Demak, paleografik tadqiqotlar uchun alifboli tizimlar asosidagi material xronologiyasi ham bevosita o‘sha davrdan boshlanadi. Shu sababli paleografiyani «Avesto paleografiyasi»dan boshlab, so‘ngra oramiy grafikasidan rivoj topib, tez orada bir qancha mahalliy yozuv tizimlariga aylangan alifbolar, ular vositasida yozib olin 30 gan yodgorliklarga o‘tish ma’quldir. Bular parfyoniy yozma yodgorliklari, boxtariy-oramiy yodgorliklar, xorazmiy, sug‘diy, o‘rta forsiy-pahlaviy yozuvlari, sug‘diy asosida rivojlangan uyg‘ur-turkiysi, O‘rxun Yenisey va uning o‘nlab mahalliy variantlaridirki, paleografik tadqiqot orqali ularning manbaviy ahamiyatini ko‘rsatib berish, ilmiy istifodaga olib kirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu borada yana bir muhim masala borki, u ham bo‘lsa har bir yozuv tizimining ichki grafik rivojlanish dinamikasini ko‘rsatishdir. Masalan: Markaziy Osiyoda oramiy grafikasi asosidagi yozuvlarning oramiycha shakllardan ajralib chiqib mustaqil chizma shakllar darajasiga, undan go‘zal husnixat shakllariga xos yozuv usullarini paydo etish yo‘llarini yodgorliklarda kuzatish ham muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo jahon qadimiy yozuv yaratuvchilik jarayonlarining muhim bo‘g‘ini bo‘lib kelgan. - Demak, paleografik tadqiqotlar uchun alifboli tizimlar asosidagi material xronologiyasi ham bevosita o‘sha davrdan boshlanadi. Shu sababli paleografiyani «Avesto paleografiyasi»dan boshlab, so‘ngra oramiy grafikasidan rivoj topib, tez orada bir qancha mahalliy yozuv tizimlariga aylangan alifbolar, ular vositasida yozib olin 30 gan yodgorliklarga o‘tish ma’quldir. Bular parfyoniy yozma yodgorliklari, boxtariy-oramiy yodgorliklar, xorazmiy, sug‘diy, o‘rta forsiy-pahlaviy yozuvlari, sug‘diy asosida rivojlangan uyg‘ur-turkiysi, O‘rxun Yenisey va uning o‘nlab mahalliy variantlaridirki, paleografik tadqiqot orqali ularning manbaviy ahamiyatini ko‘rsatib berish, ilmiy istifodaga olib kirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu borada yana bir muhim masala borki, u ham bo‘lsa har bir yozuv tizimining ichki grafik rivojlanish dinamikasini ko‘rsatishdir. Masalan: Markaziy Osiyoda oramiy grafikasi asosidagi yozuvlarning oramiycha shakllardan ajralib chiqib mustaqil chizma shakllar darajasiga, undan go‘zal husnixat shakllariga xos yozuv usullarini paydo etish yo‘llarini yodgorliklarda kuzatish ham muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo jahon qadimiy yozuv yaratuvchilik jarayonlarining muhim bo‘g‘ini bo‘lib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |