2. Nega Alouddin Muhammad Xorazmshoh mamlakat mudofaasini tashkil
eta olmagan?
3. Jaloliddin qaysi shaharlarda mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozongan?
4. Sind daryosi bo‘yidagi jang haqida so‘zlab bering.
5. Vatanimiz mustaqilligi yillarida Jaloliddin Manguberdining xotirasini abadiylashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirildi?
III.Yangi mavzu bayoni: Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq ustozlar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o‘q uzish va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘ldi. U o‘z davrining
ilmlarini puxta egalladi. Otasining piri shayx Shamsiddin Kuloldan saboq oldi. Teran fikrli,
yuksak fazilatli, ziyrak va dovyurak bo‘lib voyaga yetdi. 17 yoshida otasining butun mulkini o‘zi
mustaqil boshqara boshladi. Amir Temur tug‘ilgan davrda Vatanimiz hududi Chingizxonning o‘g‘illaridan biri Chig‘atoy nomi bilan ataluvchi ulus (davlat) tarkibida edi. XIV asrning o‘rtalarida Chig‘atoy ulusida hokimiyat uchun kurash nihoyatda kuchaydi. Natijada ulus parchalanib ketdi. Amir Temur ana shunday og‘ir vaziyatda tarix sahnasiga chiqdi. U o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi askarlari bilan turli viloyatlar amirlariga xizmat qilishdan boshladi. Ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatdi. Bu esa uning nomini Qashqadaryo vohasida mashhur qilib yubordi. Kurashlarda toblana borgan Amir Temur endi o‘z oldiga Vatanni mo‘g‘ullardan ozod etishdek muqaddas vazifani qo‘ydi. Tez orada Amir Temur mo‘g‘ullarga qarshi ozodlik kurashini boshlab yubordi. Bu kurash sakkiz yil davom etdi. Nihoyat, ozodlik kurashchilari mo‘g‘ul qo‘shinini
Movarounnahr hududidan quvib chiqardilar. 1370-yilning 9-aprel kuni esa Amir Temur Movarounnahr hukmdori deb e’lon qilindi. Bu vaqtda u 34 yoshga to‘lgan edi. Amir Temurga piri shayx Sayyid Baraka oliy hokimiyat ramzi bo‘lgan katta nog‘ora va bayroqni tutqazdi. Samarqand davlatning poytaxti etib belgilandi. Amir Temur G‘arbiy Yevropa xalqlariga katta tahdid solayotgan
Usmoniylar imperiyasi (Turkiya) sultoni Boyazid qo‘shinini 1402-yilda Anqara yonida bo‘lgan jangda tor-mor etdi. Usmoniylarning bu mag‘lubiyati uning Yevropa davlatlariga solayotgan tahdidini yo‘qqa chiqardi.Boyazidning tahdididan xalos bo‘lgan Yevropa davlatlari Amir Temurga minnatdorchilik maktublarini jo‘natishdi. Shu boisdan ham YUNESKO tashkiloti qarori bilan 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.
IV .Mustahkamlash : Amir Temur kurash maydoniga chiqqan davrda Vatanimizda ahvol qanday edi?
2. Amir Temurning Vatan mustaqilligi yo‘lida olib borgan kurashi va
buyuk davlat barpo etganligi haqida nimalarni bilib oldingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |