ANTRATSEN HOSILAIARINI TAHLIL QILISH USULLARI 1. ANTRATSEN HOSILALARIGA SIFAT REAKSIYALAR Mahsulot tarkibidagi antratsen hosilalarini quyidagi sifat reak-siyalar yordamida aniqiash mumkin: 1. Ishqorlar biao reaksiya. Bu reaksiyani to'g'ridan to'g'ri mahsulotga hamda mahsulotdan tayyorlangan ajratma bilan qilish mumkin: a) tarkibida antraglikozid yoki uning agiikonlari bo'lgan mahsulotga ishqor eritmasidan tomizilsa, tomchi tushgan yer to'q qizil rangga bo'yaladi. O'simliklar to'qimasida glikozidlar to'plangan joyni shu reaksiya yordamida aniqiash mumkin. Buning uchun o'simlik organidan juda yupqa qilib kesib olib, predmet oynasi ustiga qo'yiladi. So'ngra unga bir tomchi ishqor eritmasi tomizib, ustini yopqich oyna bilan yopiladi va mikroskop ostida ko'riladi. Tarkibida antraglikozid va uning aglikonlari bo'lgan hujayralar qizil rangga bo'yalgan holda ko'rinadi; ~ 186 ~ b) tarkibida antratsen hosilalari bo'lgan mahsulotdan 3—5 minut suvda qaynatib 5 yoki 10% li ajratma tayyorlanadi. Ajratma sovigandan so'ng filtrlanadi va undan 1—2 ml ni probirkaga quyib, ustiga 3—5% li ishqor eritmasidan bir necha tomchi qo'shilsa, to'q qizil (emodinlar, xrizafanol, rein, fission) yoki binafsha (ali zarin) rang hosil bo'ladi. Bu reaksiyaning antratsen hosilalarining oksidlangan formasi (antraxinon hosilalari) beradi, qaytarilgan formasi (antron va antranol hosilalari) esa faqat oksidlangandan so'ng bunday rangni hosil qilishi mumkin. 2. Borntreger reaksiyasi (XIDF bo'yicha). Yirik kukun holidagi mahsulotdan 0,5 g olib, uni probirkaga solinadi va ustiga natriy ishqorining spirtdagi 10% li eritmasidan 10 ml qo'shib, bir necha minut qizdiriladi. Natijada to'q qizil rangli antraxinolatlar eritmasi hosil bo'ladi. Bu eritma filtrlanadi. Filtratni sovitib, kuchsiz kislotah sharoitga kelgunga qadar suyultirilgan xlorid kislota qo'shiladi. So'ngra bu aralashmaga 10 ml efir qo'shib, bir necha marta chayqatiladi. Kislotah sharoitda antraxinolatlar parchalanishidan bo'shagan aglikonlar efirda erib, aralashmaning yuqorisiga joylashgan efir qismini sariq rangga bo'yaydi. Toza probirkaga 5 ml efir qismidan solib, uni 5 ml ammiak eritmasi bilan chayqatilsa aralashmaning pastki, ya'ni ishqoriy qismi aglikonlarning eritmadagi konsentratsiyasiga qarab, pushti rangdan to'q qizil ranggacha bo'yaladi. 3. Mikrosublimatsiya reaksiyasi. Ikkita predmet oynasining bir tomoniga (orasiga) yarimta probka — po'kak qo'yilsa, predmet oynalari orasida bo'shliq hosil bo'ladi. Shundan so'ng pastki oyna ustiga mahsulotning yirik kukunini joylashtirib, spirtovka yoki elektroplita yordamida qizdiriladi. Natijada antratsen hosilalari bug'lanib uchadi va yuqorigi predmet oynasining pastki devoriga sariq dog' shaklida aglikonlarning sovigan kristallari o'tiradi. Agar shu sariq dog' ustiga bir tomchi ishqor eritmasi tomizilsa, u qizil rangga bo'yaladi (antraglikozidlar ekanligini isbotlaydi). ANTRATSEN HOSILALARINING TIBBIYOTDA ISHLATILISHI Tarkibida antratsen hosilalari bor mahsulotlar va ulardan tayyorlangan dorilar tibbiyotda surgi sifatida ishlatiladi. Ular yo'g'on ichakka ta'sir etib, uning peristaltikasini kuchaytiradi. Antraglikozidlar ta'siri dori ichgandan so'ng 8—10 soatdan keyin seziladi. Aglikonlar o'z glikozidlariga qaraganda kuchsizroq ta'sir etadi. Alizarin va uni hosilalarining siydik haydash hamda buyrak, siydik yo'llari va qovuqdagi toshlarni erituvchi ta'sirga ega ekanligi aniqlangan. Shuning uchun tarkibida bu birikmalar bo'lgan dori turlari organizmdagi oksalat, fosfat hamda ureat birikmalaridan iborat bo'lgan toshlarni eritish va siydik haydash uchun qo'llaniladi. SANO BARGI VA MEVASI - FOLIA ET FRUCTUS (FOLICULI) SENNAE O'simlikning nomi. O'tkir (nayza) barg sano— Cassia acutifolia Del.; tor barg sano — Cassia angustifolia Vahl.; sezalpiniyadoshlar — Caesalpiniaceae oilasiga kiradi (64-rangli rasm). Har ikkala sano o'simligi bo'yi 1 m ga yetadigan yarimbuta. Poyasi shoxlangan, ~ 187 ~ pastki qismidagi shoxlari yerda sudralib o'sadi. Bargi juft patli murakkab, 4—8 ta juft bargchalardan iborat bo'lib, poyada bandi bilan ketma-ket o'rnashgan. Gullari shingilga to'plangan. Guli qiyshiq, kosachabargi 5 ta, asos qismi birlashgan, tojbargi 5 ta, birlashmagan, sariq, otaligi 10 ta, hammasi erkin holda, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi — yassi, yapaloq tuxumsimon, ba'zan biroz qayrilgan, yashil-jigarrang va ko'p urug'li dukkak. Urug'i sariq yoki yashilroq, deyarli to'rtburchaksimon, to'rsimon burushgan, uzunligi 6—7 rnm. lyun oyining oxiridan boshlab, kuzgacha gullaydi. Mevasi sentabrdan boshlab yetiladi. Geografik tarqalishi. Sano o'simligi yowoyi holda Afrikaning cho'l va yarimcho'l viloyatlarida hamda Arabistonning janubida uchraydi. Bir yillik o'simlik sifatida O'rta Osiyo va Kavkazda o'stiriladi. O'tkir bargli sano Iskandariya porti orqali chetga chiqarilgam uchun uni Iskandariya yoki Misr hamda Afrika sanosi, tor barg sano Hindistonda o'stirilgani uchun Hindiston sanosi deb ataladi. Sanoning yana bir turi — to'mtoq bargli sano (Italiya sanosi) Cassia obovata Collad. bor. Bu sano ham Afrikaning markaziy qismidan kelib chiqqan bo'lib, bargchasining shaklibilan (bargchasi to'mtoq, teskari tuxumsimori) boshqa turlaridan farq qiladi. Bu o'simlikning bargchasi tarkibida ta'sir etuvchi modda — antratsen hosilalari kam bo'Iadi. Mahsulot tayyorlash. Mahsulot sifatida bargi va mevasi tayyorlanadi. Bargni yig'ish uchun o'simlikni gullash va qisman meva hosil qilgan vaqtida uni yuqori qismi o'riladi, soya yerda quritiladi va yanchib yo'g'on, yog'ochlangan poya bo'laklaridan tozalanadi. Mevalari pishganda yig'iladi va ochiq havoda quritiladi. Malisulotning tashqi ko'rinislii. Bargli mahsulot juft path murakkab bargning butun yoki qisman maydalangan bargchalari, umumiy bandi hamda biroz poyaning ingichka, yog'ochlanmagan qismi va gullar aralashmasidan tashkil topgan. Bargchalar lansetsimon, o'tkir uchli, barg plastinkasi asimmetrik, tekis qirrali, mo'rt, kalta bandli bo'lib, uzunligi 1—3 sm, eni 0,4—1,2 sm (tor barg sano bargini uzunligi 2—6 sm, eni 0,6—2 sm). Bargchalarning ikkilamchi tomiri asosiy tomirdan o'tkir burchak hosil qilib chiqadi va uchi bilan birlashib, barg plastinkasi qirrasiga parallel yo'nalgan chiziq hosil qiladi. Mahsulot kuchsiz o'ziga xos hid va shilliq-achchiqroq mazaga ega. Mevali mahsulot ke'ng oval shaklli, yalpoq, qalin, biroz egil-gan, uzunligi 3—5 sm, eni 1,5—2,5 sm li, jigarrang-yashil duk-kaklardan iborat. Urug'lari yalpoq, burchakli — yuraksimon, sarg'ish-yashil bo'lib, usti to'rsimon burishgan. MahsuSotning reiikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi (yoki ajratib olingan epidermis) mikroskop ostida ko'riladi (20-rasm). Barg izolateral tipda tuzilgan bo'lib, har ikki tomonida, ya'ni yuqorigi va pastki epidermis ostida qoziqsimon to'qima joylashgan. Barg epidermisining hujayralari ko'p burchakli va to'g'ri devorli bo'Iadi. Epidermisda radius bo'yicha joylashgan va 6—10 ta hujayradan tashkil topgan rozetkalar uchraydi. Rozetka markazidagi hujayra — valikka (o'simtaga) tuk o'rnashgan bo'Iadi. Tuklar juda ko'p, bir hujayrali, kalta, ko'pincha biroz o'roqsimon egilgan, qalin devorli, ustki tomoni so'gal bilan qoplangan. Ko'pincha ular tushib ketib, o'rni — valik yuma-loq shaklda va ko'p hujayrali rozetka bilan o'ralgan holda ko'rinadi. Bargning har ikkala tomonida ustitsalar bo'Iadi. Bargda ~ 188 ~ druz shaklidagi kristallar uchraydi. Barg tomirlari romb yoki prizma shaklidagi kristalli hujayralar bilan o'ralgan. Kimyoviy tarkibi. O'tkir bargli sano bargida 6,17%, me -vasida 2,70%, tor bargli sano bargida esa 3,77%, mevasida 4,6% gacha antratsen hosilalarining yig'indisi (sennozid A, sennozid B, sennozid C, sennozid D, rein, aloy-emodin va boshqaiar) bo'Iadi. Sano barglari tarkibida antratsen hosilalaridan tashqari, fia-vonoidiar hamda salitsilat va boshqa organik kislotalar va smolalar bor. Mevasi tarkibida smola bo'lmaydi. Ishlatilishi. Sano preparatlari surgi sifatida ishlatiladi. Barg tarkibidagi smolalar spirtda va qaynoq suvda eriydi, bu smolalar ichakni og'ritish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham tayyoriangan damlamani sovitib, smola cho'kkanidan keyin filtrlash lozim. Ba'zan barg tarkibidagi smolani spirtda eritib, keyin dori turlari tayyorlanadi. Dorivor preparatlari. Barg damlamasi, murakkab sano damiamasi (Vena ichimligi), quruq ekstrakt (tabletka holida chi-qariladi), senadeksin, senade, glaksena (tabletka holida chiqariladi), bargdan tayyoriangan kukun — murakkab qizilmiya (chu-chukmiya) kukuni, sano bargi va mevasi kafiol murakkab preparat tarkibiga kiradi. Meva tarkibida smola bo'lmagani uchun u ancha yumshoq ta'sir ko'rsatadi. Sano surgi sifatida ishlatiladigan va bavosil kasalligida qo'lla-niladigan choyyig'malar tarkibiga kiradi
Download 18,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish