www.arxiv.uz
Reja:
1. Kirish. Tarixiy o`lkashunoslik fanining fan sifatida tutgan o`rni. Uning predmeti va ob`ekti, fanning maqsad va vazifalari.
2. O`lkashunoslikning fanining shakllanishi va ilmiy tashkilotlarning tashkil etilishi hamda faoliyati.
3. XX asrning 20-30 yillaridagi o`lkashunoslik ishlari
O`zbekistonning mustaqil rivojlanish yo`liga kirishi uning xalqlari tarixida muhim inqilobiy ahamiyatga ega bo`ldi va ijtimoiy taraqqiyotda katta burilish yasadi. Shu munosabat bilan respublikamizning nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotida, ma`naviy hayotida ham keskin yangilanish jarayoni ro`y bermoqda. Bu yangilanishda ilmiylikka, tariximizga, boy madaniy merosimizga qiziqish, uni keng, har tomonlama ilmiy va haqqoniy o`rganishga intilishning kuchaya borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan tarixiy o`lkashunoslikni o`rganishning ahamiyati va unga bo`lgan talab kun sayin o`sib bormoqda. Prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek, xalqimiz dunyoqarashini milliy istiqlol ruhida isloh qilishni talab qilmoqda. Har bir inson tug`ilib o`sgan o`lkasi tarixini mukammal o`rganmog`i shart. “Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi fikrlar yangi qomusimizda o`z aksini topdi.
Tarixiy o`lkashunoslikning maxsus kurs sifatida oliy ukuv yurtlari tarix fakultetlariga maxsus kurs sifatida kiritilishi bu fanga e`tiborining kuchayib borayotganidan dalolat beradi.
Jamiyat kurilishining xozirgi boskichida tarixiy o`lkashunoslikning roli va axamiyati bekiyos oshib bormokda. O`zbekiston fuqarolarining axloqiy va estetik tarbiyalash, ularning madaniy saviyasini oshirish uchun ma`naviy boyliklarini kupaytirish va ulardan keng foydalanish xakida gamxurlik kilish burchiligiga o`lka tarixi va unga munosabatidan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xam O`zbekiston fuqarolarining O`zbekiston xududida joylashgan madaniy yodgorliklarga extiyotkorlik bilan munosabatda bulish, asrab avaylashlari ta`kidlab o`tilgan. O`lkashunoslik kursi kup millatli O`zbekiston tarixini, uning madaniyat yodgorliklarini o`rganishning eng muhim vositalaridan biridir.
O`lkashunoslikning asosiy manbalari:
1. Tarixiy yodgorliklar,
2. Arxeologik yodgorliklar,
3. Etnografik yodgorliklar,
4. Toponimik va arxiv xujjatlari,
5. Muzey materiallariga tayanib ish kuradi.
O`zbekiston xalqlari tarixiy va madaniy yodgorliklari jaxon madaniy me`rosining tarkibiy qismi bulib, mamlakatimiz xalqla-rining jaxon tsivilizatsiyasining rivojlanishiga xissa kushganli-gidan dalolat beradi. Mana shunday tarixiy, moddiy va ma`naviy yodgorliklarning xar tomonlama chukur : ilmiy va amaliy jixatdan urganadigan fan- bu o`lkashunoslikdir.
O`lkashunoslik deganda ilmiy o`lkashunoslik , jamoat o`lkashu-nosligi, va maktab o`lkashunosligi tushuniladi.
I. Ilmiy, ya`ni davlat o`lkashunosligi bevosita davlat ilmiy tashkilotlari, ilmiy tadkikot institutlari, Respublika tarix va madaniyat yodgorliklarini muxofaza kilish va undan foydalanish, regional, maxsus muzeylar, Respublika Fanlar akademiyasi koshi-dagi tarix, arxeologiya ilmiy tadkikot institutlari, ilmiy xodim-lari tomonidan respublika va viloyatning o`lkashunoslik muzey-larida ekpozitsiya sifatida namoyish kilinadi.
2. Jamoat o`lkashunosligi xalq deputatlari, ijroiya kumita-larining bevosita raxbarligida tegishli joydagi arxeologik, etno-grafik, toponimik va arxiv xujjatlari mutaxassislari yordamida urganiladi.
3. Maktab o`lkashunosligi esa manbalarda tarix va jamiyatshu-noslik ukituvchilarining bevosita raxbarligida tashkil kilinadi.
Maktab o`lkashunosligi maktabni, ya`ni ta`lim-tarbiyani tur-mush bilan, ishlab chikarish bilan uzviy boglashdagi eng muhim vo-sitalaridan biridir. Ukitish jarayonida ukuv materiallaridan urinli foydalanish ukuvchilarning uz o`lkasining tarixini bilib olishga, mustakil ijod kilishga bulgan kizikishini orttiradi va kelgusi xayot yulini tanlab olishga yordam beradi.
Maktab o`lkashunoslik predmetlararo aloqani mustaxkam-laydi. Maktab o`lkashunosligi ukuvchilarda uz vataniga bulgan cheksiz mexr-muxabbat uygotish bilan birga ularni estetik ruxda tarbiyalashga xam munosib xissasini kushadi. O`lkashunoslik fani rivojlanishi tarixida mashakkatli va shonli yulni bosib utdi. XIX- asrning urtalarida Buxoro saroy tarixchisi Muxammad Yokub yozgan “Gulshan ul-mulk” nomli usha asari davr tarixiy manba-lardan biri xisoblanadi. Bu asar tojik tilida yozilgan bulib, unda qadimgi vaktdan to XIX-asrning 30-yillarigacha bulgan Buxoro amirligidagi siyosiy vokealar tarixi beriladi.
Yana shu davrda tojik tilida yozilgan ikkinchi manba Buxoro saroy tarixchisi Muxammad Mir Olimning “Tarixi amir Nasrullo” nomli asaridir. Bu asar Buxoro amiri Nasrulloning topshirigi bilan yozilgan. Asar XVIII-asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida yuz bergan siyosiy kurashlarni, ichki va tashki vokeliklarni tasvirlash bilan boglanib, amir Nasrulloning xokimiyatga kelishi uni dastlabki yillardagi davlatni boshkarish-da tutgan siyosat bilan tugaydi.
Mulla Ibodulla va Mulla Shariflar tomonidan tojik tilida yaratilgan “Tarixi amir Xaydar” nomli kul yozmadir. Asarda ashtarxoniylar bilan mangitlar sulolasi tarixi, Amir Xaydar-ning otasi shox Murodning tugilishidan boshlab to Amir Xaydarning ulimi (1826) gacha Buxoro amirligida bulib utgan siyosiy-sotsial-iktisodiy xarakatlarga xam tuxtalib utilgan. Shu bilan asarda 1820 yilda A.F.Negri boshlik Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya xakida xam ma`lumotlar berilgan.
Muxammad Sharifning xuddi usha davrni aks ettiruvchi “Toji tavorix” (Tarixlar toji) nomli asari maydonga keladi. Asarda mangitlar, Chingizxon uning avlodlari, shayboniylar, ash-tarxoniylar sulolasining tarixi beriladi.
XIX asrning 40 yillarida yaratilgan asarlardan biri Muxammad Xotimxon “Muntaxabad tavorix” nomli asaridir. Asarda XVIII asrning 70 yillaridan to Kukon xoni Umarxonning vafoti (1822) undandan sung taxtga utirgan Madalixongacha bulgan davrdagi Kukon xonligi tarixiga doir siyosiy vokealar tasvirlan-gan.
Kukon xonligiga tarixiga oid manbalardan yana bir mulla Avaz Muxammadning tojik tilida yozilgan “Tarix jaxonnoma” asari bulib, u uz kuzi bilan kurganlarining bayoni xaUzRMDA tarixiy manbalar asosida yozilgan ikki kitob va geografik kushimchadan iborat.
Kukon xonligi tarixchiligida Mulla Niyoz Muxammadning “Tarixi Shoxruxi” degan asari xam dikkatga sazovordir. Muallif-ning bu asari Kukon xonligining XVIII va XIX asrning 70 yillarigacha bulgan tarixiga oid muhim ma`lumotlarga ega bulib va shu davrni urganuvchi tadkikotchilar uchun juda kimmatlidir.
XIXasrning 1-yarmida Xiva xonligida yozilgan tarixiy manba-lardan eng muhimi Munis, Ogaxiy asari xisoblanadi. Munis Eltuzarning topshirigi bilan uzini “Firdavsul ikbol” nomli mashxur tarixiy asarini yozdi. Mirxondning mashxur asari “Ravzat us safo”ni fors tilidan uzbek tiliga ugirish topshiriladi. Munis bu kitobning birinchi qismini tamomlab , ikkinchisini yozayotgan vaktida tusatdan vafot etadi. Muxammad Rizo Ogaxiy Xiva xoni Ollokulixon topshirigi bilan bu asarni davom ettirib, 1827 yilgacha bulgan vokealarning yozadi.
Ogaxiy bu asarni tugatgandan sung uzining quyidagi asarini yozadi: “Riyozud davlat” 1826-42 yillardagi vokealarni, “Zubdat it-tavorix” 1842-45 yillardagi tarixiy vokealarni, “Gulshani-davla” 1856-65 yillardagi vokealarni uz ichiga oladi. Ogaxiy “SHoxidi ikbol” nomli beshinchi asarini Xiva xoni Muxammad Raxim II davriga bagishlaydi.
Ulkani o`rganishda statistik komitetlar xam muhim rol uy-naydi. 1868 yil yanvarida Turkiston statistika komiteti tuzildi. Komitetining tashabbusi bilan 1872 yil 1-yanvardan boshlab Sirdaryo (Toshkentda), Samarqand (Samarqandda), Fargona (Yangi Margi-londa) oblastlari statistik komitetlari tuzildi.
Urta Osiyo xalqlarining turmushiga bagishlangan ilmiy va o`lkashunoslikka doir turli xabarlar (1870- 1917 yy) maxalliy matbuotda muntazam bosilib turildi.
1870 yilda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq kutubxonasi (Xozirgi A.Navoiy nomli O`zbekiston davlat kutubxonasi). o`lkani o`rganish bilan shugullanuvchi barcha tadkikotchilar, ayniksa maxal-liy xodimlar uchun katta axamiyatga ega buldi.
Kutubxona ochilishi vaktida 1700 jild kitob bor edi.
1917 yilga borib undagi kitoblar soni 80000 jildga yetdi. Bu tuplamni tuzish ishlarini kuzga kuringan rus bibliografi V. I. Metov Petergburgda 1868 yildan boshlab, 20 yil davomida olib borgan edi.
1872 ylda A. L. Kun va boshka sharkshunoslar mashxur “Turkis-ton albomi”ni tuzib tamomladilar. Albom 1262 dona rangli sur`at va fotosur`atlar yopishtirilgan 447 betdan iborat bulgan.
Urta Osiyo tarixiga oid eng muhim manbalardan biri X asr muallifi Muxammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari N.S. Likoshin tomonidan rus tiliga ugirilib, 1897 yilda nashr etili-shi (V. V. Bartold tarixi ostida) juda katta axamiyatga ega buldi.
Kiska muddat ichida Turkiston ilmiy jamiyatlari o`lkani ur-ganish
ixida mustaxkam urin oldilar.
1870 yilda Urta Osiyo olimlari jamiyati paydo buldi. Bu ja-miyat uz oldiga Urta Osiyo tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, sta-tistikasini, iktisodiga oid ma`lumotlarni tuplash, ishlash va tar-katishni maksad kilib quygan edi. Uning 1chi ochik majlisi 1871 yil 28 yanvarda buldi.
Ulkada ishlab turgan xavaskor arxeologlar 1895 yilda Turkiston arxeologiyasi xavaskorlari tugaragiga a`zolari tomonidan Fargona tog tizimlaridagi Saymalitosh degan joyda toshga uyib solingan juda kup suratlarni topishi fanga muhim ilmiy kashfiyotlar bulib kirdi.
Urta Osiyo tarixi va arxeologiyasi XX asr boshidan chukurrok tekshirila boshlandi. Bunda birinchi va raxbarlik urinida shubxa-siz, goyat bilimdon olim shaxs sharkshunos V. V. Bartold (1869-1930) turgan edi.
U shark tillarini juda yaxshi bilganidan, xamisha uning ilmiy faoliyati markazida turgan Urta Osiyo tarixchiligi emas, shu bilan birga bugun “Musulmonlar Sharki” tarixiga xam oid juda kup birinchi manbalarni o`rganish imkoniyatiga ega buldi.
Uning “Turkiston mugullar xujumi davrida” (1898-1900) monografiyasiUrta Osiyo tarixini o`rganishda muhim urin tutadi.
V.V.Bartoldning “Ulugbek va uning zamoni”, “Turkistonning sugorish tarixiga oid”, degan tadkikotlari va boshka kup kitob, makola, tadkikot va muloxazali goyat kimmatli va uz axamiyatini yukotmagan asarlardir. V.V.Bartoldda katta tashkilotchilik ilmiy kobiliyati xam bor edi. Darxakikat, Urta Osiyoning tarixi va arxeologiyasinin o`rganish soxasidagi biron kattarok tadbir Bartoldning ishtirokisiz bulmagan. Maxalliy arxeologlardan V. P. Vyatkinning (1869-1932 yy) kilgan ishlari dikkatga sazovordir. Bu olim (1908 yilda Samarqanddagi mashxur Ulugbek rasadxona-sining koldiklarini o`rganish va saqlash bilan shugullanadi.)
Bartold uzining 1894 yilda bosilib chiqqan “Turkistonda arxeologik tadkikotlar masalalariga oid” kitobida o`lkani jiddiy ravishda o`rganish xali oldimizda turibdi, bu ishda bosh rolni maxalliy ilmiy kuchlar uynamogi lozim degan edi. Uning taklifi bilan 1895 yil oktyabr oyida Turkiston arxeologiyasi xavaskorlar tugaragi va uning ustavi tasdiklandi. Ustavni jumladan:
1. Turkiston o`lkasining qadimgi yodgorliklarini o`rganish.
2. Tugarak faxriy va xakikiy a`zolardan tuziladi.
3. Tugarakning xakikiy va xavaskorlik a`zoligiga maxalliy arxeologik masalalari bilan kizikuvchi, unga a`zolik badallarini tulab turuvchi xar bir kishi saylana oladi. Saylanuvchining unvoniga, kelib chikishiga, millatiga va jinsiga karalmaydi.
4. Xakikiy a`zolar uz ichidan bir yil muddatga boshkarma saylanadi.
5. Boshkarma tugarakdagi ishlarni olib boradi, kaysi yodgorliklarni kazib, tadkik kilishni aniklaydi. Maxalliy idoralar va Rossiya arxeologiya komissiyasi bilan aloka ishlarini olib boradi.
6. Tugarakning umumiy majlislariga xar bir kizikuvchi kishi katnasha oladi.
7. Tugarakning bulimlarini boshka shaxarlarda xam ochish.
8. Tugarak mablagi xakikiy a`zolari xakikiy bulmagan a`zo-laridan xamda arxeologiya xavaskorlari tomonidan beriladigan xayriyalardan tashkil topadi.
N.N.Veselovskiy raxbarligida Akrom Askarov kabi xavaskor tarixchi va arxeologlar yetishib chikdi. U uzining xarakatchanligi va ishchanligi bilan Turkistondagi fan axillariga tanila boshlaydi. “Turkestanskiy vedomosti” gazetasining 1892 yilda bosilib chikqan saxifasida A. Askarovning 1370 dona kumush pul, 13274 dona mis pul, Neolit davriga oid tosh, bolta, yasalgan plug, jez oyna kabi turli buyumlar tuplaganligi xakida ma`lumot beradi. Ular orasida sopoldan yasalgan odam xaykallari, bir bulak misriy isirga, baldok, tumor, mis va sopol idish xamda shunga uxshash tarixiy buyumlar bor.
A. Askarovning fan uchun kimmatli bulgan bu kollektsiyasiga usha davr mutaxassisi: prof. N. I. Veselovskiy xam katta baxoga bergan edi.
Oktyabr inkilobidan sung o`lkada o`lkashunoslik fani kuprok markazdan andoza olgan xolda rivojlandi. Rossiyaning markaziy rayonlariga tegishli bulgan nashrlar kupaydi. Urta Osiyoning asosiy yirik shaxarlari tarixi qisman yoritildi. Maktablarda o`lkashunoslikka tegishli bulgan ishlar, o`lka tarixidan chetda kolib ketaverdi.
Mustakillik sharofati bilan o`lka tarixini o`rganishga yangitdan e`tibor berildi. O`zbekiston tarixini o`rganish maxalliy xujjatlar, matbuot, arxiv materiallari, arxeologik, toponimik, etnografik va boshka manbalarni chukur o`rganish bilan chambarchas boglab olib borish lozimligi ta`kidlanadi va amalga oshirilmokda. Bu esa o`lka tarixiga yangicha yondashishi takozo etadi. Bu yulda olimlarning yangi va ilmiy asarlari nashr yuzini kurishi o`lka tarixiga ob`ektiv baxo berishni kun tartibiga quyadi.
Foydalaniladigan ro`yxati:
Do'stlaringiz bilan baham: |