Tarjima haqida



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


oxiratda nasiba yo'qdir.  

 

201. Yana shundaylari ham borki, ular: "Ey, Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin, 



oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do'zax azobidan asragin", - deydilar.  

 

202. Aynan o'shalarga qilgan ishlaridan nasiba (savob) bordir. Alloh tez hisob (kitob) qiluvchidir.  

 

203. Sanoqli (ma'lum) kunlarda Allohni (ko'proq) zikr qilingiz!* Kimki ikki kunda shoshilsa (haj 

ishlarini tugatib ketsa), unga gunoh yo'q. Kim (uchinchi kungacha) kechiksa, unga ham gunoh yo'qdir, 

basharti taqvoli bo'lsa. Allohdan qo'rqingiz va bilingizki, sizlar, albatta, Uning huzuriga (qiyomatda) 

to'planursizlar.  

 

Izoh: Sanoqli kunlar - tashriq kunlari. Ular hanafiy mazhabi bo'yicha Zul-hijja oyining 10,11,12 kunlari, 



shofe'iy mazhabida esa 11,12,13 kunlaridir.  

 

204. Odamlar orasida shunday kimsalar borki, dunyo hayoti to'g'risidagi gapi Sizga qiziqarli bo'ladi. 



Dilidagi "imoni"ga Allohni guvoh qiladi, vaholanki, o'zi (Islomga) dushmanlarning ashaddiysidir.  

 

205. (Oldingizdan) ketganida yerda fitna-fasod, ekin va naslni halok qilish ishlari bilan yuradi. Alloh esa 



fasodni (buzg'unchilikni) yoqtirmaydi.  

 

206. Unga "Allohdan qo'rqqin" deyilsa, g'ururi uni gunoh ishlarga undaydi. Unga faqat jahannam bas 



kelur. Naqadar mudhish joy u! 

 

Izoh: Bu oyat munofiq Axnas ibn Shariq xususida nozil bo'lgan. U Payg'ambar (a. s.)ga o'zini sodiqdek 



ko'rsatib, dilidagi yovuz g'arazlarini yashirgan paytda, Alloh taolo O'z Rasulini bundan ogoh qilgani to'g'risida 

xabar bermoqda.  

 

207. Odamlar orasida Allohning roziligini istab, jonini beradigani ham bor. Alloh bandalarga 



mehribondir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

24

 



208. Ey, mo’minlar, yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u 

sizlarga ochiq dushmandir.  

 

209. Agar sizlarga hujjatlar (oyatlar) kelgandan keyin ham yanglishsangizlar, bilingizki, albatta, Alloh 

qudrat va hikmat sohibidir.  

 

210. Ular (haqni inkor etuvchilar) balkim, soyabon bulutlar ostida Alloh va farishtalar kelganda ish 

tugashini (qiyomatni) kutayotgandirlar. Barcha ishlar Allohga oshirilajak, albatta.  

 

211. Isroil avlodidan so'rang, ularga qanchalab aniq mo''jizalar beribmiz! Kim Allohning ne'mati 



kelgandan keyin uni o'zgartirar (noshukrlik qilar) ekan, albatta, Allohning jazosi qattiqdir.  

 

212. Kufr yo'lidagilarga bu dunyo ziynatli qilib qo'yilgan. Ular imon keltirganlar ustidan kuladilar. 



Holbuki, qiyomat kuni taqvoli bo'lganlar ulardan balanddirlar. Alloh xohlagan kishilarga behisob rizq 

berur.  

 

213. Odamlar bir millat (bir xil dinda, ya'ni, Islomda) edilar. So'ng (ular buzilib ketgach,) Alloh ham 



xushxabar beruvchi, ham ogohlantiruvchi payg'ambarlarni yubordi. Yana ular bilan birga odamlar 

orasida chiqqan kelishmovchiliklarni hal etadigan hukmlarni chiqarsin deb (ilohiy) Kitob ham nozil 

qildi. Hujjatlar (oyatlar) kelgandan keyin, shu kitob berilganlarning o'zi hadlaridan oshib (hasad qilib,) 

u to'g'rida ixtilof qildilar. Lekin, Alloh imon keltirganlarni ular ixtilof qilgan narsalar (ichi)dan O'z izni 

bilan haqqoniy yo'lga yo'lladi. Alloh O'zi xohlagan kishilarni hidoyatga yo'llaydi.  

 

Izoh: Bu oyatdagi "bir millat" iborasiga turli xil tafsirlar aytilgan. Birinchisi - Idris va Nuh (a. s.)lar zamonida 



odamlar bir xil kofir millat edilar. Ikkinchisi – Ibrohim (a. s.) zamonlarida ko'pchilik odamlar bir millat, ya'ni 

Islom dinida edilar. Yana boshqa tafsirda Odam (a. s.) davrida hamma musulmon edi. O'g'li Qobil o'z birodari 

Hobilni o'ldirgandan keyin kofirlar safi ko'paya boshlagan.  

 

214. Yoki (ey, mo’minlar,) sizlardan ilgari o'tganlarning kuni (boshlaringizga) kelmay turib, jannatga 



(osongina) kiramiz, deb o'yladingizmi? Ularga balo va musibatlar kelib, shunchalik larzaga tushgan 

edilarki, hatto payg'ambar va imonli kishilar: "Allohning yordami qachon (kelar ekan)?" deganlar 

(betoqat bo'lishgan). Aslida esa Allohning yordami yaqindir.  

 

215. Sizdan (ey, Muhammad,) qanday ehson qilishni so'raydilar. Ayting: "Nimaniki xayr-ehson 

qilsangizlar, ota-ona, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar va musofirlarga qilingizlar! Har qanday qilgan 

ehsonlaringizni Alloh bilib turuvchidir".  

 

216. Sizlarga (yov bilan) jang qilish farz qilindi, vaholanki, u sizlar uchun yoqimsizdir. Ehtimol, sizlar 



yoqtirmagan narsa (aslida) o'zlaringiz uchun yaxshi, yoqtirgan narsalaringiz esa (aslida) yomondir. 

Alloh bilur, sizlar esa bilmassizlar.  

 

217. Sizdan "Shahri Harom"da jang qilish (hukmi) haqida so'raydilar. Ayting: "Unda jang qilish katta 

gunohdir. (Lekin, odamlarni) Alloh yo'lidan qaytarish, Unga kufr keltirish va (hojilarni) Masjidi 

Haromdan to'sish hamda aholisini quvib chiqarish Alloh nazdida yana ham kattaroq gunohdir. Fitna 

qotillikdan ham kattaroq (gunoh)dir. Ular imkon topsalar, to diningizdan qaytarmaguncha, sizlar bilan 

jang qilaveradilar. Sizlardan kimda-kim o'z (Islom) dinidan qaytib, kofir holida o'lsa, unday 

kimsalarning qilgan amallari (toat-ibodatlari) dunyoyu oxiratda behuda ketar. Ular do'zax ahlidirlar va 

unda mangu qolurlar.  

 

Izoh: Shahri Harom – hurmatli oy. Ya'ni, Rajab oyi. Rasululloh bu oy kirmasdan turib, Quraysh 



mushriklaridan iborat karvon yo'lini poylab, o'ch olish uchun bir guruh askarni yuborgan edilar. Ular Rajab 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

25

oyi kirib qolganidan bexabar mushriklarga hujum qilib, mag'lubiyatga uchratganlar. Bu voqeadan keyin 



mushriklar ta'na qilishib: "Muhammad hurmatli oyda jang qildi. Alloh harom qilgan narsani halol deb bildi", - 

deganlarida, Alloh taolo mushriklarning qilmishlari musulmonlar yo'l qo'ygan bu kamchilikdan battar 

ekanligini bayon qilmoqda.  

 

218. Imon keltirgan, (vatanlaridan) hijrat qilgan va Alloh (toati) yo'lida jiddu jahd qilgan kishilar - 



aynan o'shalar Allohning rahmatidan umid qilurlar. Alloh (esa) kechiruvchi va rahmlidir.  

 

219. Sizdan may (mast qiluvchi ichimlik) va qimor haqida so'raydilar. Ayting: "U ikkisida katta gunoh 

va odamlar uchun (ba'zi) foydalar bor. Ikkisining gunohi foydasidan kattaroqdir". Sizdan yana 

nimalarni ehson qilish to'g'risida so'raydilar. (O'zingizdan) ortganini, deb javob bering. Shunday qilib, 

Alloh sizlarga o'z oyatlarini bayon etadi, shoyad fikr yuritsangizlar 

 

Izoh: Aroqning man etilishi birdaniga bir oyat bilan hal qilinmagan, balki to'rt bosqich bilan taqiqlangan. 



Birinchi bosqich Nahl surasining 67-oyatida xurmo va uzumdan olinadigan mast qiluvchi ichimliklarning 

halolligi haqida Makkada nozil qilingan. So'ngra Umar ibn Xattob (r. a. ) va ba'zi boshqa sahobalar araq aql 

va boylikni ketkazuvchi ofat ekanidan Payg'ambar (a. s.)ga shikoyat qilganlaridan keyin Baqara surasining 

mazkur oyati vahiy qilingan. Uchinchi bosqich – Abdurahmon ibn Avf mast holda imomlik qilganlarida, oyatni 

qo'pol ravishda buzib qiroat qilgan. Shundan keyin Niso surasining 43-oyatida mast holatda namozga 

yaqinlashmaslik buyurildi. To'rtinchi oxirgi bosqich - Atbon ibn Molik degan sahoba uyida mehmondorchilikda 

mast bo'lib qolgan mehmonlar o'zaro urishib, janjallashib qolganlar. Shundan keyin Umar ibn Xattob (r. a. ) 

Allohga iltijo bilan: "Ey, xudoyim, araq to'g'risida qoniqarli bir hukm nozil et!" - deb duo qilganlaridan keyin 

Moida surasining 90-oyatida araq ichish qat'iy man etildi.  Izoh(a): O'z ehtiyojidan ortgan boylikni ehson qilib 

yuborish ko'pchilikka qiyin ekanligini e'tiborga olib, Alloh taolo zakot oyatini nozil qildi. Shundan keyin bu 

oyat hukmi bekor bo'lib, boy odamlargina nisobga yetgan boyligining qirqdan bir qismini zakotga berishlari 

joriy etildi.  

 

220. dunyo va oxirat haqida. Sizdan, shuningdek, yetimlar (haqlari) to'g'risida so'raydilar. Ayting: 



"Ularni isloh qilish yaxshidir. Agar (mollaringizga) ularning mollarini qo'shib yuborsalaringiz (zarari 

yo'q), zero, ular (bamisoli) o'z birodarlaringizdir. Alloh buzg'unchi bilan isloh etuvchini (farqini) biladi. 

Agar Alloh xohlasa, sizlarni qiyinchilikka solib qo'ygan bo'lar edi. Albatta, Alloh qudrat va hikmat 

egasidir.  

 

Izoh: Yetimlarning haqqini nohaq yo'l bilan yeyish yoki o'zlashtirish ulkan gunohlardan hisoblanishi oyat va 



hadislarda bayon etilgan. Niso surasining 10-oyatida bu xususda qattiq vaid (tahdid) bordir.  

 

221. Mushrika ayollarni, to imon keltirmagunlaricha, nikohingizga olmangiz. Zero, hur mushrika 



ayoldan ko'ra imonli cho'ri yaxshiroqdir, garchi u (mushrika) sizlarga yoqimli tuyulsa ham. Mushrik 

erkaklarga ham, to imon keltirmagunlaricha, (mo’mina qizlarni) nikohlab bermangiz. Zero, hur 

mushrikdan imonli qul yaxshiroqdir, garchi u (mushrik) sizlarga yoqimli tuyulsa ham. Ular 

(mushriklar) do'zaxga chorlaydilar. Alloh (esa) o'z izni bilan jannatga va mag'firatga chorlaydi va 

eslatma olishlari uchun odamlarga o'z oyatlarini bayon etadi.  

 

222. Sizdan hayz to'g'risida so'raydilar. Ayting: "U (er-xotin uchun) aziyatdir. Bas, hayz paytida 

xotinlaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha, ularga yaqinlashmangizlar! Poklanganlaridan 

keyin ularga Alloh buyurgan ravishda kelaveringizlar (qovushaveringizlar). Albatta, Alloh chin tavba 

qiluvchilarni va obdon poklanib yuruvchilarni sevadi".  

 

223. Xotinlaringiz ziroatgohingizdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan jihatingizdan kelaveringiz va 

o'zingiz uchun (savobli ishlarni) taqdim etingiz. Allohdan qo'rqingiz va bilingizki, siz U bilan muloqot 

qiluvchidirsiz. Mo’minlarga (oxirat mukofotlari haqida) xushxabar bering (ey, Muhammad)!  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

26

Izoh: Bu oyati karimada Alloh taolo ayollarni ziroatgohga o'xshatadi. Darhaqiqat, ekinzorlarga qanaqa urug' 



ekilsa, o'sha urug' unib chiqadi. Dehqon hosil olish uchun o'z yerining xohlagan tomonidan kelib ishlov berib, 

don sepib, ko'chat o'tqazib dehqonchilik qilaverganidek, erlar ham o'z xotinlaridan farzand orttirish maqsadida 

xohlagan shaklda yaqinlik qilishi mumkin. Lekin 222-oyatda aytilganidek, faqat Alloh buyurgan tarafdan kelish 

shartdir. Lekin bu degani faqat old tomonidan degani emas, balki qaysi tomondan bo'lsa ham ziroatgoh qasd 

qilinishi kerak. Alloh muloqotda bo'lishni eslatish bilan xotinga nisbatan Lut qavmining qiliqlarini qilmaslikka 

ishorat qilinmoqda.  

 

224. Ezgu ish qilishingiz, taqvoda bo'lishingiz va odamlar o'rtasini isloh etishingiz borasidagi 



qasamlaringiz uchun Alloh (nomi)ni ko'ndalang qilavermangiz! Alloh eshituvchi va biluvchidir.  

 

225. Alloh sizlarni (faqat tilingiz uchida aytgan) behuda qasamlaringiz uchun javobgar qilmaydi. Balki, 



dillaringiz kasb etgan narsa (qasamlaringiz) uchun javobgar qilur. Alloh kechirimli va halimdir.  

 

226. Xotinlaridan qasam bilan voz kechganlar uchun to'rt oy muhlat bor. Agar (shu muddat ichida) 

qaytsalar (joizdir), zero, Alloh, albatta, kechirimli va rahmlidir.  

 

227. Bordiyu taloq qilishga azmu qaror qilgan bo'lsalar, (buni ham) Alloh eshituvchi va biluvchidir.  

 

Izoh: Ya'ni, to'rt oyni o'tkazib yuborsalar, o'z-o'zidan taloq tushadi. To'rt oy o'tmay turib yaqinlik qilib 



qo'ysalar, tegishli kafforat (jarima) to'lanadi, lekin taloq tushmaydi.  

 

228. Taloq qilingan ayollar o'zlariga qarab, uch hayz muddati (o'tishini) kutib o'tiradilar. Agar ular 



Allohga va oxirat kuniga ishonsalar, bachadonlarida Alloh yaratgan narsa (homila yoki hayz)ni 

yashirishlari halol emas. Agar erlari islohni (oilani tiklashni) xohlasalar, shu muddat ichida ularni 

qaytarib olishga haqlidirlar. Ayollar uchun (belgilangan huquqlar) o'z me'yorida erkaklar (huquqi) 

bilan tengdir. Ayollarga nisbatan erkaklarda bir daraja (ziyodalik) bor. Alloh qudrat va hikmat egasidir.  

 

Izoh: Bir yoki ikki taloq qo'ygan erlar uch hayz muddati, ya'ni idda chiqqunga qadar so'z yoki harakat bilan 



qaytsalar, nikohni yangilamasdan turmushni davom ettirishlari mumkin. Ammo "boin" (qat'iy) taloq yoki uch 

taloq qo'ygan bo'lsa, bunda ikki masala bor. Birinchisi "boin" taloqda, ya'ni, taloq lafzini ishlatmasdan 

"qo'ydim", "menga haromsan", "Ket, sen bilan turmush qilmayman" kabi kinoyalar bilan bir yoki ikki taloqni 

niyat qilgan bo'lsa nikohni yangilab yarashib olish mumkin. Ikkinchi masala - uch taloq yoki undan ortiq 

qo'ygan bo'lsa, boin yoki rij'iy bo'lishidan qat'iy nazar, er-xotin o'rtasidagi shar'iy nikoh bekor bo'lib, birga 

turmush qurish mumkin bo'lmay qoladi. Bunday taqdirda, albatta, shariat peshvolariga murojaat qilib, 

maslahat olish zarur bo'ladi.  Izoh(a): Ayollarga nisbatan erkaklarga jismonan va huquq jihatidan ustunlik 

berilgan. Masalan, meros olishda, guvohlikda, imomlikda, taloq qo'yishlik va boshqalarda.  

 

229. Taloq ikki martadir. So'ngra (oilani) yaxshilik bilan saqlash yoki chiroyli suratda ajralish 



(mumkin). Ularga (xotinlaringizga) bergan narsalardan (mahrlaridan) biror narsani qaytarib 

olishlaringiz sizlarga halol emas, magar (er-xotin) Allohning (oila to'g'risidagi) buyruqlarini bajara 

olmaslikdan qo'rqsalar (bu undan mustasno). Agar ularning Alloh buyruqlarini bajara olmasligidan 

qo'rqsalaringiz (eridan taloq olish niyatida) evaz berishida (va erning shu evazni olishida) er-xotin uchun 

gunoh yo'q. Bu Allohning (belgilab qo'ygan) hadlaridir. Ulardan tajovuz qilmangizlar! Kim Allohning 

hadlaridan tajovuz qilsa, ana o'shalar zolimlardir.  

 

Izoh: Bu evazni shariat tilida "xul'" deyiladi. Er ajralishni xohlamagan taqdirda xotini taloq so'rasa, evaz yoki 



badalni to'lab, erni ko'ndirish shariatda joriy etilgan.  

 

230. Agar uni (uchinchi marta) taloq qilsa, (u ayol) to boshqa er bilan niqohlanmaguncha (va undan ham 



taloq olmaguncha), unga halol bo'lmaydi. Bas, agar (keyingi er) uni taloq qilsa, (qaraladi,) agar 

Allohning buyruqlarini bajara olishga ishonsalar, (avvalgi er bilan) turmushga qaytishlarida gunoh 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

27

yo'qdir. Bular Allohning (belgilab qo'ygan) hadlaridir. Ularni anglaguvchi qavm (odamlar) uchun bayon 



qilur.  

 

Izoh: Bu yerda nikohdan murod hanafiy mazhabi bo'yicha nikohdan keyin jinsiy yaqinlik, shofiiy mazhabida 



esa nikohning o'zi kifoya.  

 

231. Xotinlarni taloq qilganlaringizda (idda) muddatiga yetsalar, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolingiz 



yoki yaxshilik bilan javoblarini beringiz. Ularga zulm qilib, zararlantirish niyatida ushlab turmang! Kim 

shunday qilsa, demak, o'ziga zulm qilibdi. Allohning oyatlarini hazil bilmangiz! Allohning sizlarga 

bergan ne'matini va sizlarga nasihat sifatida nozil qilgan Kitob va hikmatni yodingizda tutingiz, 

Allohdan qo'rqingiz va bilingizki, albatta, Alloh hamma narsani biluvchidir.  

 

Izoh: Bu yerdagi hikmatdan murod Rasulullohning sunnat (hadis)laridir.  

 

232. Xotinlarni taloq qilganlaringizda (idda) muddatiga yetgan bo'lsalar, (ey, ota-ona va qarindoshlari), 

ular o'zaro yaxshilikcha kelishib olgan bo'lsalar, erlariga (qayta) nikohlanishlarida ularga tazyiq 

o'tkazmangizlar! Sizlardan kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo'lsa, (bu gaplar Unga) 

nasihat sifatida aytiladi. Bu (hukm) sizlar uchun eng beg'ubor va pok (hukm)dir. Alloh bilur, sizlar esa 

bilmassizlar.  

 

233. Onalar bolalarini to'la ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni kamoliga yetkazishni istovchilar 

uchundir. Ularni (onalarni) me'yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir. Hech 

kimga toqatidan ortiq (mas'uliyat) yuklanmaydi. Bolalari tufayli ota ham, ona ham zarar ko'rmasin! 

Merosxo'rning zimmasida ham xuddi shunday (mas'uliyat) bor. * Agar ota-ona o'zaro kelishib, maslahat 

bilan (bolani sutdan) ajratmoqchi bo'lsalar, gunohkor bo'lmaydilar. Agar bolalaringizni (begona ayolga) 

emizdirmoqchi bo'lsangiz, haqqini me'yorida to'lab tursangiz, gunohkor bo'lmaysiz. Allohdan qo'rqingiz 

va bilingizkim, albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizni ko'rib turuvchidir.  

 

Izoh: Ya'ni, mahram sanalmish merosxo'rlar zimmasiga marhumning yetim bolalari va xotinlarining ham 



nafaqasi tushadi.  

 

234. Sizlardan vafot etib xotinlarini (beva) qoldirgan bo'lsalar, (ular) to'rt oyu o'n kun o'zlarini kuzatib 



(idda saqlab) o'tiradilar. (Idda) muddatlarini o'tab bo'lsalar, ular o'z (turmushlari) xususida yaxshilik 

bilan qilgan ishlarida sizlar uchun (ey, mayyit egalari) gunoh yo'qdir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan 

xabardordir.  

 

Izoh: Ya'ni, shariat hududidan chiqmagan holda sovchilarga yoki kuyovlikka nomzod erkaklarga ko'rinishi, 



ularni surishtirish kabi ishlarga qo'l urish mumkin.  

 

235. Bu kabi (tul) xotinlarga sovchilikni ishora qilishingizda yoki (aytmay) ichingizda pinhon 



saqlashingizda sizlar uchun gunoh yo'q. Alloh, u (xotin)larga (sovchilik haqida) gapirishingizni bildi. 

Lekin, ular bilan xufyona va'dalashmangiz! Faqat (ularga) yaxshi gap gapirishingiz (mumkin). To bitik 

(idda) o'z muddatiga yetmaguncha, nikoh bog'lashga azmu qaror qilmang va bilingizki, albatta, Alloh 

ichlaringizdagi narsani biladi. Bas, Undan ehtiyot bo'ling va yana bilib qo'yingizki, albatta, Alloh 

kechirimli va halimdir.  

 

236. Agar xotinlaringizni, qovushmay turib yoki ularga mahr belgilamay turib, taloq qilsangiz sizlar 

uchun gunoh yo'qdir. Lekin, ularni moddiy jihatdan ta'minlang; boy ham, kambag'al ham o'z hollariga 

qarab (ta'minlasin). Ezgulik qiluvchilar zimmasidagi burch (shudir).  

 

237. Agar ularga mahrni belgilab, ammo qovushmay turib taloq qilgan bo'lsalaringiz, belgilangan 

mahrning yarmi (zimmangizdadir). Magar ular (shu yarmidan ham) kechib yuborsa yoki nikoh o'z 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

28

ixtiyorida bo'lgan zot (ya'ni, er o'ziga qaytib beriladigan yarim mahrdan) voz kechsa (mahrni 



mukammal to'lasa, joizdir). Kechib yuborishingiz taqvoga yaqinroqdir. O'zaro bir-biringizga fazl 

(muruvvat) qilishni unutmangiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.  

 

238. (Barcha) namozlarni, xususan o'rta namozni saqlanglar (o'z vaqtida o'qinglar) va (namozda) 



Allohga bo'yin sunib (kamtarlik bilan) turinglar!  

 

Izoh: O'rta hamoz qaysiligi to'g'risida turli rivoyatlar mavjud. Uning asr namozi ekaniga dalillar ko'proq. 



Hanafiy mazhabida ham u asr namozi deb xulosa qilingan.  

 

239. Agar (dushman hujumidan) xavfda bo'lsangiz, bas, piyoda yoki ulovda (namoz o'qiyveringiz). 



Bexavotir bo'lganingizda, bilmaganlaringizni sizlarga qanday o'rgatgan bo'lsa, xuddi shundek Allohni 

zikr etingiz (namozda).  

 

240. Sizlardan vafot etib xotinlarni qoldirganlar xotinlariga bir yilgacha (erining uyidan) chiqarilmay 

ta'minlanadigan miqdordagi narsani vasiyat qilsinlar. Agar ular (xotinlar) o'zlari (ixtiyoriy ravishda) 

chiqib ketib, o'zlariga tegishli (ziynat, pardoz va sovchilarga ko'rinish kabi) yaxshi ishlarni qilishsa, 

sizlarga gunoh yo'qdir. Alloh qudrat va hikmat egasidir.  

 

241. Taloq qilingan ayollarni me'yorida ta'minlash taqvodor (er)larning zimmalariga vojibdir.  

 

Izoh: Nafaqa ayolning iddasi chiqqunga qadar to'lanadi.  

 

242. Shu tariqa Alloh sizlarga o'z oyatlarini bayon etadi, shoyad aqlni ishlatsangizlar.  

 

243. Ko'rmadingizmi (ey, Muhammad), o'lishdan qo'rqib, o'z yurtlaridan chiqib ketgan minglab 

kishilarga Alloh: "O'linglar!" - dedi. So'ng (yana) ularni tiriltirdi. Albatta, Alloh odamlarga fazlu 


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish