51. Bas, ularga qilgan yomonliklari yetdi. Ana ulardan (Makka mushriklaridan) bo'lmish zolimlarga
ham yaqinda yomonliklari yetar. Ular (biror ishni) uddalay oluvchi emasdirlar.
52. Axir, ular Alloh O'zi xohlagan kishining rizqini keng qilishini va (O'zi xohlagan kishining rizqini)
tang qilishini bilmadilarmi?! Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun alomatlar bordir.
53. (Ey, Muhammad,) o'z jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: "Allohning rahmatidan noumid
bo'lmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag'firat qilur. Albatta, Uning O'zi mag'firatli va
rahmlidir
54. Sizlarga azob kelib, so'ngra yordam berilmay qolishidan ilgari Rabbingizga qaytinglar va Unga
bo'yin suninglar!
55. Sizlarga, o'zlaringiz sezmagan holingizda to'satdan azob kelib qolishidan ilgari, Rabbingiz
(tomoni)dan sizlarga nozil qilingan go'zal narsa (Qur'on)ga ergashinglar!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
316
56. Biror jon: "Alloh haqida (Unga ibodat qilishda) sustkashlik qilganimga afsus! Rostdan ham men
masxara qiluvchilardan bo'lgan edim", - deb qolmasligi uchun.
57. yoki: "Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan bo'lur edim", - deb qolmasligi
uchun
58. yoki azobni ko'rgan chog'ida: "Qani edi, men uchun yana bir karra (yashashning imkoni) bo'lsa-yu,
men ham chiroyli amal qiluvchilardan bo'lsam", - deb qolmasligi uchun (Qur'onga ergashinglar)!
59. "Yo'q, senga Mening oyatlarim kelganida, sen ularni yolg'on degan eding va kibrlanib, kofirlardan
bo'lgan eding!"
60. Qiyomat Kunida Alloh sha'niga yolg'on so'zlagan kimsalarni yuzlari qoraygan holda ko'rursiz.
Jahannamda mutakabbir kimsalar uchun joy yo'qmi?!
61. Alloh, taqvo qilgan zotlarni yutuqlari sababli (oxirat azobidan) qutqarur, ularga biror noxushlik
ham yetmas va ular g'amgin ham bo'lmaslar.
62. Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir. U barcha narsaga vakil (homiy)dir.
63. Osmonlar va Yerning ochqichlari Undadir. Alloh oyatlariga kofir bo'lgan kimsalar - ana o'shalargina
ziyon ko'ruvchilardir.
64. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Hali sizlar meni Allohdan o'zgaga ibodat qilishga
buyuryapsizlarmi, ey, nodonlar!"
65. Darhaqiqat, Sizga va Sizdan oldingi (payg'ambarlarga) (shunday) vahiy qilingan edi: "Qasamki,
agar mushrik bo'lsang, albatta, qilgan amaling behuda ketur va albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lib
qolursan!
66. Balki faqat Allohgagina ibodat qilgin va shukr qiluvchilardan bo'lgin!"
67. Ular Allohni haqqoniy (ravishda) qadrlamadilar (tanimadilar). Butun Yer qiyomat kunida Uning
uchun bir siqimdir. Osmonlar esa Uning "qo'li"ga yig'iluvchidir. U ularning keltirayotgan shirklaridan
pok va yuksakdir!
68. Sur chalinadi-yu, osmonlar va Yerdagi bor jonzot o'ladi, illo Alloh xohlagan zotlargina (tirik
qolurlar). So'ngra u yana bir bor chalinganda, nogoh ular (barcha xaloyiq tirilib, qabrlaridan) turib,
(Allohning amriga) qarab turarlar.
69. Yer (mahshargoh) Parvardigorining nuri bilan yorishadi; kitob (nomai a'mol hozirlab) qo'yiladi;
payg'ambarlar va guvohlar keltiriladi va ularning o'rtalarida zulm qilinmagan holda haqqoniy hukm
qilinadi.
70. Har bir jonga qilgan amali (uchun mukofot yoki jazo) komil qilib beriladi U ularning qilayotgan
ishlarini juda yaxshi biluvchidir.
71. Kofir bo'lgan kimsalar guruh-guruh qilinib, jahannamga haydalur. To qachonki, ular (jahannamga)
kelib yetganlargalarida, uning darvozalari ochiladi va uning qo'riqchilari ularga: "Sizlarga
o'zlaringizdan bo'lgan payg'ambarlar - Rabbingiz oyatlarini sizlarga tilovat qilib sizlarni mana shu
Kuningizdagi muloqotdan ogohlantirgan hollarida kelmaganmidilar", - deganlarida, ular: "Ha,
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
317
(kelganlar), lekin azob So'zi kofirlar bo'yicha muqarrar bo'lgandir",- deydilar.
72. (Shunda ularga) aytiladi: "Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar o'sha joyda mangu
qolursizlar!" Bas, kibrli kimsalarning joylari naqadar yomondir!
73. Parvardigorlaridan qo'rqqan taqvoli zotlar ham guruh-guruh holda jannatga "haydalurlar". To
qachonki, ular uning darvozalari ochilgan holda ekanida yetib kelganlarida va uning qo'riqchilari:
"Sizlarga salom! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qoluvchi bo'lgan hollaringizda kiringiz", -
deganlarida (ular behad shodlanurlar).
74. Ayturlar: "Bizlarga va'dasini rost qilgan va bizlarni (bu) yerga voris qilgan Allohga hamdki,
jannatdan o'zimiz xohlagan yerdan o'rin olyapmiz", - derlar. Bas, (chiroyli) amal qiluvchilarning
mukofoti naqadar yaxshidir!
75. (Ey, Muhammad,) Siz (o'sha Kunda) farishtalar Arsh atrofini o'rab olgan hollarida,
Parvardigorlariga hamd bilan tasbeh aytayotganlarini ko'rarsiz. (Zero,) ularning o'rtalarida haqqoniy
hukm qilindi va "Hamd (barcha) olamlarning Parvardigori Allohgadir!" deyildi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
318
G'OFIR SURASI
Bu surani uch xil nom bilan ataganlar. Birinchisi - suraning o'zidan olingan Allohning ismi - G'ofir, ya'ni,
gunohni kechiruvchi. Ikkinchisi - Mo’min. U ham suraning 40-oyatidan olingan. Uchinchisi - Ho, mim. Shu
harflar bilan boshlangani uchun mazkur nom berilgan. Surada Islom aqidasiga oid ma'lumotlar, imon, e'tiqod,
kufr, shirk, haq va nohaqlik, umuman ezgulik bilan yovuzlik o'rtasidagi kurash, farishtalar va payg'ambarlar
qissasi, xususan Muso (a. s.) bilan Fir'avn o'rtasida kechgan mojarolar o'z ifodasini topgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Ho, Mim.
2. (Ushbu Qur'on) qudratli va bilimli Alloh (tomoni)dan nozil qilingan Kitobdir.
3. (U) gunohni mag'firat qiluvchi, tavbani qabul etuvchi, azobi qattiq va ehson egasidir. Undan o'zga iloh
yo'q. Qaytishlik faqat Uning O'zigadir.
4. Allohning oyatlari haqida kofir bo'lganlargina tortishurlar. Bas, ularning shaharlararo kezishlari
Sizni aldab qo'ymasin!
Izoh: Ya'ni, kofirlarning shaharmashahar tijorat va boshqa sabablar bilan sayru tomosha qilib yurishlari Sizni
o'ksitib qo'ymasin. Zero, ularning bu dunyodagi yutuqlari ulkan bo'lgani bilan oxiratda ko'radigan zararlariga
qaraganda arzimagan narsa bo'lib qolishi muqarrardir. Bu nasihat barcha mo’minlarga ham taalluqlidir.
Foniy dunyo matohi uchun imondan voz kechish, turli makruh va manfur ishlarga qo'l urish nomaqbul
sifatlardan ekanligiga oyatda ishorat bordir.
5. Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi va ulardan keyingi (Od, Samud qabilalari kabi)
firqalar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqarganlar. Har bir millat o'z payg'ambarini
tutishga (o'ldirishga) qasd qilgan va botil (hujjatlar) bilan tortishib, uning yordamida Haqni yengmoqchi
bo'lgan edilar. Birdan Men ularni (O'z azobim bilan) tutdim. Bas, azobim qanday bo'ldi?!
6. (Ey, Muhammad, qavmingiz orasida) kofir bo'lgan kimsalar ustiga ham Rabbingiz So'zi (azobi) mana
shunday muqarrar bo'lgandir - albatta, ular do'zax ahlidirlar.
7. Arshni ko'tarib turadigan va uning atrofidagi (farishta)lar (yakkayu yagona) Parvardigorlariga hamd
bilan tasbeh ayturlar va Unga imon keltirurlar hamda imon keltirgan kishilarni mag'firat etishini
so'rarlar: "Parvardigoro, O'zing rahmat va ilm jihatdan barcha narsada kengdirsan. Bas, tavba qilgan
va yo'lingga ergashgan kishilarni mag'firat et va ularni do'zax azobidan saqla!
8. Parvardigoro, ularni ham, ularning otabobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih bo'lgan
kishilarni ham O'zing ularga va'da qilgan mangu jannatlarga doxil qilgin. Albatta, Sen qudrat va
hikmat sohibidirsan.
9. O'zing ularni barcha yomonliklardan asragin, Kimni o'sha kunda (qiyomatda) yomonliklardan
asrasang, bas, haqiqatan unga rahm qilibsan. Mana shu ulkan yutuqdir".
10. Kofir bo'lgan kimsalarga (qiyomat kuni): "Sizlarni (dunyoda) imonga chaqirilganda, kofir
bo'lganingizdagi Allohning yomon ko'rishi (bu Kundagi) o'zlaringizni yomon ko'rishingizdan
kattaroqdir", - deb nido qilinur.
11. Ular deydilar: "Parvardigoro, Sen bizlarni ikki bor o'ldirding va ikki bor tiriltirding. Bas, bizlar
(dunyoda qilgan) gunohlarimizni e'tirof etdik. Endi (bu azobdan) chiqishga biror yo'l bormi?"
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
319
11-oyat. Ikki bor o'ldirib, ikki bor tiriltirishdan murod - ona qornida to to'rt oygacha jonsiz yotish, so'ng
jonlanib, yashab, so'ng ajali yetganda vafot etishi, so'ngra qiyomat kunidagi tirilishdir.
Izoh: Ikki bor o'ldirilib, ikki bor tiriltirishdan murod - ona qornida to to'rt oygacha jonsiz yotish, so'ng
jonlanib, yashab, so'ng ajal etganda vafot etishi, so'ngra qiyomat kunida tirilishidir.
12. (Yo'q!) Bunga sabab, (sizlarni) Allohga (ibodat qilishga) da'vat qilinganda kofir bo'lib, agar Unga
shirk keltirilsa, ishonib ketishlaringizdir. Bas, barcha hukm oliy va buyuk Allohnikidir.
13. U sizlarga O'z alomatlarini ko'rsatur va sizlarga osmondan rizq yog'dirur. (Lekin bu alomatlardan)
faqat (Allohga) inobat (taslim) qiladigan kishigina eslatma olur.
14. Bas, (ey, mo’minlar,) garchi kofirlar yomon ko'rsalar-da, Allohga - Unga dinni xolis qilgan
holingizda duo (ibodat) qilingiz!
15. (U) darajalarni ko'taruvchi va Arsh sohibidir. Bandalaridan O'zi xohlagan kishilarga - (insonlarni)
muloqot kunidan (qiyomatdan) ogohlantirishi uchun O'z amri bilan ruh (vahiy) tushirar.
16. Ular (qabrlaridan) chiqadigan Kunda Allohga ulardan biror narsa maxfiy bo'lib qolmas. "Bu Kunda
podshohlik kimnikidir?" Yagona va g'olib Allohnikidir.
17. Bu Kunda har bir jon o'zi qilgan ishi (amali) bilan jazolanur. Bu Kunda (hech kimga) zulm qilish
yo'q. Albatta, Alloh hisobi tez zotdir.
18. (Ey, Muhammad,) Siz ularni yaqin kundan (qiyomatdan) ogohlantiring! O'shanda ular yuraklari
halqumlariga tiqilib, qayg'ularini yutib tururlar. Zolim (kofir) kimsalar uchun (u Kunda) na bir do'st va
na ma'qullanadigan shafoatchi bo'lur.
19. (Alloh) ko'zlarning xiyonatini (qarash man etilgan narsaga o'g'rincha ko'z tashlashini) ham, dillar
yashiradigan narsalarni ham bilur.
20. Alloh haqqoniy hukm qilur. Ular (Allohni) qo'yib sig'inayotgan narsalari esa, biror narsaga hukm
qila olmaslar. Albatta, Allohning O'zi eshituvchi va ko'rib turuvchi zotdir.
21. Axir, ular yer yuzida sayr qilishib, o'zlaridan avval o'tgan, (imonsiz ketgan) kimsalarning oqibatlari
qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi?! Ular (Makka mushriklari)dan ko'ra kuchda va yerdagi osori
atiqalari jihatidan zo'rroq edilar. Bas, Alloh ularni gunohlari sababli ushladi va ular uchun Allohdan
o'zga biror saqlovchi bo'lmadi.
22. Bunga sabab - ularga payg'ambarlari hujjatlarni keltirganlarida, ular inkor etdilar. Bas, Alloh ularni
ushladi (halok qildi). Zero, U quvvatli va azobi qattiqdir.
23. Biz Musoni, mo''jizalarimiz va aniq hujjat bilan yubordik.
24. Fir'avn, Homon va Qorun huzuriga. Ular: "(Muso) yolg'onchi, sehrgardir", - dedilar.
25. Bas, qachonki, (Muso) ularga Huzurimizdan Haq (payg'ambarlik) bilan kelganida, ular: "U bilan
birga mo’min bo'lganlarning o'g'illarini o'ldirib, ayollarini tirik qoldiringiz!" - dedilar. (Lekin)
kofirlarning makrlari, albatta, zalolatda (zoyelikda)dir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
320
26. Fir'avn dedi: "Menga qo'yib beringlar, Musoni o'ldiray. (Qani) u Parvardigoriga duo qilsin-chi
(unga najot berarmikan)! Men (Muso) sizlarning diningizni o'zgartirib yuborishidan yoki yer yuzida
buzg'unchilikni avj oldirishidan qo'rqmoqdaman".
27. Muso aytdi: "Men Rabbim va Rabbingiz (bo'lmish Alloh)dan Hisob kuniga imon keltirmaydigan
barcha mutakabbirlarning yomonligidan panoh berishini so'rayman.
28. (Shunda) Fir'avn zodagonlaridan bo'lgan, o'zining imonini yashirib yuradigan bir mo’min kishi dedi:
"Bir kishini, "Mening Rabbim Allohdir", - degani uchun o'ldirasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga Rabbingiz
tomonidan hujjatlarni keltirgandir. Agar u yolg'onchi bo'lsa, yolg'oni o'ziga! Bordiyu rostgo'y bo'lsa, (u
holda) sizlarga u va'da qilayotgan (azoblardan) ayrimlari yetib qoladi-ku! Albatta, Alloh haddan
oshuvchi va yolg'onchi kimsalarni hidoyat qilmas.
29. Ey, qavmim, bugun-ku hukmronlik sizlarniki, (shu) yerda g'olibsizlar. Endi, agar bizlarga Allohning
azobi kelsa, kim bizlarga yordam berur?!" Fir'avn aytdi: "Men sizlarga faqat o'zim ra'y qilayotgan
narsani (Musoni o'ldirishni) ko'rsatayapman va men sizlarni faqat To'g'ri yo'lga yetaklayman".
30. Imon keltirgan kishi dedi: "Ey, qavmim, men sizlarning ustingizga ham xuddi (o'tgan) firqalar kuni
(tushib qolishi)dan qo'rqaman.
31. (Ular) Nuh qavmi, Od, Samud (qabilalari) va ulardan keyingi (kufr yo'lini tutgan) kimsalarning ishi
kabidir. Holbuki, Alloh bandalari uchun zulm qilishni istamas.
32. Ey, qavmim, haqiqatan, men sizlarga nidolashuv kunidan (Qiyomat kunidan) qo'rqaman.
33. U Kunda sizlar yuz o'girib qochursizlar, (ammo) sizlar uchun Alloh (azobi)dan saqlovchi bo'lmas.
Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas.
34. Darvoqe, ilgari Yusuf sizlarga (ajdodlaringizga) hujjatlarni keltirganida ham, sizlarga keltirgan
narsalarga shak(-shubha)da qattiq turib olgan edingizlar. To qachonki, u halok bo'lganida esa: "(Endi,
Yusufdan) so'ng Alloh sira payg'ambar yubormas", - dedingizlar. Haddan oshuvchi va shak keltiruvchi
kimsalarni Alloh mana shunday yo'ldan ozdirib qo'yar.
35. Allohning oyatlari haqida o'zlariga kelgan (biror) hujjatsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida
ham, imon keltirgan zotlar nazdida ham katta nafratga duchor bo'lurlar. Alloh har bir mutakabbir va
zo'ravonning qalbini mana shunday muhrlab qo'yar.
36. Fir'avn aytdi: "Ey, Homon, men uchun bir (baland) minora qurgin, shoyadki men (uning ustiga
chiqib) yo'llarga yetsam,
37. osmonlarning yo'llariga. (Zora) Musoning ilohini ko'rsam, darhaqiqat, men uni yolg'onchi deb
gumon qilmoqdaman". Fir'avnga o'zining yomon amali mana shunday chiroyli ko'rsatildi va u (To'g'ri)
yo'ldan to'sildi. Fir'avnning barcha makri, albatta, halokatdadir.
38. Imon keltirgan kishi dedi: "Ey, qavmim, menga ergashinglar, men sizlarni To'g'ri yo'lga
yetaklayman.
39. Ey, qavmim, bu dunyo hayoti faqat bir (arzimas) matodir. Albatta, oxiratgina (mangu) barqarorlik
diyoridir.
40. Kimki biror yomonlik qilsa, unga (oxiratda o'sha yomonligi) barobaridagina jazo berilur. Erkakmi,
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
321
ayolmi - kimki mo’minlik holida biror yaxshilik qilsa, aynan o'shalar jannatga doxil bo'lurlar. U joyda
ularga behisob rizq berilur.
41. Ey, qavmim, nega men sizlarni najotga (jannatga) chorlasam, sizlar meni do'zaxga
chorlamoqdasizlar?!
42. Sizlar meni Allohga kofir bo'lishga va o'zim bilmaydigan narsalarni Unga sherik qilishga
chaqirmoqdasizlar. Men esa, sizlarni qudratli va o'ta mag'firatli zotga chorlamoqdaman.
43. Shubha yo'qki, albatta, sizlar meni (ibodat qilishga) chaqirayotgan narsalaringiz na dunyoda va na
oxiratda (hech kimni) da'vat qila olmas. Albatta, (barchamizning) Allohga qaytishimiz bordir.
Darhaqiqat, haddan oshuvchilar - o'shalargina do'zax ahlidirlar.
44. Hali men sizlarga aytayotgan so'zlarni eslaysizlar. Men o'z ishimni Allohga topshirurman. Zero,
Alloh bandalarini ko'rib turuvchidir".
45. Bas, Alloh u (imon keltirgan kishi)ni ularning yomon makrlaridan saqladi va Fir'avn zodagonlarini
yomon azob o'rab oldi.
46. (U azob qabrdagi bir) olovdirki, ular ertayu kech unga toblanurlar. Qiyomat qoyim bo'ladigan
kunda esa, (do'zax farishtalariga): "Fir'avn zodagonlarini eng qattiq azobga kiritinglar" (deyilur).
47. O'shanda ular do'zaxda o'zaro tortishib, zaiflar mutakabbirlarga (sobiq yo'lboshchilariga): "Bizlar
sizlarga ergashgan edik, endi sizlar bizlardan do'zax (azobi)ning biror bo'lagini daf qila olurmisizlar?" -
derlar.
48. Mutakabbir kimsalar ayturlar: "Bizlarning barchamiz, shubhasiz, unda (do'zaxda)dirmiz. Alloh
bandalari o'rtasida O'z hukmini chiqarib bo'ldi".
49. (Shunda) do'zaxdagi kimsalar jahannam qo'riqchilariga: "Parvardigoringizga duo qilinglar,
bizlardan biror kun azobni yengillatsin", deganlarida,
50. ular ayturlar: "Axir, sizlarga payg'ambarlaringiz hujjatlar keltirmaganmidilar?!" "Ha, (lekin ularni
yolg'onchi qilgan edik)" - deydilar. (Shunda farishtalar ularga) ayturlar: "U holda duo qilaveringlar.
(Lekin) kofirlarning duolari, albatta, zoyedir".
51. Albatta, Biz payg'ambarlarimizga va imon keltirgan zotlarga dunyo hayotida ham, guvohlar (hozir
bo'lib) turadigan kunda (qiyomatda) ham yordam berurmiz.
52. U kunda zolim (kofir)larga uzrlari foyda bermas. Ularga la'nat bo'lur va ularga eng yomon joy
(do'zax) bo'lur.
53. Biz Musoga hidoyat ato etdik va Isroil avlodiga meros qilib,
54. aqlli kishilarga hidoyat va eslatma bo'lmish Kitob (Tavrot)ni bergan edik.
55. Bas, (ey, Muhammad,) sabr qiling! Zero, Allohning va'dasi haqdir va gunohingizga mag'firat so'rang
hamda tunu kun Rabbingiz hamdi bilan tasbeh ayting!
56. Albatta, Allohning oyatlari haqida o'zlariga kelgan biror hujjatsiz tortishadigan kimsalar, aniqki,
ularning dillarida shunday kibr bordirki, ular o'shanga yetuvchi emasdirlar. Bas, Siz Allohdan panoh
so'rang. Albatta, Uning O'zigina eshituvchi va ko'rib turuvchidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
322
57. Albatta, osmonlar va Yerni yaratish insonlarni yaratishdan kattaroq (ish)dir. Lekin, ko'p odamlar
(buni) bilmaydilar.
58. Ko'r bilan ko'ruvchi va imon keltirib, solih amallarni qilganlar bilan yomonlik qiluvchi kimsa
barobar bo'lmas. Eslatmani esa, kamdan kam olursizlar.
59. Albatta, qiyomat keluvchidir, u haqda shubha yo'qdir. Lekin, ko'p odamlar (unga) imon
keltirmaslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |