Tarjima va milliy kolorit
TARJIMA VA MILLIY KOLORIT.Kolorit, tarixiy kolorit, milliy kolorit, mahalliy kolorit, realiya, transliteratsiya, analogiya.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR:
MILLIY KOLORIT Kolorit – lotincha kolor, italyancha kolorito so‘zidan olingan bo‘lib, rang, bo‘yoq, manzara ma’nosini bildiradi.
Kolorit deganda tasviriy san’atda real hayotni haqqoniy aks ettirish uchun ishlatiladigan ranglarning o‘zaro mutanosibligi tushuniladi.
Kolorit biror narsaning o‘ziga xos belgi va xususiyatlari majmuini bildiradi.
Tarixan tashkil topgan, madaniyati, tili, hududi, iqtisodiy hayoti va ruhiy xususiyatlarning umumiyligi asosida vujudga kelgan kishilik guruhiga millat deyiladi.
MILLIYLIK U YOKI BU MILLATNING MA’NAVIY FAOLIYATI VA MODDIY HAYOTIDAGI O‘ZIGA XOSLIKLARDIR.
Ma’naviy faoliyat kishilarning xarakteri, tafakkur tarzi, ruhiyati, intilishlari, qiliqlari, yumor xususiyatlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Moddiy hayot esa urf-odat, rasm-rusum, marosimlar, kiyimlar, uy-ro‘zg‘or anjomlari, cholg‘u asboblari, pazandachilik, ismlar va h.
BADIIY ASARDA AKS ETGAN ANA SHU MILLIY XUSUSIYATLAR YIG‘INDISI ADABIYOTSHUNOSLIKDA MILLIY KOLORIT DEYILADI.
Mahalliy kolorit – biror mahalliy sharoit, urf-odat yoki joyga xos turmush, peyzaj va til xususiyatlarini badiiy adabiyotda aks ettirish.
Milliy kolorit bilan bog ‘liq bo‘lgan so‘z va atamalar realiyalar, boshqacha aytganda, milliy xos so‘zlar deyiladi. Realiya lotincha so‘z bo‘lib, buyumga, narsaga oid degan ma’noni bildiradi.
XOS SO‘ZLARNI TARJIMA QILISHNING UCH USULI:1. Transliteratsiya – biror yozuv harflarini boshqa yozuv harflari bilan berish, ko‘rsatish. Tarjimada joy va kishi nomlari, turli atamalar va milliy xos so‘zlarni boshqa til belgilari yordamida aynan ifodalash. Transliteratsiya qo‘llanilishi tarjima tilida realiyalarga to‘g‘ri ekvivalentlarning yo‘qligi bilan sharhlanadi. Realiyalar ekvivalent topilmaganda va tarjima qilishning iloji bo‘lmagandagina transliteratsiya qilinishi mumkin.
1. Transliteratsiya vositasida til xazinasi boyiydi – yangi so‘zlar, terminlar, tushunchalar kirib keladi.
2. Bir paytlar transliteratsiya vositasida kirib kelgan so‘z keyinchalik tilga singib ketishi mumkin.
3. Transliteratsiyada ham muayyan me’yor bo‘lishi kerak.
2. Analogiya – o‘xshashlik, bir-biriga yoki boshqasiga o‘xshashlik, ya’ni muqobil tushuncha bilan berish. Analogiya usuli “yaqin tarjima” deb ham ataladi. Lekin bu termin nomining o‘ziyoq asl nusxadagi milliy xos so‘zlarning barcha vazifalarini, ma’no qirralarini to‘liq ifoda etmasligini ko‘rsatib turibdi.
3. Yangi so‘z va so‘z birikmasi yaratish – ba’zi tarjimonlar milliy xos so‘z va iboralarni, nom va tushunchalarni tarjima qilib oladilarki, bu hol ko‘pincha o‘zini oqlamaydi.
MILLIY KOLORITNING TARKIBIY QISMLARIMilliy kolorit tarjimaning:
- Asarda tasvirlangan xalqning milliy o‘ziga xosligini aks ettirish kerakmi?
- Asarni boshqa milliy zaminga ko‘chirish kerakmi?
degan ikki bir-biriga zid prinsipini belgilashda asosiy omil hisoblanadi.
MILLIY KOLORIT TUSHUNCHASINING TARKIBIY QISMLARI:
1. Xalqning moddiy tirikchilik sharoitidan olingan xos so‘zlar va ularni tarjima qilish xususiyatlari: paxta, g‘o‘za, yagana, o‘toq, pilla, ho‘p, juvoz yog‘I, jo‘xori; yetti xazina: qovoq, turp, sabzi, piyoz, sholg‘om, mosh, lavlagi, loviya va h.
2. Moddiy tirikchilik sharoitidan olinib, majoziy ma’noda ishlatiladigan xos so‘zlar tarjimasining xususiyatlari: paxtaday oppoq, paxtaday yumshoq, joni paxtaday, qo‘yday bezabon; ko‘zi charosday – ko‘zi qorag‘atday – ko‘zi sigirday; musichaday beozor – sigirday beozor (koreys); ohuday qiz – bo‘z qo‘chqorday qiz (turkman).
3. Tarjimada kishi nomlari va laqablarining berilishi: Ilya – Ilyos, Solomon – Sulaymon, Avraam – Ibrohim, Iisus – Iso (Masih), Kain – Qobil, Adam – Odam Ato, Yeva – Momo Havo, Aristotel – Arastu, Platon – Aflotun, Sokrat – Suqrot, Galen – Jolinus, Gippokrat – Buqrot, Ibn Sino – Avitsenna va h.
4. Diniy istilohlar, tushunchalar, marosimlarning tarjimada berilishi: Olimp xudolari, ilohlar, ma’budlar – Ollohlar (Q.Mirmuhammedov), Injil - Kalomulloh (V.Fayzullo), pasxa – ro‘za, g‘usl – cho‘milish, namoz – ibodat (“Qutadg‘u bilig” tarjimasida), faqih – sudya, azon aytish – cho‘qintirish va h.
5. Jug‘rofiy nomlar: Dashti Qipchoq – Velikiy step, Yegipet – Misr, Suriya – Shom, Rum – Kichik Osiyo, Farang – Yevropa, Ajam Ural – Yoyiq, Sayhun – Sirdaryo, Jayhun – Amudaryo, Samarqand – Maroqand, Chin – Xitoy va h.
6. Pul birliklari tarjimasi: dinor, dirham, so‘m, tanga, miri, tiyin, rubl, dollar, rupiya, tuman, riyol, funt-sterling va h.
7. O‘lchov birliklari: kilometr, chaqirim, farsang, lyo, tosh, qadam.
8. Taom nomlari: palov – рисовая каша, chalob – окрошка, пирог – somsa, котлет – qiyma et, sho‘r bodom – sho‘rdanak, каша – shovla, щи – sho‘rva.
Do'stlaringiz bilan baham: |