3.Raqobatni rivojlantirish va ximoya qilishni kuchaytirish choratadbirlari.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat muhitini yaratish va rivojlantirish vazifalari bilan bir qatorda, raqobatni himoya qilish vazifasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu boisdan 2012 yil 6 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining Рақобат to‘g‘risida‖gi Qonuni qabul qilindi. ―Рақобат to‘g‘risida‖gi Qonunning qabul qilinishi natijasida quyidagilarga erishilishi ko‘zda tutilgan edi:
- raqobatni himoya qilish tovar va moliyaviy bozorlarni ham qamrab oladi;
- iqtisodiy, kapital konsentratsiyasi (aksiyalarni sotish-sotib olish, qo‘shilish, birlashtirish va h.k.) bo‘yicha bitimlarni nazorat qilish kuchayadi. Bozor, kapital konsentratsiyasi bo‘yicha bitimlarga monopoliyaga qarshi organlardan ruxsat olish protseduralari, tartib-qoidalari bu sohadagi xalqaro meʼѐrlarga muvofiqlashtiriladi; - monopolist-korxonalarning tovar va xizmatlariga narxni shakllantirishda narxlarni tartibga solishning bozor mexanizmini himoya qilish kuchayadi. Bu borada yangi usul va dastaklar ishlab chiqiladi.O‘zbekiston Respublikasining ―Рақобат to‘g‘risida‖gi Qonunining qabul qilinishi va amal qilishi erkin raqobatni himoya qilish maqsadida quyidagi vazifalarni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etadi:
- monopolist-korxonalar va ayrim davlat boshqaruv organlarining raqobatga qarshi faoliyatining oldini olish, tadbirkorlik faoliyati erkinligi va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimini mustahkamlash, raqobatlashish madaniyatini oshirish;
- raqobatni jadallashtirish, monopoliyaga qarshi organlar vakolatlari, vazifalari va faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
- monopoliyaga qarshi kurashuvchi organlar uchun kadrlar tayѐrlash, qayta tayѐrlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ular faoliyatining ochiqligini taʼminlash, raqobatni himoya qilish bo‘yicha ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng ѐritib borish.Mazkur qonunga muvofiq tovar ѐki moliya bozorida raqobatni himoya qilish maqsadida quyidagilar taʼqiqlanadi,sunʼiy ravishda narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlarni belgilash ѐki saqlab turish, erkin bozor narxlarining qaror topishiga to‘sqinlik qilish,ishlab chiqarish ustidan, mahsulot sotish bozorlari va kapital qo‘yilmalar ustidan nazorat o‘rnatish, ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olish,shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan raqobatni cheklovchi va kamsituvchi shartlarni, asossiz talablarni majburan qabul qildirish,boshqa xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning bozorga kirishini cheklash ѐki ularni bozordan chetlashtirish taqiqlanadi,xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning kelishib olingan harakatlari va bitimlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu taqiq tovarlarni tovar belgisi, firma nomi va sotuvchining intellektual mulk obʼektlariga bo‘lgan boshqa mutlaq huquqlari orqali realizatsiya qilishni sotib oluvchi tomonidan tashkil etish to‘g‘risidagi bitimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Insofsiz raqobat, shu jumladan, boshqa xo‘jalik yurituvchi subʼektga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri taqqoslashlar, xo‘jalik yurituvchi subʼekt (raqobatchi) tomonidan ishlab chiqarilaѐtgan tovarni uning tashqi bezatilishini, nomini, tamg‘alanishini, tovar belgisini, reklama materiallaridan, tovarning firma o‘rovi va shaklini nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish, xo‘jalik subʼektining faoliyatiga oid axborotni, shu jumladan tijorat sirini oshkor etish, tovar ѐki moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subʼektning kirishiga to‘siq qo‘yish taqiqlanadi.
Raqobatni himoya qilishda xo‘jalik subʼektlariga berilaѐtgan turli imtiѐz va preferensiyalarni oqilonalashtirish muhim ahamiyatga ega.Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziѐev Oliy Majlisga murojaatnomasida ―Бозор iqtisodiѐtining talabi shundayki, resurs va imkoniyatlardan foydalanish imkoni, yaʼni faoliyat maydoni hammaga teng bo‘lishi kerak. Yakkahokimlikka hech kimning haqqi yo‘q. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, aholi ehtiѐji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni mamlakatimizga import qilish faqat ayrim guruhlar qo‘lida to‘planib, ular uchun mo‘may daromad manbaiga aylanib qolganini adolatdan deb bo‘lmaydi. Baʼzi bir korxonalarga imtiѐzlar berish orqali o‘zimiz erkin raqobat muhitini bo‘g‘ib, narxlarning barqaror bo‘lishiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqdamiz. Endi biz bunday amaliѐtdan voz kechamiz. Bu masalada hammaga teng sharoit yaratiladi. Imtiѐzlar ayrim korxonalarga emas, balki alohida ishlab chiqarish va xizmat turlarini rag‘batlantirish maqsadida beriladi. Imtiѐzni ro‘kach qilib, eng muhim faoliyat turlarini to‘la monopoliya qilib olishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi―3,-deb taʼkidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |