SHaftoli. O‘zbekistonning janubiy hududlarida meva daraxtlarining eng qimmatli turlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda meva daraxtlari orasida tarqalishi jihatidan uchinchi o‘rinda turadi. SHa^oli daraxtining o‘ziga xos xususiyati, tez hosilga kirishi hamda qisqa umr ko‘rishi. SHaftoli navlari 2 guruhga bo‘linadi ; ular mevasi tukli va luchchak sha^oli. Uning 5000 ga yaqin navi bor, janubiy hududlarda har bir tup daraxtdan 100-150 kg gacha hosil olish mumkin.
Mevasining ta’mi yaxshi, parhezlik xususiyatiga ega va uning tarkibida 7,314,0 % gacha shakar, 0,33-0,95 % turli kislotalar, 0,002-1,17 % pektin, 0,1 % ga yaqin oshlovchi moddalar, A va S vitaminlar bo‘ladi. Mevasiyangiligicha va qayta ishlab iste’mol qilinadi. Undan jem, sukat, murabbo, marmelad va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi, quritib qoqi ham qilinadi.
SHaftolining vatani Xitoy hisoblanadi. Bu erda u 4000 yildan buyon ma’lum. Markaziy Osiyoga shaftoli Xitoydan keltirilgan va bu er ham shaftolining qadamiy markazi hisoblanadi.
SHaftoli (Persica mill) 6 turga bo‘linadi, ulardan asosiylari quyidagilar ; Jaydari shaftoli, Farg‘ona shaftolisi (anjir shaftoli), David shaftolisi, Mir shaftolisi va Mongol shaftolisi.
Olxo‘ri. Olxo‘ri navlarining turli-tuman bo‘lganligi uchun, eng ko‘p tarqalgan meva turi hisoblanadi. O‘zbekistonda etishtiriladigan olxo‘ri mevasi tarkibida 1421 % gacha shakar, 0,15-1,35 % gacha turli kislotalar, 0,15-1,5 %gacha oshlovchi moddalar va S vitamini bor. Olxo‘ri mevasi yangiligida va qayta ishlangan holda iste’mol qilinadi. Undan qoqi, kompot, murabbo, povidlo, pastila, marmelad, sharbat va boshqalar tayyorlanadi. YAngi uzilgan olxo‘ri mevasidan va qoqisidan tabobatda singa kasalligiga qarshi vosita sifatida foydalaniladi.
Olxo‘ri (Prunus mill ) turkumiga 34 ta tur kiradi. Dunyo bo‘yicha uning 3 ta asosiy ; SHarqiy Osiyo, Evropa-Osiyo va SHimoliy Amerika markazi bor. Evropa- Osiyo guruhiga mansub olxo‘ridan olcha mevali tog‘ olcha, tikanli olcha, xonaki olxo‘ri ; SHarqiy Osiyo guruhidan ussuri va tol bargli xitoy olxo‘risi ayniqsa ahamiyatlidir.
Olxo‘ri daraxti unchalik baland emas, 3 - 4 metrgacha etadi, bir tupidan 100 kg va undan ham ortiq hosil olinadi. Xonaki olxo‘ri shaftoli, o‘rik va gilosga qaraganda sovuqqa ancha chidamli.
Olcha. Olcha egallagan maydoni jihatidan olmadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bu ekin sovuqqa va qishga chidamli bo‘lgani uchun shimoliy hududlarda ham o‘stiriladi. Olchaning ayrim navlarini, ayniqsa, olcha bilan gilos duragaylarining mevasi yangiligicha eyiladi va sanoatda xom ashyo sifatida ishlatiladi. O‘zbekistonda, ayniqsa Samarqand viloyatida etishtiriladigan olcha asosan qoqi qilinadi. Olcha mevasi tarkibida 8,1-17,5 % shakar, 0,92-2,82 % turli kislotalar, 0,16-0,36 % oshlovchi moddalar bo‘ladi. Olchaning 1500 dan ortiq navlari mavjud.
Olcha (Cerasus L) turkumining 150 ga yaqin turi bor. SHulardan keng tarqalganlari quyidagilar ; Kamxastak olcha, Dasht olchasi, Jaydari achchiq olcha, Amoreli, Moreli, SHishasimon olcha, Amerika qum olchasi, Toshchiya olcha, G‘ujumchiya va Govchiya olchalari.
Gilos. Mo‘‘tadil issiq va issiq iqlim o‘simligi. Markaziy Osiyoda keng tarqalgan meva ekinlaridan hisoblanadi. Madaniy gilos yovvoyi turidan chiqarilgan. Gilos bo‘yi 10-15 metrgacha etadigan, shox-shabbasi siyrak, yo‘g‘on shoxlari kam bo‘lgan baland daraxt. O‘zbekistonda gilos daraxtining tanasi issiqdan qovjirab, po‘stlog‘i yorilib ketadi. Tinim holatidagi kurtaklari kam bo‘ladi, shuning uchun ham asosiy qismlari qurib qolganda shox-shabbasi yaxshi tiklanmaydi. Gilosning ayrim daraxtlari 80-100 yil yashaydi. Bizning sharoitimizda bir tup gilosdan 150-300 kilogrammgacha hosil olinadi. O‘zbekistonda etishtiriladigan gilos mevasining tarkibida 12,2 % shakar; 0,23 % turli kislotalar va S hamda A vitaminlari bor. Gilosning navlari juda ko‘p bo‘lib, asosan ikki guruhga bo‘linadi: eti shirali, xo‘ragi gini hamda eti tig‘is, konserva qilinadigan va xo‘raki bigarro gilosi bor.
Anor. Mamlakatimizda qadimdan ekiladigan meva ekini. Vatani Old Osiyo (Ozarbayjon, Eron va Afg‘oniston hududlari). Anor (Punica L) turkumining ikkita-madaniy(P. granatum) va yovvoyi (P.protopunica)turlari mavjud bo‘lib, yovvoyi anor iste’mol qilinmaydi.
Anor mevasi tarkibida 8-21 % gacha shakar, 0,5-5 % gacha turli kislotalar, 6 mg % gacha S vitamini bor. Anor mevasi tarkibidagi kislota miqdori bo‘yicha uch guruhga: 1. 0,9 % gacha bo‘lsa - shirin; 2. 0,9-1,8 % gacha yarimshirin; 3. 1,8 % dan ortiq bo‘lsa achchiq anorga bo‘linadi. Anordan konditer sanoatida va tibbiyotda foydalaniladi. Anor po‘chog‘ida, shox-shabbasida va ildizida oshlovchi (32%) va bo‘yoq moddalari ko‘p bo‘lganligidan oshlovchi modda sifatida kalava ip, gazlamalarni bo‘yashda hamda siyoh tayyorlashda ishlatiladi. YOvvoyi anor mevalaridan limon kislotasi olinadi (tarkibida 4-9 % gacha bo‘ladi). Urug‘i tarkibida 12-17 % oziq-ovqatda ishlatiladigan moy olinadi. Ingichka novdalaridan pishiq savatlar to‘qiladi.
Anor suvi tarkibida tannidlar va temir moddasi ko‘pligi tufayli undan ateroskleroz va boshqa kasalliklarni, po‘chog‘i va ildizi qaynatmasidan esa oshqozon-ichak, yurak-tomir, angina, astma, tutqanoq kabi kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Anor suvi ishtahani ochadi, undan xushxo‘r ichimlik tayyorlanadi. Guli juda chiroyli bo‘lgani uchun manzarali o‘simlik sifatida ham ekiladi.
Anorning guli ikki xil: birinchisi yirik, urug‘chisi uzun, ko‘zasimon bo‘ladi va ular 5,0-11,5 % ni tashkil qiladi. Ikkinchisi mayda, urug‘chisi qisqa, qo‘ng‘iroqsimon gul bo‘ladi va bu gullar meva tugmaydi.
Anor mevasi yirik, qalin po‘stli, meva qati va tushib ketadigan kosachasi bo‘lib, vazni 250-800 g va undan og‘ir bo‘ladi. Mevasi 6-12 uyali, juda serdon bo‘ladi (300-1500 tagacha don). Ularning har biri sershira parda bilan o‘ralgan, doni och pushti rangdan, to‘q qizil, hatto qoramtir rangda bo‘ladi.
Anorning ko‘p navlari o‘tqazilgandan keyin 3-4 yili hosilga kiradi va 6-7 yildan boshlab to‘liq hosil bera boshlaydi. 50 yil va undan ortiq hosil berishi mumkin. Tupidan o‘rtacha 25-30 kg gacha hosil olinadi.
Anorning o‘suv davri 180-225 kun. U yorug‘sevar va namsevar o‘simlik, lekin nam me’yoridan ortiq bo‘lsa, juda o‘sib ketadi va kam hosil beradi.
Anor sovuqqa chidamsiz o‘simlik, shuning uchun ko‘pchilik maydonlarda, u tuproqqa ko‘mib o‘stiriladi.
Anjir. Bu meva ekini qadimdan figo daraxti nomi bilan ma’lum. Uning shirali mevasiyangiligichava quritilib iste’mol qilinadi.
Anjirdan kompot, jem, murabbo, pividlo, vino, spirt, kofe tayyorlanadi. YAngi terilgan mevasi tashishga chidamsiz bo‘lib, tez buziladi.
Anjir mevasining tarkibida 9-28/ % gacha, quritilganida esa 75-86 % gacha shakar ; 0,12-0,59 % gacha turli kislotalar; A, S, V1, V2 vitaminlar, temir, kalsiy, mis, fosfor hamda magniy ko‘p bo‘ladi.
Anjir (FicusL.) turkumiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Ularni ko‘pchiligi tropik, kamroq qismi subtropik mamlakatlarda va iqlimi mo‘‘tadil hududlarda o‘sadi.
Daraxtining bo‘yi 4-15 m gacha etadi, shox-shabbasi qalin, tarvaqaylab o‘sgan, barglari yirik, bo‘lmali, uzun bandli bo‘lib, hamma qismlarida sutsimon shira bor.
Anjir bir uyli, ba’zan ikki uyli o‘simlik. Guli mayda, bir jinsli bo‘lib, “sikonium” deb ataladigan o‘ziga xos to‘pgul hosil qiladi. Ular nok shaklida bo‘lib, barglar qo‘ltig‘idan o‘sib chiqadi. To‘pguli ichida erkak va urg‘ochi gullar joylashgan. To‘p guli ikki xil bo‘ladi : 1) kaprifiga - bunda changchili gullar normal rivojlangan, kalta ustunchali, urug‘chi gullar esa bo‘shliq devorlarda joylashgan. 2) figa-bunda changchili gullar maydalashgan, urug‘chi gullari esa uzun ustunchali bo‘ladi.
Kaprifigalar vazifasiga ko‘ra erkak to‘pgullar, figalar esa urg‘ochi to‘pgullardir. Figa o‘sib eti qalinlashadi va uning ichida juda ko‘p mayda meva tugunchalari joylashadi.
Anjir gullari ochilmasdan, g‘unchaligida o‘ziga xos hid chiqaradi va maxsus arilarni (Blastophaga Psenes) jalb qilib, ular yordamida changlanadi, lekin O‘zbekiston sharoitida anjir qishda tuproqqa ko‘mib qo‘yilishi sababli faqat arilar yordamida changlanmasdan ham meva beradigan navlari o‘sadi. Bizning sharoitimizda anjir bir mavsumda ikki marta hosil tugadi. O‘tgan yilgi shox novdalardagi kurtaklardan birinchi hosil (aprelda), paydo bo‘lib, ular tushib ketadi, ikkinchi hosil may oyining ikkinchi yarmida tugilib, avgustning oxiri va sentyabr oyida yoppasiga pishadi.
Anjirning o‘suv davri 180-230 kun davom etadi. Bir dona mevaning vazni 1012 g. Ko‘chatlari o‘tqazilgandan keyin 2-3 yili hosilga kiradi va 50-60 yilgacha mo‘l hosil beradi, 100 yilgacha yashashi mumkin. Uning har bir tupidan naviga qarab 5-40 kg gacha, gektaridan esa o‘rtacha 200 s gacha hosil olish mumkin. Anjir yaxshi pishgan bir yillik novdasidan qalamcha tayyorlanib ko‘patiriladi va kamdan- kam holatlarda ildiz bachkisidan ko‘paytiriladi.
Xurmo. Qimmatli subtropik ekin. Mevasi to‘yimli, parhez meva sifatida iste’mol qilinadi. Tarkibida 15-20% shakar, 0,1% turli kislotalar va ko‘p miqdorda S vitamini bor.Xurmo daraxtining yog‘ochi juda qadirlanadi. U boshqa subtropik ekinlarga qaraganda sovuqqa ancha chidamli, qisqa muddatli 18-20 0S sovuqqa chidaydi.
Xurmoning (Diospyros L.) avlodiga 200 ga yaqin tur kiradi. Subtropik hududlarda xurmoning Kavkaz, Virgin va SHarq turlari uchraydi. Xurmo daraxti uzoq - 100 yil va undan ortiq yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |