25. Zero, qaytishlari yolg’iz O'zimizgadir!
26. So'ngra ularni hisob-kitob qilish ham faqat Bizning zimmamizdadir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
449
FAJR SURASI
Fajr - tong, bomdod vaqti.
Surada Fir'avn, Od qavmi kabi buzg’unchi kofirlarning qilmishlari, boylikka berilmaslik, qiyomat hodisalari,
insonning noshukurligi, jannat ahlidan bo'lish uchun nima ishlar qilish lozimligi ilohiy ta'limot asosida talqin
etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qasamyod etaman tong (vaqti)ga,
2. "O'n kecha"ga,
Izoh: Bu oyatdagi "O'n kecha" dan murod Zil-hijja oyining yoki Muharram oyining birinchi o'n kunlari yoxud
Ramazon oyining uchinchi o'n kunligi degan uch xil tafsir mavjud.
3. juft va toq (narsalar)ga
4. va o'tayotgan kechagaki, (albatta, kofirlar jazolanurlar)!
5. Mana shu (narsa)larda aql egasi uchun (yetarli) qasam bordir?!
6. Rabbingiz Od (qabilasi)ni nima qildi, ko'rmadingizmi?!
7. (Ular) baland ustunli Iram (shahridan) bo'lib,
8. (boshqa) yurtlarda uning o'xshashi yaratilmagan.
Izoh: Iram yoki Eram - Nuh sulolasidan bo'lgan shoh ismi. Uning ismi bilan shahar, bog' va qabila nomlangan
(Od qabilasi). Rivoyat qilinishicha, Odning ikki o'g’lidan biri Shaddod u dunyoda Alloh mislsiz boq-jannat bino
qilgan deb eshitgach, U bilan tenglashish niyatida Adn (Yaman) sahrosida bir g’aroyib bog’ barpo ettirgan.
Bog’ 300 yilda bitgan. Odning o'zi 9000 yil umr ko'rgan. Lekin takabburlik bilan qurgan bog’ini ko'rish o'ziga
nasib etmagan. Ko'rish uchun lashkar tortib ketayotganda, yarim yo'lda Alloh tomonidan yuborilgan qattiq
bo'ron-shamol urib halok bo'lgan. "Boqi Eram" qissasi shundan iboratdir.
9. Vodiyda xarsang toshlarni (uy solish uchun) kesgan Samud (qabilasi)ni,
10. qoziqlar (ahromlar va qasrlar) egasi bo'lmish Fir'avnni (qanday halokatga duchor qilganini-chi)?
11. Ular yurtlarida hadlaridan oshib,
12. u joylarda buzg’unchilikni ko'paytirib yuborgan edilar.
13. Bas, Rabbingiz ularning ustiga turli azob yog’dirdi.
14. Albatta, Rabbingiz (barcha narsani) kuzatib turuvchidir.
15. Bas, endi insonni qachonki, Parvardigori imtihon uchun ikrom etib, unga ne'mat ato etsa, darhol:
"Parvadigorim (loyiq bo'lganim uchun) meni ikrom etdi", - der.
16. Ammo, qachonki, (Parvardigori) uni imtihon uchun, rizqini tang qilib qo'ysa, darhol:
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
450
"Parvardigorim meni xor qildi", - der.
17. Yo'q! Aksincha, sizlar yetimni ikrom qilmaysizlar.
18. Miskin (bechoraga) taom berishga ham bir-biringizni targ’ib qilmaysizlar.
19. Merosni esa (o'z ulushingizga o'zgalarnikini) qo'shib yeyaverasizlar.
20. Yana mol-dunyoni qattiq muhabbat bilan sevasizlar.
21. Yo'q! Qachonki, Yer qattiq silkinganda
22. va Rabbingiz (hukmi) va farishtalar saf-saf bo'lib kelganda
23. hamda o'sha Kuni jahannam ham (yaqin) keltirib qo'yilganda - ana o'sha Kunda inson (bu
ko'rganlaridan) eslatma olur. (Ammo) unga eslatma qayoqda ekan?!
24. U: "Eh, koshki edi men hayot vaqtimda (yaxshi amallarni) taqdim etgan bo'lsam", - der.
25. U Kundagi (Allohning) azobidek hech kim azoblamas.
26. Uning (kishan va zanjirlarni) bog’lashidek ham hech kim boqlamas.
27. "Ey, xotirjam (sokin) jon!
28. (Ato etilgan ne'matlardan) rozi bo'lgan (va Alloh taolo tomonidan) ham rozi bo'lingan holingda,
Rabbing (huzuri)ga qaytgin!
29. Bas, (solih) bandalarim (safi)ga qo'shilgin
30. va jannatimga kirgin!
