Tarjima haqida


Na mollaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qiluvchi emasdir. Faqat



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


 

37. Na mollaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qiluvchi emasdir. Faqat 

imon keltirgan va solih amal qilgan zotlar - aynan o'shalargagina qilgan amallari sababli necha barobar 

mukofot bordir va ular (jannatdagi) ko'shklarda osoyishtalikda bo'lurlar.  

 

38. Bizning oyatlarimizga (qarshi) kurashish harakatida yuradigan kimsalar - ular azobga hozir 

qilinuvchidirlar.  

 

39. Ayting: "Albatta, Rabbim bandalaridan O’zi xohlaganiga rizqni keng qilur va (O’zi xohlaganiga 

rizqni) tang qilur. Biror narsani ehson qilsangizlar, bas, (Alloh) uning o'rnini to'ldirur. U 

rizqlantiruvchilarning yaxshisidir".  

 

40. (Eslang, Alloh) ularning (mushriklarning) barchalarini to'plab, so'ngra farishtalarga: "Ana u 



(mushrik)lar sizlarga ibodat qiluvchi bo'lganmidilar?" - deydigan kunda  

 

41. (farishtalar): "Pok Parvardigor, ular emas, O’zing bizlarning do'stimizdirsan. Ha, ular jinlarga 

ibodat qilar edilar. Ularning aksariyati ularga imon keltiruvchidirlar", - derlar.  

 

42. Bas, bu kunda biringiz biringizga na foyda va na zarar yetkazishga ega bo'lmas va Biz, zolim 

bo'lganlarga: "O’zlaringiz yolg'on degan do'zax azobini totib ko'ringiz", - dermiz.  

 

43. Qachonki, ularga Bizning oyatlarimiz aniq holda tilovat qilinsa, ular: "Bu (Muhammad) faqat 

sizlarni ota-bobolaringiz ibodat qilib o'tgan narsalardan to'smoqchi bo'lgan kimsadir", - derlar va "Bu 

(Qur'on) faqat to'qilgan bir bo'htondir", - derlar. Kofir bo'lganlar ularga Haqiqat (Qur'on) kelgan 

vaqtda u haqda: "Bu aniq sehrdan boshqa narsa emas", - degaylar.  

 

44. Holbuki, (Isodan keyin) Biz ularga (o'qib) o'rganishadigan kitoblar keltirgan emasmiz va ularga 

Sizdan avval biror ogohlantiruvchi (payg'ambar) ham yuborgan emasmiz.  

 

45. Ulardan ilgari (o'tgan) kimsalar ham (o'z payg'ambarlarini) inkor etgan edilar Holbuki, (Makka 

mushriklari) Biz ularga ato etgan ne'matlarning o'ndan biriga ham yetganlari yo'q. Bas, (o'shalar) 

Mening payg'ambarlarimni inkor etishgach, Mening e'tirozim qanday bo'lgan edi?! 

 

46. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Men sizlarga faqat birgina narsani - Alloh uchun juft holda 

va yakka holingizda turishga, so'ngra tafakkur qilishingizni nasihat qilurman. Sohibingiz 

(Muhammad)da hech qanday jinnilik yo'qdir. U faqat qattiq azob oldidan sizlarga (yuborilgan) bir 

ogohlantiruvchi(payg'ambardir), xolos".  

 

47. Ayting: "Men sizlardan (payg'ambarligim uchun) ajr (haq) so'ramasman. Bas, u sizlarga bo'la 

qolsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasidadir. U barcha narsaga guvohdir".  

 

48. Ayting: "Albatta, Rabbim (botillikni) Haq (Qur'on vositasi) bilan (chetga) uloqtirur. U g'ayblarni 

aniq biluvchidir". 

 

49. Ayting: "Haq (Qur'on) keldi. Botil (yangidan shirkni va dinsizlikni) boshlay olmas va qaytara 



olmas".  

 

50. Ayting: "Agar men (yo'ldan) ozsam, bas, faqat o'z zararimga ozurman va agar hidoyat topsam ham 

Rabbim menga qilayotgan vahiy sababliginadir. Albatta, U eshituvchi va yaqindir".  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

289


51. (Ey, Muhammad,) agar Siz (mushrik va kofirlarni) dahshatga tushgan, yo'qolishning iloji yo'q va 

yaqin bir makondan (do'zax sari) tutib ketilgan paytlarida ko'rsangiz edi! 

 

52. (O’sha kunda) ular: "Imon keltirdik", - deydilar. Yiroq bir joydan (tavbaga) erishish qayoqda ekan 

ularga?! 

 

53. Holbuki, ular ilgari (dunyoda) unga kofir bo'lgan edilar! Holbuki, ular yiroqdan turib, g'aybga 

(oxiratga tosh) otar edilar.  

 

54. (Mana endi,) xuddi ulardan oldingi hamfikrlariga qilingani kabi, ular bilan istaydigan narsalari 

(imon) o'rtasi to'sib qo'yildi, zero, ular (dunyoda) shak-shubhada edilar.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

290


FOTIR SURASI 

 

Fotir so'zi "ilk bor yaratuvchi" degan ma'noni bildiradi. Surada Allohning cheksiz ilmi va qudratiga dalolat 



qiluvchi aqliy dalillar, farishtalar, dunyo va oxirat, kufr va imon, tajovuz va tug'yon haqidagi ilohiy tafsilotlar 

hamda boshqa muhim ma'lumotlar mavjud. Suraning ikkinchi nomi - "Maloika"dir.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Hamd osmonlar va Yerning ilk bor yaratuvchisi hamda farishtalarni ikki, uch, to'rt qanotli elchilar 



qiluvchi Allohgadir. U yaratgan narsalarida nimani xohlasa (o'shani) ziyoda qilur. Albatta, Alloh barcha 

narsaga qodirdir.  

 

2. Alloh odamlar uchun ne bir rahmatni ochib qo'ysa, bas, uni tutib qoluvchi bo'lmas va neni tutib qolsa, 

bas, Undan so'ng uni (bandalarga) yuboruvchi bo'lmas. U qudrat va hikmat egasidir.  

 

3. Ey, insonlar, sizlarga (ato etgan) Allohning ne'matini eslangiz! Sizlarga osmonu zamindan rizq 

beradigan Allohdan o'zga yaratuvchi bormi?! Undan o'zga iloh yo'q! Bas, qayoqqa burilib 

ketmoqdasizlar?! 

 

4. (Ey, Muhammad,) agar (mushriklar) Sizni inkor etsalar, bas, (bilingki,) Sizdan avvalgi payg'ambarlar 

ham inkor etilgandirlar. (Barcha) ishlar, albatta, Allohga qaytarilur.  

 

5. Ey, insonlar, albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo'ymasin! Yana 

sizlarni aldamchi (shayton) aldab qo'ymasin!  

 

Izoh: Ya'ni sizlarga shayton Alloh nomidan va'da qilib: "Gunoh ishlarni qilaveringiz, toat-ibodat shart emas, 



Alloh kechiruvchi" kabi so'zlar bilan aldab qo'ymasin! 

 

6. Albatta, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! U o'z firqasini (o'ziga 



ergashganlarni) do'zax ahli bo'lishga da'vat qilur.  

 

7. Kofir bo'lgan kimsalar uchun qattiq azob bordir. Imon keltirgan va solih amallarni qilganlar uchun 

esa mag'firat va katta mukofot bordir.  

 

8. Axir (qilgan) yomon ishi o'ziga chiroyli ko'rsatilib, uni go'zal (ish) deb o'ylagan kimsa (hidoyat topgan 

zot kabi bo'lurmi)?! Zotan, Alloh O’zi xohlagan kimsalarni yo'ldan ozdirur va O’zi xohlagan kishilarni 

hidoyat qilur. Bas, (Ey, Muhammad,) ularga hasratlar chekib joningiz (chiqib) ketmasin. Albatta, Alloh 

ularning qilayotgan sir-sinoatlarini biluvchidir.  

 

9. Alloh shamollarni yuborib, bulutni qo'zg'atgach, Biz uni "o'lik" shaharga haydab, u bilan "o'lgan" 

yerni "tiriltirdik". Јiyomatda qayta tirilish ham shu tarzdadir.  

 

10. Kimki qudratni istaydigan bo'lsa, bas, barcha qudrat Allohnikidir. (Har bir) xush kalima U sari 

chiqur. Solih amalni esa, (Alloh O’z dargohiga) ko'tarur. Yomonliklar bilan makr qiladiganlar uchun 

qattiq azob bordir va ularning makrlari ham halok bo'lur (behuda ketur).  

 

11. Alloh sizlarni (Odamni) tuproqdan, so'ngra (uning naslini) nutfadan yaratib, keyin sizlarni juft-juft 

(erkak-ayol) qilib qo'ydi. Har bir ayolning homilador bo'lishi va ko'zi yorishi faqat Uning ilmi bilan 

bo'lur. Biror uzoq umr ko'ruvchining umri uzaytirilgan bo'lsa yoki umridan kamaytirilgan bo'lsa, 

albatta, u Kitobda (Lavhul-Mahfuzda bitilgan) bo'lur. Albatta, bu Allohga osondir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

291


12. Ikki dengiz teng bo'lmas - bunisi shirin-totli va yutumli, unisi esa sho'r-nordondir. Sizlar (ularning) 

har biridan yangi go'sht (baliq) yeysizlar va taqadigan zeb-ziynat chiqarib olursizlar. (Allohning) 

fazlidan (rizqidan) istashlaringiz uchun (suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko'rasizlar. Shoyad shukr 

qilsangizlar.  

 

13. (Alloh) kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur, U quyosh va oyni ham (sizlar uchun) 

bo'yin sundirib qo'ygandir - har biri muayyan muddatgacha joriy bo'lur. Ana shu sizlarning Rabbingiz - 

Allohdir, Podshohlik faqat Unikidir. (Ey, mushriklar,) sizlar U zotni qo'yib iltijo qilayotgan narsa 

(but)laringiz esa, xurmoning dumicha narsaga ham ega emasdirlar.  

 

14. Agar sizlar ularni chorlasangizlar, chaqiriqlaringizni eshitmaslar. Eshitganlarida ham sizlarga javob 

qila olmaslar va qiyomat kunida shirklaringizni inkor qilurlar. (Ey, Muhammad,) Sizga xabardor zot 

(Alloh)dek (hech kim) xabar bera olmas.  

 

15. Ey, insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Alloh esa, albatta, behojat va hamdga loyiq zotdir.  

 

16. Agar U xohlasa, sizlarni (yer yuzidan) ketkazib, (o'rningizga) yangi bir xalqni keltirur.  

 

17. Bu (ish) Allohga qiyin emasdir.  

 

18. (Qiyomat kunida) hech bir ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (jon)ning yukini (gunohini) ko'tarmas. Agar 

og'ir gunoh egasi o'z yuki - (gunohini ko'tarish)ga chorlansa, (garchi chorlanuvchi) qarindoshi bo'lsa-da, 

u (gunoh)dan biror narsa yuklatilmas. (Ey, Muhammad,) Siz faqat Parvardigorlaridan g'oyibona 

qo'rqadigan va namozni mukammal ado etgan zotlarnigina ogohlantira olursiz. Kimki poklansa, u faqat 

o'zi uchun poklangan bo'lur. Qaytish faqat Alloh saridir.  

 

19. Ko'r (kofir) bilan ko'ruvchi (mo'min) barobar bo'lmas.  



 

20. Zulmatlar (kufr) bilan nur (imon) ham.  

 

21. Soya (jannat) bilan jazirama (do'zax) ham (barobar bo'lmas).  

 

22. Tiriklar (mo'minlar) bilan o'liklar (kofirlar) ham barobar bo'lmas. Albatta, Alloh O’zi xohlagan 

kishilarga (quloqlariga) eshittirur. (Ey, Muhammad,) Siz qabrlardagi kimsalarga (qalbi o'liklarga) 

eshittira oluvchi emasdirsiz.  

 

23. Siz faqat ogohlantiruvchidirsiz.  

 

24. Albatta, Biz Sizni haq (din) bilan, xush xabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Har bir 

ummat ichida ham, albatta, bir ogohlantiruvchi (payg'ambar) o'tgandir.  

 

25. Agar (mushriklar) Sizni inkor etsalar, bas, (bilingki), ulardan avvalgilar ham (payg'ambarlarni) 

inkor etganlar. Holbuki, payg'ambarlari ularga aniq mo''jizalar, (ilohiy) sahifalar va nurafshon Kitob 

keltirgan edilar.  

 

26. So'ngra kofir bo'lganlarni (kufrlari sababli) ushladim (jazoladim). Bas, Mening inkorim (azobim) 

qanday bo'ldi?! 

 

27. Alloh osmondan suv (yomg'ir-qor) yog'dirib, u bilan ranglari turli bo'lgan mevalarni 

chiqarganimizni ko'rmadingizmi?! Yana tog'larning oq, qizil, rangbarang yo'l(lisi) ham, tim qorasi ham 

bordir.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

292


28. Shuningdek, odamlar, jonivorlar va chorva hayvonlari orasida ham turli ranglilari bordir. Allohdan 

bandalari orasida ulamolargina qo'rqurlar. Haqiqatan, Alloh qudratli va mag'firatlidir.  

 

29. Allohning Kitobini tilovat qiladigan, namozni mukammal ado etadigan va Biz ularga rizq qilib 

bergan narsalardan maxfiy va oshkora ehson qiladigan zotlar sira kasod bo'lmaydigan tijoratdan 

(mukofot bo'lishidan) umidvordirlar.  

 

30. Zero, (Alloh) ularning ajrlarini komil qilib berur va O’z fazlini ularga yanada ziyoda qilur. Albatta, 

U mag'firatli va o'ta shukr qiluvchidir. 

 

Izoh: Allohning shukri shuki, ozgina savobli ish uchun ko'pgina mukofot ato etaveradi. Uning Shokir, Shakur, 



Karim kabi ismlarida ham shu mazmun mujassamdir.  

 

31. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga vahiy qilgan Kitob (Јur'on) o'zidan avvalgi (ilohiy) kitoblarni 



tasdiqlovchi Haq (Kitob)dir. Albatta, Alloh O’z bandalaridan ogoh va (ishlarini) ko'rib turuvchidir.  

 

32. So'ngra Biz (bu) Kitobga bandalarimizdan O’zimiz tanlagan zotlarni (ummatingizni) voris qildik. 

Bas, ularning orasida (unga amal qilmay) o'z joniga jabr qiluvchi ham bor, ularning orasida o'rtacha 

amal qiluvchi ham bor va ularning orasida Allohning izni bilan mudom yaxshiliklarda o'zib ketuvchi 

ham bordir. Ana o'sha (Јur'onga voris bo'lish) katta fazldir.  

 

33. Ular mangu (yashaydigan) jannatlarga kirurlar va oltin bilakuzuklar va marjonlar bilan bezangan 

bo'lurlar. U joyda ularning liboslari harir - (ipak) bo'lur.  

 

34. (Jannatga kirgan chog'larida) deydilar: "Bizlardan qayg'uni ketkazgan zot – Allohga hamd (bo'lsin)! 

Darhaqiqat, Rabbimiz mag'firatli va shukr sohibidir.  

 

35. U O’z fazli bilan bizlarni mangu turadigan diyorga tushirdiki, bu joyda bizlarga na mashaqqat yetar 

va na charchoq yetar".  

 

36. Kofir bo'lgan kimsalarga esa jahannam o'ti bordirki, na ularga hukm qilinib, o'la olurlar va na 

ulardan (jahannam) azobi yengillatilur. Har bir kofirni mana shunday jazolarmiz.  

 

37. Ular u joyda: "Parvardigoro, bizlarni (azobdan) chiqargin, bizlar qilib o'tgan amallarimizdan 

boshqacha yaxshi (amallarni) qilurmiz", - deb faryod qilurlar. Axir, Biz sizlarga eslatma oladigan kishi 

eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantiruvchi (payg'ambar) ham kelgan edi-ku! 

Bas, endi (azoblaringizni) totaveringlar! Zolim kimsalar uchun yordamchi bo'lmas.  

 

38. Albatta, Alloh osmonlar va Yerning g'aybini (sirlarini) biluvchidir. Haqiqatan, U dillardagi bor 

narsani aniq biluvchidir.  

 

39. U sizlarni Yerda xalifa qilib qo'ygan zotdir. Bas, kim kofir bo'lsa, uning kufri faqat o'zining zarariga 



bo'lur. Kofir bo'lgan kimsalarning kufri ularga Parvardigor huzurida faqat g'azabnigina ziyoda qilur; 

kofir bo'lgan kimsalarning kufri ularga faqat ziyonnigina ziyoda qilur.  

 

40. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Xabar beringiz-chi, sizlar Allohni qo'yib iltijo qilayotgan 

(but)laringiz, menga ko'rsatib beringiz-chi, ular yerdagi biror narsani yaratganmilar yoki ularning 

osmonlar(ni yaratish)da sherikliklari bormi yoxud Biz ularga biror kitob ato etdikmiki, ular undan 

hujjatlarni topsalar?!" Yo'q! Zolimlar bir-biriga faqat aldovni va'da qilurlar.  

 

41. Albatta, Alloh osmonlar va Yerni zavol topishlaridan saqlab turar. Agar zavolga yuz tutsalar, U 

zotdan so'ng (Undan o'zga) hech kim ularni saqlay olmas. Darhaqiqat, U halim va mag'firatli zotdir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

293


 

42. (Makka kofirlari) agar ularga biror ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelsa, albatta, (unga ergashib) har 

qanday ummatlardan ham hidoyat topuvchiroq bo'lishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichgandilar. 

Bas, ularga ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelgach, (bu) ularni yanada (hidoyatdan) uzoqlashtirdi.  

 

43. Yerda mutakabbirlik qilgan va (payg'ambarga qarshi) yomon makr qilgan hollarida. Yomon makr 

esa, faqat o'z egalarini o'rab olur (halok qilur). Bas, ular faqat avvalgilarning yo'llariga (jazolariga) ko'z 

tutmoqdalar. Bas, Allohning sunnati (qonuni)ga sira o'zgartirish topmassiz va Allohning sunnatiga sira 

almashtirish topmassiz.  

 

44. Axir, ular Yerda sayr qilib, o'zlaridan oldingi (dinsizlarning) oqibati qanday bo'lganini 

ko'rmaydilarmi?! Holbuki, (ular) bulardan ko'ra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na Yerda 

Allohni ojiz qoldiruvchi narsa yo'qdir. Zotan, U bilim va qudrat egasidir.  

 

45. Agar Alloh odamlarni ular qilgan gunohlari bilan jazolasa edi, (Yer) ustida biror jonivorni 



qo'ymagan bo'lur edi. Lekin, U ularni (jazolashni) belgilangan muddatgacha (qiyomat kunigacha) 

kechiktirur. Bas, o'sha muddat kelgach esa. . . albatta, Alloh bandalarini ko'rib turuvchi zotdir.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

294


YOSIN SURASI 

 

"Yosin" so'zining ma'nosi to'g'risida turli rivoyatlar bor. Masalan, "Ey, inson!", "Ey, Muhammad!", "Ey, 



Sayyid!" kabilar.  

 

Surada Muhammad (a. s.)ning haqiqiy Payg'ambar ekanliklari, Iso (a. s.) tomonidan Antokiya shahriga 



yuborilgan elchilarning ko'rgan kechirmalari, Habib an-Najjor ismli shaxsning imon yo'lida qurbon bo'lishi, 

quyosh, oy, yulduzlarning ilohiy qonun bilan faoliyat ko'rsatib turishlari, shuningdek, jannat va do'zax 

ahllarining qiyomat kunidagi holatlari, tavhid, qayta tirilish haqligiga dalolat qiluvchi oyatlar joy olgan. Yosin 

surasining fazilatlari to'g'risida ko'pgina hadisi shariflar rivoyat qilingan. Ularda kimki bu surani ixlos bilan 

o'qisa, hojati ravo bo'lishi, och bo'lsa qorni to'yishi, tashna bo'lsa serob bo'lishi, kiyim-boshga ega bo'lishi, xavf-

xatarda bo'lsa xotirjamlik topishi, kambag'al bo'lsa boy bo'lishi, mahbus bo'lsa ozod bo'lishi, qarzdor bo'lsa 

qarzidan oson qutilishi kabi va'dalar bayon qilingan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Yo, Sin.  

 

2. (Ey, Muhammad, ushbu) hikmatli Qur'onga qasamki, 

 

3. haqiqatan, Siz payg'ambarlardandirsiz! 

 

4. (Siz) To'g'ri yo'ldadirsiz.  

 

5. (Bu Qur'on) qudratli va rahmli (Alloh)ning nozil qilgan (Kitob)idir, 

 

6. toki ota-bobolari ogohlantirilmay, g'ofil bo'lib qolgan qavmni ogohlantirgaysiz.  

 

7. Ularning ko'plariga So'z (azob haqidagi hukm) muqarrar bo'lgandir. Bas, ular imon keltirmaslar.  

 

8. Darhaqiqat, Biz ularning bo'yinlariga, to iyaklarigacha kishanlarni solib qo'ydik, bas, ular 

kekkayuvchilardir.  

 

9. Yana ularning oldilaridan bir to'siq (parda), ortlaridan bir to'siq (parda) qilib, ularni o'rab qo'ydik. 

Bas ular "ko'ra" olmaslar.  

 

Izoh: Bu oyat Abu Jahl Maxzumiy haqida nozil bo'lgan. U Rasulullohni namoz o'qiyotgan paytlarida 



boshlariga tosh bilan urib majruh qilishga qasam ichgan bo'lib, maqsadini amalga oshirmoqchi bo'lganida 

toshni ko'targanicha qo'llari toshga yopishib qoladi. Sharmanda bo'lib o'z qavmiga qaytib kelgach, boshqa biri 

"Bu ishni men bajaraman" - deb ravona bo'lganida, Alloh taolo amri bilan uning ko'zi ko'r bo'lib qoladi.  

 

10. (Ey, Muhammad,) Siz ularni ogohlantirdingizmi yoki ogohlantirmadingizmi – ularga barobardir - 



imon keltirmaslar.  

 

11. Siz faqat Zikr (Јur'on)ga ergashgan va Rahmondan g'oyibona qo'rqqan kishilarnigina ogohlantira 

olursiz. Bas, o'shalarga mag'firat va ulug' mukofot (jannat) xushxabarini bering! 

 

12. Albatta, Biz o'liklarni tiriltirurmiz va ularning qilgan amallarini hamda (qoldirgan) izlarini yozib 



qo'yurmiz. Barcha narsani Biz aniqlab beruvchi Imom (Lavhul-Mahfuz)da hisobga olganmiz.  

 

13.  (Ey, Muhammad,) Siz ularga qishloq (ahli)ni - u joyga elchilar kelgan paytini misol keltiring!  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

295


Izoh: Qishloqning nomi Antokiya bo'lib, u Rum (hozirgi Italiya) ning qadimiy qishloqlaridan biridir.  

 

14. O'shanda Biz ularga ikkita (elchi)ni yuborganimizda (ular) ikkisini yolg'onchiga chiqarishgach, 



uchinchi (elchi) bilan quvvatlantirdik. Bas, (uchchala elchi Antokiya ahliga): "Haqiqatan, biz sizlarga 

(yuborilgan) elchilarmiz", degan edilar.  

 

15. Ular: "Sizlar ham xuddi bizga o'xshagan odamlarsiz. Rahmon (Alloh) biror narsa (vahiy) nozil 

qilgani yo'q. Sizlar faqat yolg'on so'zlamoqdasizlar", - dedilar.  

 

16. (Elchilar) aytdilar: "Rabbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga (yuborilgan) elchilardirmiz! 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish