Tarixiy ong va tarixiy xotira



Download 0,57 Mb.
Sana05.01.2020
Hajmi0,57 Mb.
#32088
Bog'liq
Tarixiy ong va tarixiy xotira

Tarixiy ong va tarixiy xotira


Mustaqillik yillarida tarixiy haqiqat, tarixiy xotirani tiklashga imkon berilishi va bunga shart-sharoit yaratilishi tufayli xalqning kelajakga ishonchi oshdi. Bu esa,o‘z navbatida, jamiyat taqdiri va taraqqiyotiga dahldorlik hissini kuchaytirdi-ijtimoiy faollikni oshirdi, inson ma’naviy dunyosini boyitdi, demokratik-huquqiy jamiyatning muhim elementi-erkin fikrlashni kuchaytirdi. “Bir so‘z bilan aytganda, deb xulosa chiqaradi Islom Karimov 2012-yil 9-mayda Toshkentdagi Xotira maydonida,-xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’naviy olami, ijtimoiy faolligi o‘sib borayotgani barcha-barcha yutuqlarimizning poydevoriga , quch-quvvatimiz manbaiga aylanayotganini sezish, ko‘rish qiyin emas.” Ayni paytda, tarixiy haqiqatga asoslangan tarixiy xotiraning tiklanishi va undan oziqlangan milliy g‘oyaning yaratilishi hamda inson qadri va manfaatlari ustuvorligini ta’minlanishi inson omilining ma’naviy qudrat manbalari bo‘lib, o‘z faoliyatini bunday manbalarga asoslantiruvchi inson-bunyodkor insondir. Prezidentimiz ta’kidlaydiki, “urtimizda amadga oshirilayotan ulkan bunyodkorlik ishlari, erishilayotgan yutuqlarning negizida, avvalo, inson omili mujassam”[2]

Tarixiy ong, uning o‘zagi tarixiy xotira milliy g‘oyaninig tarixiy va zamonaviy ildizlaridan biridir. Mustakillik na faqat milliy g‘oyaninig maqsad-mohiyatini anglashga, balki uning tarixiy ildizlari, jumladan tarixiy ong, tarixiy xotirani o‘rganishga imkon yaratdi. «Mustakillik yillarida o‘zligimizni anglash, tarixiy – milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida nimaiki ish qilayotgan bo‘lsak, ularning barchasini yagona maqsad- ko‘p millatli xalqimizni birlashtirish uchun qilmoqdamiz»1 . Xalk, mamlakat kelajagi tarixiy ongining teranligi, tarixiy xotiraning uyg‘oqligi, tarixdan xulosa va saboqlar chiqarish bilan bog‘lik. «Biz buyuk davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz buning uchun zamonaviy siyosiy, iqtisodiy, ilmiy – texnikaviy, ma’naviy imkonlarimiz bilan bir qatorda tarixiy asosimiz ham bor»2. Tarixiy ong va tarixiy xotira inson, jamiyat ma’naviyatining ajralmas qismi bo‘lib, u qanchalik boy mazmunli bo‘lsa, insonda o‘tmishdan faxrlanish tuygusini uyg‘otadi, xalqni uyushtiradi, uni tarixdan saboq chiqarib, ulug‘vor, bunyodkor ishlarni bajarishga chorlaydi. Shuning uchun ham tarixiy ong va tarixiy xotira, milliy g‘oyaninig ham tarixiy, ham zamonaviy asoslaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning milliy g‘oyaning tarixiy ildizlarini o‘rganishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiluvchi asarlaridan biri - «Tarixiy xotirasiz kelajak yuk» asarida ana shunday umumnazariy va umumamaliy xulosalar chikarilgan. Ma’naviyat va milliy g‘oya jumladan, tarixiy ong va tarixiy xotira masalalariga bag‘ishlangan asarlaridan biri «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida Islom Karimov ta’kidlaydiki, «Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z maqsad – muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg‘usi to‘laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining muvaffaqiyat va zafarlari, yuqotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi»[3].

Bu masalada mustaqillik yillarida ilmiy yondashildi, tarixni o‘rganishda va baho berishda uning barcha davrlari va jabhalari e’tiborga olindi va shu asosda milliy g‘oyaning tarixiy ildizlari chuqur tahlil qilindi, tarixiy ong va tarixiy xotirani shakllantirish va tarbiyalashga alohida e’tibor berilmokda.

Shuni ta’kidlash zarurki, tarixiy ong va tarixiy xotiraning ilmiy tahlil qilishga Respublikamizda katta e’tibor berilmoqda. Tarixiy ong va tarixiy xotiraning mazmun – mohiyatini milliy g‘oyaninig tarixiy ildizi sifatidagi ahamiyati, uni shaxs faoliyati va jamiyat hayotidagi, ijtimoiy, jumladan milliy ong tizimidagi, dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni haqida ko‘plab fikrlar bildirilgan. Shu masalalar buyicha ilmiy va ilmiy -ommabop risolalardan biri «Yoshlar dunyokarashi shakllanishida tarixiy ong va tarixiy xotira» kitobidan mualliflarning chuqur tahliliy xulosaviy muloxazalarini ukuvchi dikkatiga xavola kilamiz[2].

Ijtimoiy ong shakllaridan bo‘lgan tarixiy ong va tarixiy xotira murakkab hamda serqirra hodisadir. Tarixiy ongga, shuningdek uning tarkibiy qismi bo‘lgan tarixiy xotiraga, ularning o‘zaro hamda ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan aloqasiga ko‘plab ta’riflar berilgan.

«Tarixiy ong, bu — har qanday bilimda bo‘ladigan, hamma narsa, hatto ma’naviy borliq ham bo‘lib o‘tganligini anglashdir»[3].

«Tarixiy ong ijtimoiy ong shakli bo‘lib, jamiyat tomonidan o‘zining kelib chiqishi va zamondagi o‘rni, o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi o‘rtasidagi aloqadorlikning anglanishi, ijtimoiy voqelikning obyektiv idrok etilishidir»[1].

Tarixiy ong «ilgari sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni o‘zida aks ettirgan turli-tuman manbalar, ashyolar avloddan-avlodga meros sifatida o‘tib, tariximiz, madaniyatimizning uzluksizligini ta’minlaydi»2.

«Ilm-fanda tarixiy ong deganda odatda ijtimoiy guruhlar, sinflar, xalqlar, millatlarda o‘zining kelib chiqishi, o‘z tarixidagi muhim voqealar va o‘tmish-dagi buyuk arboblar haqida, o‘z tarixining boshqa kishilik jamoalari va umuman bashariyat hamjamiyati tarixi bilan nisbati haqidagi qarashlar, an’analar, udumlar, odatlar, konsepsiyalar mujassami tushuniladi»[3].

«Tarixiy xotira selektiv xususiyatga egaligi tufayli ularni (tarixiy ong elementlarini) saralay oladi, bir tizimga solishga xizmat qiladi» yoki «tarixiy xotirada san’at, urf-odat, marosimlar bilan bog‘liq axborotlar saralangan tarzda jamlanadi va sakdanadi»[4].

«Tarixiy xotira — ajdodlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning kishilar ongi va kundalik amaliy faoliyatida qayta namoyon bo‘lishi, eslanishi, qadrlanishi»[5].

«Insonni butun insoniyat yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar bilan bog‘lab turadigan, uning ongi va kundalik amaliy faoliyatiga ruhiy-ma’naviy ozuqa beradigan qudrat tarixiy xotiradir»1. Shuningdek, adabiyotlarda «tarixiy ong ijtimoiy xotiraning tarkibiy qismi, uning elementlaridan biridir»2, degan fikr ham mavjud. Tajribadan ko‘rinishicha, «tarixiy ong» tushunchasi o‘z mazmuniga ko‘ra, «ijtimoiy xotira» tushunchasi bilan qiyoslaganda, unga nisbatan ancha keng tushunchadir, chunki yuqorida aytib o‘tganimizdek, «xotira» tushunchasi o‘zaro cham-barchas bog‘liq bo‘lgan va birgalikda tizim sifatidagi «ong»ni tarkib toptiradigan o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlardan, shu jumladan xotiradan ham iborat bo‘lgan ancha kengroq bo‘lgan «ong» tushunchasining muhim, hatto markaziy elementi hisoblanadi3. Bunda ong tizimidagi xotira — «kechinmalar onidan so‘ng idrok etish va tasavvur etishni saqlab qolish qobiliyati; xotira (obrazli ifodalaganda) saqlovxonani ham bildiradi»[4].

Yuqorida bayon etilganlardan tashqari, tarixiy ong tizimida xotira «nafaqat tarixiy xotirani saklaydi, balki inson ongida shakllangan bilim asosida o‘tmishda ro‘i bergan voqealarni tahlil etadi, xulosa chiqaradi, xarakterli tomonlarini qabul qiladi, turmushga joriy etadi va jamiyatning hozirgi sharoiti bilan solishtirib, qadrini belgilaydi»5. Ong va tafakkur — jarayon, xotira esa qobiliyatdir. Binobarin, ijtimoiy ongning barcha shakllari o‘zaro uzviy bog‘langan, bir-biri bilan munosabatda bo‘ladi, bir-birini o‘zaro boyitadi.

Demak, tarixiy ong bilimlar, tasavvurlar, qarashlar, an’analar, marosimlar, urf-odatlar, g‘oyalar, konsepsiyalar, fikrlarning shunday yig‘indisini, majmuini tashkil etadiki, ular vositasida individlarda, ijtimoiy guruxdarda, xalqlarda, millatlarda o‘zining kelib chiqishi, o‘z tarixidagi eng muhim voqealar va o‘tmishdagi buyuk arboblar to‘g‘risida, o‘z tarixi bilan kishilarning boshqa mushtarakligi, shuningdek inson sotsiumi va o‘zining undagi o‘rnining nisbati to‘g‘risida muayan tasavvur paydo bo‘ladi.

Tarixiy ong — o‘tmishni uning umuman jamiyatga, xususan turli ijtimoiy - demografik, ijtimoiy - professional, etnoijtimoiy, etnokonfessional guruhlarga, shuningdek alohida individlarga xos bo‘lgan butun rang-barangligini hisobga olgan holda baholash hamdir. Tarixiy ong jamiyat, uning ijtimoiy guruhlari va individlarning o‘z o‘tmishi hamda butun insoniyat o‘tmishi haqidagi tasavvurlari yig‘in-disidir. Tarixiy ongda o‘tmish, bugun va kelajak uyg‘unlikda in’ikos etadi[1].

Har qanday ijtimoiy mushtaraklik o‘zining kelib chiqishi, o‘z tarixidagi eng muhim voqealar, o‘tmishdagi buyuk (ba’zan unchalik buyuk bo‘lmagan) arboblar to‘g‘risida, o‘z tarixining insoniyat tarixidagi o‘rni haqida, o‘z tarixining boshqa xalqlar tarixi bilan nisbati to‘g‘risida muayan tasavvurlar tizimiga ega[2].

Tarixiy ongni shakllantirishda milliy g‘oya beqiyos o‘rinni egallaydi. Bu avvallo milliy g‘oyaning mazmun, mohiyatidan kelib chiqadi. Milliy g‘oya tarixiy ildizlarga asoslanadi, suanadi. Milliy g‘oya ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlanib kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun halqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayotiy talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid maqsadlarini3 ifodalaydigan tushunchadir. Ana shu ta’rifdan kelib chiqadigan bo‘lsak, milliy g‘oya tarixiy taraqqiyot, tarixiy xotira va tarixiy ong tushunchalar bilan chambarchas bog‘liqligi aniq bo‘ladi. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari yoki milliy g‘oyaning asosiy tamoyillari asrlar, ming yilliklar davomida tarixiy ongga singdiriladi, shakllantiriladi. Bu tamoyillar umuminsoniy tamoyillar bilan hamohang, hozirgi davr umuminsoniy tarixiy ong mazmuniga ham mos keladi. Agar har qanday mafkuraning umumbashariy insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi tamoyillari –qonun ustuvorligi, inson huquqlari va hurfikrlik, turli elat, millat vakillariga hurmat va bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik va hokazolar uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonlari sinovlaridan o‘tib, yuksak sifat darajasiga erishganini hisobga oladigan bo‘lsak, tarixiy ong ham ijtimoiy va subyektiv darajada bu ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirib kelgan. Ijtimioy amaliyot va ongning o‘zaro ta’siri jamiyat manfaatlariga xizmat qilgan, ijtimoiy taraqqiyot talablariga o‘ziga xos javob bo‘lgan.

Milliy mafkuraning maqsad va vazifalaridan biri g‘oya orqali kishilarni ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish, tarbiyalash va g‘oyaviy immunitetni shakllantirishdir. Bu vazifani bajarish tarixiy xotirasi mustahkam, tarixiy ongining ilmiy-nazariy darajasi rivojlangan kishilarda yengil kechadi. Demak, tarixiy ongning nazariy-mafkuraviy darajasini shakllantirish va rivojlantirishda milliy mafkura g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqillikning buyuk ne’matligi shundaki, o‘zlikni anglash shart-sharoitlarni yaratib, milliy g‘oya orqali moziyga murojaat qilib, tarixiy haqiqatni tiklashga imkon berdi. Milliy mafkura o‘tmishni kelajak bilan bog‘laydi, tarixiy xotirani obyektivlik, xolislik asosida tiklash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumki, milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri komil inson bo‘lsa,inson barkamolligining mezonlaridan biri esa uning rivojlangan tarixiy ongga egaligidir.

Mustaqillik ijtimoiy ongning barcha shakllarini, jumladan tarixiy

ongni mustabid davri mafkurasidan tozalash imkonini berdi. Tarixiy ong yangi sifat, yangi mazmun bilan boyimoqda. Uning ijtimoiy ong tizimidagi o‘rni o‘zgarib, ma’naviyat asoslaridan biriga aylanmoqda.

Tarixiy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida tarixiy voqelik hodisalari, jarayonlarini aks ettiruvchi bilimlar yigindisidangina iborat deb tushunish ilmiy haqiqatga to‘la mos kelmaydi. Tarixiy ong ana shu voqealar, jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bogliqlikni hamda bu bog‘liqlikning hozirgi tarix va kelajak tarixga ta’sirini ham aks ettiradi. Shu nuqtai nazardan tarixning tub burilish pallalarida, ayniksa millat, xalqning mustaqillik, istiqlolga erishgan davrlarida tarixiy ongning yangilangan mazmun-mohiyatini anglash va uni shu davr talablari asosida tarbiyalash ehtiyojlari oshadi.

Tarixiy ong moddiy va ma’naviy madaniyat, ularning taraqqiyot qonunlarini, jumladan ma’naviy merosimizning vorislik, tarixiy davomiylik qonunini aks ettiruvchi ong shakllaridan biridir.

Tarixiy ongning nazariy darajasi tarixiy taraqqiyotning eng umumiy va xususiy qonuniyatlarini, jumladan madaniy, ma’naviy hayot rivojlanishi qonuniyatlarini, xalqimizning o‘tmish, hozirgi tarixga taalluqli ilmiy tushunchalar, kategoriyalar bilan tarixiy voqea, hodisa, jarayonlarining dialektik alokadorliklarini aks ettiradi. Tarixiylik va mantikiylik uslublarini qo‘llash, moziy voqeligining ijobiylik, ahamiyatlilik xususiyatlarini mustaqillik davriga ko‘chirish orqali tarixiy ongni shakllantirish, tarbiyalash yanada dolzarblashmoqda.

Ma’lumki, ma’naviy boylik komil insonning asosiy mezoni hisoblanadi. Agar ma’naviyatning tarkibiy qismlarini ilmiy-falsafiy tahlil nigohidan o‘tkazar ekanmiz, tarixiy ong, uning mag‘zi-tarixiy xotira bu tizimda markaziy o‘rinlardan birini egallaganligini ko‘ramiz. Tarixiy xotirasi shakllangan insonni yuksak ma’naviyatli inson deb baholash mumkin. «Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson»[1] , deb ta’kidlaydi Islom Karimov. Prezidentimiz inson irodasini tarbiyalashda tarixiy xotiraning juda muhim rol o‘ynashini, demak barkamol inson shakllanishida tarixiy ongning e’tiborli o‘rin egallashini ko‘rsatmokda. Tarixni bilish, undan ruhiy quvvat olib, o‘z ma’naviyatini mustahkamlash har bir insonning burchi, huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish talablaridan biridir. Shunday ekan, davlatimiz rahbarining «..tarix-xalq ma’naviyatining asosidir»2, degan lo‘nda xulosasining nazariy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy va amaliy ahamiyati o‘z-o‘zidan ayon bo‘lib qoladi. O‘z Vatani, millati, xalqi tarixi va kelajak taqdiriga loqayd qaraydigan odamni barkamol inson deb aytib bo‘lmaydi. Insonning komilligi mezonlariga uning nafaqat axloqiy pokligi, balki ma’rifatli, bilimliligi, jumladan tarixiy bilimlarga egaligi hamda bunday bilimlar orqali tarixiy voqea, hodisalarga mustakil fikrli yondasha bilish qobiliyati ham kiradi.

Tarixiy ongning eng asosiy xususiyatlaridan biri - shaxsda moziy sarvaraqlari va ma’naviy merosimizdagi komil inson kiyofasini anglatadi, o‘z subyekti (tarixiy ong egasi) da komillikka intilish tuyg‘usini uygotadi. Insondagi barkamollik mezonlari u yoki bu tarixiy shaxs, buyuk allomalar, mutafakkirlar faoliyatini, ularning aqliy, axloqiy jihatlarini bilish orqali o‘rganuvchi (o‘quvchi, talaba va b.) ning dunyokarashi, ongida yaxlit holda o‘z aksini topadi. Bunday mezonlar ilmiy-amaliy ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Shu nuqtai nazardan, fikrimizcha, maktab, litsey va kollejlarda O‘zbekiston tarixi, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fanlariga ajratilgan dars soatlarining bir qismini ochik ko‘chma darslar sifatida buyuk allomalarning qadamjolari, tarix va o‘lkashunoslik muzeylari hamda xotira maydonlarida o‘tish katta samara beradi, o‘kuvchi yoshlarda komillikka intilish tuyg‘usini mustaxkamlaydi, ularning komil inson xaqida olgan bilimlarini xayot bilan bog‘liqligini ta’minlaydi. Demak, ma’naviy tarbiya, jumladan komil inson tarbiyasi amaliy asoslarga suansagina u yanada ta’sirchan bo‘ladi.

Mamlakatimizda ma’naviy tiklanish va yuksalish jarayonlarining tarkibiy qismi bu - tarixiy xotirani sho‘rolar davri mafkuraviy sarqitlaridan tozalash va milliy tarixiy ongni shakllantirish hamda mutsaqillik davri tarixiy ongini ijtimoiy ongning ajralmas shakllaridan biriga, jamiyat ma’naviyati negiziga aylantirishdir. Keng miqyosli bu vazifani bajarish imkoniyatlarini mustaqillik vujudga keltirdi va muayan yutuqlarga erishildi ya’ni ma’naviy meros tiklanib, tarixiy xotira sho‘rolar davr g‘oyalaridan tozalandi. Ammo milliy tarixiy ongni shakllantirish, uni kishilar, ayniksa yoshlar dunyokarashining tarkibiy qismiga aylantirish mashaqqatli mehnatni talab qiladigan uzok yillarni o‘z ichiga oladigan jarayondir.

O‘zbekistonda tarixiy ong, xotirani shakllantirish milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygunligi, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi tamoyillarini hisobga olgan holda olib borilmokda. Tarixiy ongni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Dune tajribasida bu noyob hodisa. Shuning uchun davlat shu soha tarbiyaviy jarayonlarini jamiyat talablari asosida borayotganligini aniqlash va undagi paydo bo‘luvchi muammolarni o‘z vaqtida hal qilish yo‘llarini takomillashtirish maksadida sotsiologik tadqikotlar o‘tkazish, ilmiy tadqikotlar olib borishni rag‘batlantiradi. Maktablar, litsey va kollejlar hamda oliy o‘kuv yurtlarida asosan og‘zaki-so‘rov usuli yordamida olib borilgan sotsiologik tadkiqotlar va ta’lim-tarbiya amaliyoti davrida o‘kuvchi, talaba bilim darajasi va sifatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning 30% ga yaqini tarixiy voqea, hodisa jarayonlar haqida ko‘proq miqdoriy (sanalarni yodlab olish, voqealararo bog‘liklikni anglamaslik) tasavvurlarga ega. Hozirgi davrda tarixiy ongni shakllantirish mustaqil fikrlashni tarbiyalashni ham taqozo etishini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘kuvchi, talaba tomonidan nafaqat hodisa, balki voqea, jarayonlardagi mohiyat, qonuniyat, muqarrarlik, ahamiyatlilik, o‘zaro bog‘liqlik ham anglanishi zarur.

Tarixiy hodisalar ro‘y bergan joylar, yodgorliklar muhitida talaba, o‘quvchi tomonidan nazariy bilimlarni qabul qilinishi unda komillikning yana bir jihati - vatanparvarlik, millatparvarlik, o‘z xalqi, Vataniga sadoqat, ajdodlar yaratgan boyliklarni asrab-avaylash, milliy iftixor tuyg‘usi - o‘z xalqining boy tarixi, madaniyati, ma’naviyatidan, uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasidan g‘ururlanish hissini shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuni ta’kidlash zarurki, respublikamizda tarixiy ong va tarixiy xotira to‘g‘risida maxsus asarlar yozilgan emas. Faqat gazeta, jurnal materiallari mavjud va bu muammoga qisman tegishli ilmiy ishlar yozilgan, xolos. Bu tadqiqotlarning aksariyati tarix, xususan Uzbekiston tarixi nigohida bayon qilingan. Tarix falsafasi, sotsiologiya fanlari mutaxassislari hali o‘z diqqat-e’tiborlarini bu muammoga to‘la qaratmaganlar. Tarixiy ong, uning darajalari (ruhiy-hissiylik va nazariy-mafkuraviy), tarkibiy unsurlari, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, tarixiy xotiraning ushbu ong tarkibidagi o‘rni, rivojlanish qonuniyatlari chuqur tahlil qilinib, uning xulosalari ma’naviyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya mutaxassislari tomonidan o‘z vaqtida qo‘llanilsa barkamol insonni hozirgi davr talablari negizida tarbiyalash jarayoni yanada samarali bo‘lar edi.





Mavzu: Tarixiy ong va tarixiy xotira



Bajardi:Ismatdjonova M

Tekshirdi: Nargiza Nazarova
Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish