Tarjimonlarga tavsiyalar. 1/2-
qism
Admin
Tarjimashunoslik o'ziga xos soha bo'lib, unda endigina tarjima yo'liga kriganlar
ham, professionallar ham birdek mashaqqatni boshdan kechiradilar. Ya'ni,
tarjimonlik faoliyatini boshlash uchun eng kuchli mutaxassis bo'lish muhim
emas. Afsuski, aynan shu vaj bilan ko'plab nihollar sindirib tashlanadi.
Academic.uz bloglar bo'limida tarkibiga ana shu nihollarni ulkan daraxtlarga
aylanishlari uchun maqolalar chop etib boriladi.
Avvalambor, tarjimashunoslikning aynan qaysi bo'limida ish
yuritmoqchiligingizni aniqlab oling. Buning uchun quyidagi savollarga javob
topsangiz, kifoya:
⭐
Badiiy tarjima (hikoya, qissa, roman va boshqalar)
⭐
Ilmiy tarjima (ilmiy jarayon va xulosalarga asoslangan matnlar, maqolalar)
⭐
Sinxron tarjima (og'zaki tarjima xizmati)
Yuqoridagilar tarkibida sizni qiziqtirgan sohalar bo'lmasligi ham
mumkin
. Biroq
"tarjima" - bag'ri keng yo'nalish bo'lib, tarjimondan bir yo'nalishni tanlab,
aynan shu yo'ldan davom etishi
shart
ligini anglatmaydi. Oldingi ikkita
gapdagi "mumkin" va "shart" so'zlarining paradoksligi ham yangi tarjimonlarga
sohaga kirishlari, o'zlarini sinab ko'rishlari mumkinligi va bir vaqtning o'zida bir
qancha me'zonlarga rioya etishlari shartligini ko'rsatmoqda.
Mumkin bo'lgan amallar:
✔️
Tilni mukammal bilishga shoshilmang
✔️
Tarjima uchun qat'iy vaqt va sharoit talab etilmaydi
✔️
Jarayonni natija kutilganidek chiqmagunicha sir saqlash mumkin
✔️
Mahorat oshgunicha noyob matn/asar tanlash muhim emas
✔️
Tarjima chop etilmasligi sharti bilan, muallif ruxsatisiz tarjima qilish mumkin
✔️
Tarjima nazariyasidan mukammal bilimli bo'lishingizni kutib o'tirmang
Tajribangiz oshgani sayin mazkur ro'yxat kengayib borishi - tabiiy. Muhimi -
o'zingizga dushmanlik qilib, cheksiz to'siqlar qo'yib tashlamang va
tanqidchilardan uzoqroq yuring.
Shart bo'lgan amallar:
❗
Tarjimashunoslikning aniq yo'nalishini tanlab olish yoki bir nechtasini sinab
ko'rish
❗
Tanlangan matnning kelib chiqishi yoki sohasiga qiziqish
❗
Tahrirlanmagan tarjimani hech kimga ko'rsatmang
❗
Tarjimangizga o'quvchi ko'zi bilan qarab, ovoz chiqarib o'qing
❗
Siz o'girayotgan tilning matn uslubiga xos qoidalari bilan tanishing
❗
Tarjima jarayonida har bir ikkilangan yoki tashlab ketilgan so'z va birikmalar
uchun ro'yxat tuting. Bularning har biriga topgan yechimingizdan alohida
maqolalar shakllantirishingiz mumkin.
Demak, tarjimonlik qilish uchun hech qachon ikkilanib, umrni zoye
ketkizmaslik, o'ziga ishonch va ma'lum til(lar) haqidagi bilimlarni oshirib borish
uchun iroda bo'lsa kifoya. Maqolaning keyingi qismlarida amaliy tarjimaga
oid aniq misollar, tarjima texnikalari va usullari haqida batafsil yoritib boriladi.
Vebsaytga tashrif buyirib, yangi maqolalar bilan tanishib borishni va keyingi
tavsiyalar chop etilgunicha umid qilamanki, qo'lingizda sizning
muallifligingizdagi kichik bo'lsa-da tarjima mevasi turgan bo'ladi.
Tarjimon, yozuvchi Solijonov Jo'raali Kamoljonovich
851
25.10.20
Do'stlaringiz bilan baham: |