Izoh: Bu xitob Alloh taolo tomonidan jon egasiga vafoti oldidan yoki jannatga kirishi arafasida yoki qiyomatda
qabridan turishida aytiladi (Madorik tafsiri).
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
451
BALAD SURASI
Balad - shahar, bu yerda Makka shahri muroddir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) mana shu shahar bilan qasamyod eturman,
2. holbuki, Siz shu shaharda mavjuddirsiz
3. hamda ota va bolalarga (ya'ni, Odam va zurriyotlariga) qasamyod eturmanki,
4. haqiqatan, insonni mashaqqatga yaratdik.
5. Unga hech kimning kuchi yetmaydi, deb o'ylaydimi?!
6. U (maqtanib): "Juda ko'p mol-dunyoni (sarflab) yo'q qildim", - der.
7. Uni hech kim ko'rmagan, deb o'ylaydimi?!
8. Axir, Biz unga ikki ko'z,
9. til va ikki lab (ato) qilmadikmi?!
10. Yana uni ikki balandlikka (yo'lga) yo'llab qo'ydik-ku!
Izoh: Ikki balandlikdan murod ikki yo'l. Ya'ni, hidoyat va zalolat yo'llari.
11. Bas, u (biror yaxshi) dovonni oshib o'tmadi.
12. (Ey, Muhammad,) dovon (oshish) nima ekanini Siz qayerdan ham bilar edingiz?!
13. (U) bo'yinni (qulni) ozod qilish,
14. yoki ocharchilik kunida (muhtojga) taom berishdir.
15. Xoh (u) qarindosh yetim bo'lsin,
16. xoh tuproqli (xor) miskin.
17. So'ngra u (mazkur inson) imon keltirgan va bir-birlarini sabr qilishga tavsiya etgan, bir-birlarini
(bandalarga) marhamatli bo'lishga undagan zotlardan bo'ldi.
18. Ana o'sha (fazilatlarga ega bo'lgan zotlar) o'ng tomon egalaridir.
19. Oyatlarimizga kofir bo'lgan kimsalar esa, chap tomon egalaridir.
20. Ularni qamrab oluvchi olov (do'zax) muqarrardir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
452
SHAMS SURASI
Shams - quyosh.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qasamyod etaman Quyosh va uning ziyosiga,
2. u (quyosh)ning ortidan kelgan oyga,
3. u (quyosh)ni oshkor qilgan kunduzga,
4. u (quyosh)ni o'ragan tunga,
5. osmonga va uni bino qilgan,
6. Yerga va uni yoyib qo'ygan,
7. jonga va uni tiklagan,
8. unga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib qo'ygan zotga (qasam)ki,
9. haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur
10. va u (nafs)ni (gunoh bilan) ko'mib, xorlagan kimsa esa noumid bo'lur!
11. Samud (qabilasi) haddan oshgani sababli (o'z payg’ambarlarini) yolg’onchiga chiqardilar.
12. Qaysiki, ularning eng badbaxti (tuyani so'yish uchun) qo'zg’alganida,
13. Allohning payg’ambari (Solih) ularga: "Allohning tuyasi(ni so'yish)dan va uni sug’orish(ga to'siq
bo'lish)dan saqlaninglar!" - dedi.
14. Bas, ular (payg’ambarni) yolg’onchi qilishib, u (tuya)ni so'yib yubordilar. Bas, Parvardigorlari
ularning gunohlari sababli ustilariga qirg’in yuborib, uni (barchalariga) barobar qildi.
15. (Zotan, Alloh o'z ishining) oqibatidan qo'rqmas.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
453
LAYL SURASI
Layl - kecha, tun.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qasamyod etaman o'rab kelayotgan kechaga,
2. yorishib kelayotgan kunduzga,
3. erkak va ayolni yaratgan zotgaki,
4. albatta, sizlarning sa'y - harakatlaringiz turlichadir!
5. Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa va (Allohdan) qo'rqsa,
6. hamda go'zal (narsa)ni tasdiq etsa,
Izoh: Go'zal narsadan murod islom dini yoki jannat yoxud imon kalimasi.
7. bas, unga oson (yo'l)ni muyassar qilurmiz.
8. Ammo, kimki baxillik qilsa va (o'zini) behojat (boy) sanasa,
9. hamda go'zal (narsa)ni yolg’onga chiqarsa,
10. bas, unga og’ir (yo'l)ni "muyassar" qilurmiz.
11. (U) halok bo'lgan vaqtida boyligi unga foyda bermas.
12. Albatta, hidoyat (To'g’ri yo'lga yo'llash) faqat Bizning zimmamizdadir.
13. Haqiqatan, oxirat ham, dunyo ham yolg’iz Biznikidir.
14. Sizlarni lovullab yonuvchi do'zax haqida ogohlantirdim.
15. Unda faqat baxtsiz (odam) toblanur.
16. Qaysiki, (dinni) inkor etib, (itoatdan) bosh tortgan bo'lsa.
17. Taqvoli kishi esa undan (do'zaxdan) uzoqlashtirilur.
18. Qaysiki, u mol-davlatini (yaxshilik yo'lida) sarf qilur.
19. Uning huzurida (zimmasida) biror kimsaga qaytariladigan ne'mat yo'qdir.
20. U faqat eng oliy zot bo'lmish Parvardigorining "yuzi"ni istab (ehson qilur).
21. (U) yaqinda (ato etilajak mukofotdan) rozi bo'lur.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
454
ZUHO SURASI
Zuho - choshgoh vaqti.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qasamyod eturman choshgoh vaqtiga
2. va (o'z zulmati bilan atrofni) qoplab turgan kechagaki,
3. (ey, Muhammad,) Rabbingiz Sizdan voz kechgani ham yo'q, yomon ko'rib qolgani ham yo'qdir!
4. Albatta, Siz uchun oxirat dunyodan yaxshiroqdir.
5. Yaqinda Rabbingiz Sizga (shunday ne'matlar) ato eturki, Siz, albatta, (undan) rozi bo'lursiz.
6. (Ey, Muhammad, Rabbingiz) Sizni yetim holda topib, boshpana bermadimi?!
Izoh: Boshpana bergani Payg’ambar (a. s.) yetim qolganlarida bobolari Abdulmuttalib, so'ngra amakilari Abu
Tolib uni o'z qaramog’lariga olganlariga ishoratdir.
7. Yana Sizni gumroh (g’ofil) holda topib, (Haq yo'liga) hidoyat qilib qo'ymadimi?!
8. Sizni kambag’al holda topib, boy qilib qo'ymadimi?!
9. Bas, endi Siz (ham) yetimga qahr qilmang!
10. Soil (gado)ni esa (malol olib) jerkimang!
11. Parvardigoringizning (Sizga ato etgan barcha) ne'mati haqida esa (odamlarga) so'zlang!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
455
SHARH SURASI
Sharh - ochish. Bu yerda Rasulullohning dillarini ilmu hikmat bilan ochilishi muroddir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) ko'ksingizni (ilmu-hikmatga) keng ochib qo'ymadikmi?!
2. Sizdan yukingizni olib qo'ydik,
3. qaysiki, belingizni ezib turgan edi.
Izoh: Bellarini ezib turgan yuk On hazratdan sodir bo'lgan ba'zi kichik sahvu xatolar. Chunonchi "Abasa"
surasi izohida qayd etildi.
4. Zikringizni (martabangizni) ham baland qilib qo'ydik.
5. Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.
6. Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.
7. Bas, (ey, Muhammad,) qachonki, (namozdan) foriq bo'lsangiz, (o'rningizdan) turing
8. va Rabbingiz sari rag'bat (bilan iltijo) qiling!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
456
TIN SURASI
Tin - anjir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qasamyod eturman anjirga va zaytunga,
2. Turi Sinin (tog’i)ga,
3. mana shu tinch-osoyishta shahar (Makka)gaki,
4. haqiqatan, Biz insonni xushbichim (shaklda) yaratdik.
5. So'ngra (qarigan sari), uni asfalasofilinga (qomati xam bo'lishga) qaytardik.
Izoh: Asfalasofilin - pastlarning pasti. Bu so'zdan ikki xil mazmun olish mumkin. Birinchisi, tarjimadagi qarilik
bo'lsa, ikkinchisi keyingi imonli solih bandalarga beriladigan ne'matlar zikri dalolatiga binoan imon
keltirmagan munofiqlar do'zaxning past joyiga yuborilishiga ishorat bo'lishi mumkin.
6. illo, imon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajr (mukofot) bordir.
7. Bas, (ey, inson)! Shundan keyin jazo (Kuni)ni inkor etishga seni nima majbur etmoqda?!
8. Axir, Alloh (o'sha Kunda) hukm qiluvchilarning (adolatli) hukm chiqaruvchirog’i emasmi?!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
457
ALAQ SURASI
Alaq - Laxta qon. Bu yerda ona qornidagi homilaning rivojlanish jarayonidagi bir bosqich, ya'ni laxta quyuq
qonga aylangan holati muroddir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot bo'lmish Rabbingiz nomi bilan o'qing!
2. U insonni laxta qondan yaratdi.
3. O'qing! Rabbingiz esa karamli zotdir.
4. U insonga qalam bilan (yozishni) o'rgatgan zotdir.
5. U insonga bilmagan narsalarini o'rgatdi.
6. Darhaqiqat, inson haddidan oshar.
7. (Bunga) sabab o'zini boy - behojat sanashidir.
8. (Ey, inson,) albatta, qaytishing Rabbing huzurigadir.
9. (Ey, inson,) ko'rdingmi, to'sayotgan kimsani
10. bandani namoz o'qiganda?!
11. Ko'rdingmi - agar u (namoz o'quvchi) o'zi To'g’ri yo'lda bo'lsa,
12. yoki (o'zgalarni) taqvoga (Allohdan qo'rqishga) buyursa?!
13. Ko'rdingmi, agar u (namozdan) to'suvchi kimsa (haqni) inkor etsa va (u imon keltirishdan) yuz
o'girsa,
14. albatta, Alloh (uning bu qilmishlarini) ko'rib turishini bilmasmi?!
Izoh: Bu oyatlar mashhur kofir Abu Jahl xususida nozil qilingan. U Payg’ambar (a. s.)ga aziyat va zarar
yetkazishni o'z oldiga oliy maqsad qilib qo'ygan bo'lib, Haq taolo bu tanbehlar bilan uni ogohlantirgan.
15. Yo'q! Qasamki, agar u (bu yo'lidan) qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz
16. o'sha yolg’onchi, adashgan (kimsaning) peshona sochidan (tutib jahannamga oturmiz)!
17. Bas, u o'zining jamoasini (yordamga) chaqiraversin!
18. Biz esa azob farishtalarini chaqirajakmiz!
19. Yo'q! (Ey, Muhammad,) Siz unga itoat etmang va (yolg’iz) Allohga sajda (ibodat) qilib, (Unga) yaqin
bo'ling!
(Sajda oyati.)
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
458
QADR SURASI
Qadr so'zining turlicha ma'nolari bor. Jumladan qadr-qimmat, o'lchov, miqdor. Bu yerda bularning har biri
to'g’ri kelaveradi. Zero, bu kechaning qadr-qimmati ming oydan ulug’ligi va bu kechada bir yillik ishlar
o'lchanib, rejalashtirilishi bunga dalil bo'la oladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Albatta, Biz u (Qur'on)ni Qadr kechasida nozil qildik.
2. (Ey, Muhammad,) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!
3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.
Izoh: Bu ulug’ kecha Ramazon oyining 27-kechasi ekaniga dalolat qiladigan hadis va rivoyatlar ko'pdir.
4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan)
barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tusharlar.
5. U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
459
BAYYINA SURASI
Bayyina - hujjat.
Hujjatdan murod bu yerda, Muhammad (a. s.) dirlar. Suraning nomini "Lam Yakun" deb ham yuritiladi. Unda
kofir va mushriklar, to Muhammad (a. s.) payg’ambar bo'lib kelgunlaricha, o'zlarining kufroniy aqidalaridan
ajramaganlari, keyin esa ba'zilari kufrdan xalos topib, Islomga kirgani va ba'zilari kufrda qolgani, ibodatda ixlos
zarurligi, oxiratda mo'minlarga va kofirlarga qilinadigan muomalalar to'g’risida ma'lumot beriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Ahli kitoblar va mushriklardan iborat kofir kimsalar, to ularga Hujjat kelgunicha, (kufrdan)
ajraluvchi bo'lmadilar.
2. (U Hujjat) Alloh (tomoni)dan (yuborilgan) payg’ambar (Muhammad, ularga) pokiza sahifalarni
(Qur'onni) tilovat qilur.
3. U (sahifa)larda qimmatli yozuvlar (ahkomlar) mavjuddir.
4. Ahli kitoblar faqat ularga Hujjat (payg’ambar) kelganidan keyingina bo'linib ketdilar.
5.Holbuki, ular faqat yagona Allohga, Uning uchun dinni (shirkdan) xolis qilgan, To'g’ri yo'ldan
oqmagan hollarida ibodat qilishga va namozni mukammal ado etishga hamda zakot berishga buyurilgan
edilar. Mana shu To'g’ri (haqqoniy) dindir.
6. Albatta, ahli kitob va mushriklardan iborat kofir kimsalar jahannam o'tida bo'lib, o'sha joyda mangu
qolurlar. Ana o'shalar xaloyiqning eng yomonidirlar.
7. Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar - aynan o'shalar xaloyiqning eng
yaxshisidirlar.
8. Parvardigorlari huzuridagi ularning mukofotlari ostidan anhorlar oqib turadigan mangu
jannatlardir. Ular o'sha joyda abadul-abad qoluvchidirlar. Alloh ulardan rozi bo'lur, ular (Allohdan)
Do'stlaringiz bilan baham: |