Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  MIXCHI VA BOLG’ACHI



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana30.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#518202
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi (1)

9-bob 
MIXCHI VA BOLG’ACHI 
Bir uyning yotoqxonasida edilar bu safar. Xonadagi yotoq 
gʻichirlar, oppoq koʻrpa qimirlardi. Koʻrpa tagidan kimningdir hurragi 
eshitilib turardi. Kendin jilmayib qoʻydi.
Yotoqda bir ayol uxlab yotar, uning yonida bir kishi ham bor edi. U 
uxlamayman deya xarxasha qilgan yosh boladek tinmay u yoqdan bu 
yoqqa agʻdarilardi. Kendin tahminida adashmagandi. Aniqki, bu 
odamning uyqusi qochgan, koʻrpaning qimirlashi sababi ham shu edi. Bu 
odamni uxlashdan toʻsgan nima edi ajabo? 
Kendin shularni oʻylab turganida u odam chiday olmay yotoqdan sapchib 
turdiyu, balkonga chiqdi. U yerda yuqori darajada jihozlangan bir nechta 
teleskop bor edi. Birining ortiga oʻtib, uzoq vaqt osmonni kuzatib turdi. 
Keyin yana jimgina yotoqqa qaytdi. Tungi soat 4 edi. Takror uxlashga 
urinib koʻrdi; ammo bu safar ham uddalay olmadi. Matrasning buzuq 
prujinasidek yana sakrab turdi yotogʻidan. Kichik bir qogʻozga "Kechir, 
azizim!" deb yozib, uni ayolining bosh tomoniga qoʻyib qoʻydi va 
yuzidan oʻpib, uydan chiqib ketdi. Kendin Jinga murojaat qildi: 
- Kim bu odam, qayerga ketyapti?... 
Jin shiftga ishora qilib soʻradi: 
- Bu yerda oyoq izi koʻrsang hayron qolarmiding?
- Albatta, hayron qolardim... Shiftda oyoq izi boʻlishi gʻalati-ku. "Bu 
yerga oʻrgimchak odam kiribdimi?" degan boʻlardim, - dedi Kendin. 
Kulishdilar. Soʻngra odamni taʼqib qilishga tushdilar.
U odam dunyodagi butun texnikalar shu yerda jam boʻlgandek 
tuyuladigan ulkan binoga keldi. Bino oldidagi haybatli qoʻriqchilarga 
"Xayrli tong, janoblar!" degach, tez-tez yurib lift oldiga keldi. Liftni 
kelishini kutishga toqati yetmay, zinalardan yugurib yertoʻla qavatiga 
tushdi, yoʻl-yoʻlakay kostyumini yechib oldi. Xona eshigi oldiga 
yaqinlashgach, choʻntagidan bir karta olib, eshik oldidagi kameraga 
kirgizdi va eshikni ochdi. Kostuyumini bir chetga uloqtirib, 
kompyuterning yoqish tugmasini bosdi. U yonib ulgurmay ishlashni 
boshladi.


- Telba boʻlib qolaman! Aytaqolsang-chi, nima qilmoqchi oʻzi?, - dedi 
Kendin Jinga. Bu odam uni barcha narsadan koʻra koʻproq qiziqtirib 
qoʻygandi... 
Odam xuddi mushuk oʻz oʻljasini kuzatayotgandek ekranga mixlanib 
qolgandi. Birozdan soʻng klavishlarni yeyishni boshlasa ham hayron 
qolmasdi. Soatlab ishladi. Kun yakshanba boʻlgani uchun boshqa 
kelganlar yoʻq edi. 
Kendin va Jin u odamni kuzatib turganlarida birdan eshik ochildi. 
Ichkariga yana bir odam sarosimada kirib keldi: 
- Salom, - dedi shoshib... U goʻyo oʻz oʻrnidan chiqib ketgan mixni 
joyiga kirgazib qoʻyish uchun bolgʻa qidirayotgan odamga oʻxshardi. 
Tezda kompyuterlardan birining oldiga oʻtirdi. Ikkisi ham farzandli 
boʻlish arafasida boʻlgan ayollarini kutayotgandek sabrsizlanishardi.
- Kecha hech ham uxlay olmadim, - dedi ikkinchi kelgani. 
- Hmm..., - deb qoʻydi avval kelgani. "Gap sotma, ishla!" degandek edi 
bu "hmm". Vaqti-vaqti bilan birini uyqu elita boshlar, boshqasi "Hoy" 
deb uni uygʻotib qoʻyardi... Birozdan soʻng qolganlar ham kelishdi. 
"Birozdan soʻng" deganim ertasi kuni ertalab. 
Boshidan hammasini kuzatib oʻtirgan Kendin, 13 kishining bitta 
velosipedga minib olganini koʻrgan odamdek:
- Bularning hammasi aqldan ozgan!, - deb yubordi. 
- Shubhasiz..., - dedi Jin va jilmayib davom etdi: 
- Ularning kimligini bilishni rosa xohlayapsan-a? 
- Ha-da, albatta!, - javob berdi Kendin. 
- Bilasanmi, doʻstim, ularning oʻzlari ham hali kim ekanliklarini 
bilmaydilar, ammo birozdan soʻng bilib olishadi, - deya Jin Kendinning 
fikrlarini battar qorishtirdi. 
- Iltimos, meni tezroq oʻsha "birozdan soʻng"ga olib bor!, - yolvordi 
Kendin. 
- Yaxshi, - dedi Jin. 


Koʻp oʻtmay "birozdan soʻng"ga ketdilar. Kendin avval sira koʻrmagan 
tekis va boʻm-boʻsh yerda edilar. Tunmidi, kunduzmi, farqiga bormadi.
- Nimalar boʻlyapti, bu yer qayer oʻzi?, - dedi shoshib. Yaqin atrofda 
ulardan boshqa tirik jon yoʻq edi. Atrofda hayot asari ham koʻrinmasdi. 
Kendin atrofni kuzatib turgan vaqt birdan oʻsha yerning qoq oʻrtasida 
qandaydir shovqin-suron koʻtarildi. Shovqin ortidan, ustlariga toʻgʻri 
kelayotgan gʻalati jism paydo boʻldi. Bu hamma joyi yoritilgan, yaxlit va 
ulkan metall uyumi edi. Temir qush quloqni qomatga keltirib, chang-
toʻzon ichida tekislikning qoq markaziga qoʻndi. Soʻngra chang boʻlinib, 
u ajoyib narsaning kumush kabi porlagan eshigi ochildi. Yerga qarab 
zinapoyalar paydo boʻldi. Oq, qalin kiyim kiygan odam zinadan pastga 
tushib kela boshladi. Ogʻir-ogʻir qadam bosib tushardi u. Oyogʻini yerga 
qoʻyib, yana bir odim tashlagandan soʻng ortiga oʻgirilib, shunday dedi: 
- Bu qadam bir inson uchun kichik, ammo insoniyat uchun buyuk bir 
qadamdir. 
Bu oʻsha edi. Biroz avval uyqusi kelmay, dunyoning yoʻqolgan mixini 
topish maqsadida yarim kechasi hamma narsadan voz kechib yoʻlga 
tushgan inson... Soʻngra zinada yana biri paydo boʻldi. Kendin uni ham 
tanidi. Mixga bolgʻa topish uchun harakat qilgan odam edi unisi. 
Soʻngra u yerning oʻrtasiga katta bir bayroq oʻrnatdilar. Erta ulgʻaygan 
ikki yosh bola singari koʻngilxushlik qildilar. Kendin shunday 
taʼsirlangan ediki, ular bilan barobar yugurdi, joʻshdi, oʻzidan kechdi 
goʻyo... Oʻyin-kulgi bitgach, Jin Kendinni yoniga chaqirib, yerdagi oyoq 
iziga ishora qilib soʻradi: 
- Shiftda oyoq izini koʻrsang, hayron qolarmiding? 
- Yoʻq, albatta, - dedi Kendin.
- Uyquni qochiradigan maqsad mana shunday boʻladi. Kechani kunduzga 
ulab, ishlaysan. Oyga kelib, oyoq izingni qoldirasan. Soʻng seni "Oyga 
chiqqan ilk inson" deb ataydilar. Neil Armstrong boʻlasan, Buzz Aldrin 
boʻlasan, Maykl Kollins boʻlasan... Ismingni "eng, eng, eng" lar qatoriga 
yozadilar. Hamma hayron qoladi. Buni qanday qilganingga qoyil 
qolishadi. Sen faqatgina jilmayib qoʻyasan. Nimaga buncha hayratda 
ekanlarini tushunmaysan. Hech kimsa sening eng buyuk siring ishlashdan 
boshqa narsa emasligini tahmin qilolmaydi.


Bu orada mixchi va bolgʻachi bir-birlariga qarab oʻzlarining eng buyuk 
sirlari haqida oʻylagancha jilmayishardi. 



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish