I.1 Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad. Manbashunoslik fanining predmeti va vazifalari
O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan tarixiy haqiqatni tiklash uchun, yangicha va xolis yondashuv, sovet davrida yuzaga kelgan Vatanimiz tarixidagi noxolisliklar va «oq dog’lar»ni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tugatish uchun qulay shart-sharoit qaror topdi. Bunga bosh mezon sifatida tarixiy dalil va voqealarga, butun tarixiy jarayonga respublika va uning xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda printsipial baho berish asos qilib olindi. Ўзбек халқининг неча минг йиллик тарихида қандай мураккаб даврлар, оғир синовлар бўлганини барчамиз яхши биламиз. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи ва биз эришган оламшумул ютуқлар мард ва матонатли халқимиз ҳар қандай қийинчилик, тўсиқ ва синовларни ўз кучи ва иродаси билан енгиб ўтишга қодир, деб баралла айтишга тўла асос беради.
Биз аждодларимизнинг ёрқин хотирасини асраб-авайлаб, қалбимизда, юрагимизда абадий сақлаймиз. Букилмас ирода, фидойилик ва жасорат намунасини амалда намоён этиб, ўз ҳаётини азиз Ватанимизнинг ҳар томонлама равнақ топишига бағишлаган устоз ва мураббийларимиз, замондошларимиз билан биз чексиз фахрланамиз1.
Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad talabalarda ushbu fan soh’asi to’g’risida umumiy tushuncha h’osil qilish va ularda qiziqish uyg’otish va O’zbekiston tarixini manbalar asosida mustaqil o’rganishga h’arakat qildirishdan iborat.
Tarixiy fakt va voqealar bayoni inson xarakteri, malumot beruvchi shaxs, guruh’, firqa, sulola, mazh’ab va mamlakatlar manfaati yo’lida turlicha talqin qilinishi mumkin.
Masalan, O’zbekiston yaqin tarixi mamlakatimizning X1X asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi siyosiy voqealar turli davrlarda, manbalarda va turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Bular o’z davrida yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy ’ujjatlar va solnomalarda qanday bayon qilingan? Sho’ro davrida qanday tushuntirildi? Va nih’oyati mustaqillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida xolis va obektiv bo’lib o’tgan voqealarni bilishimiz mumkin vakerak. Bu esa manbashunoslik fanisiz, anbalarga ilmiy yondoshuvsiz mumkin emas. Chunki, o’sha davrdagi yozma yodgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi yozuvimizda, bir qismi rus tilida h’am bitilgan va o’sha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega.
Xulosa, manbashunoslik faniyurtimiz tarixi to’g’risida xolis va obektiv bilim olishga, o’zligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni bilishga xizmat qiluvchi tarix fanining muh’im soh’alaridan biridir.
Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muh’im soh’alaridan biri bo’lib, turli (moddiy, etnografik, yozma va boshqa) manbalarni o’rganish h’amda ulardan ilmiy foydalanishning nazariyva amaliy jih’atlarini o’rganadi.
Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz?
Tarixiy manba deganda uzoq o’tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning malum bosqichdagi kechmishini o’zida aks ettirgan moddiy va manaviy yodgorliklarni tushunamiz.
Moddiy yodgorliklarga - qadimiy obidalar,manzilgoh’lar va mozarlar, shah’arlar, qasrlar va qalalar xarobalari, uy-ro’zg’or buyumlari va boshqalar kiradi. Manaviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar, xalq og’zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar – bitik, qo’lyozma kitob, hujjatlar va arxiv materiallari tushuniladi.
Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasidapaydo bo’lgan va uning xususiyatlarini o’zida aks ettirgan moddiy va manaviy yodgorliklardan iboratdir. Ularni o’rganadigan fanni biz manbashunoslik deymiz. Manbashunoslik fani ijtimoiy fan soh’asida asosan ikki xil bo’lishi mumkin-tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik. Bizning maqsadimiz tarixiy manbashunoslikni o’rganishdir.
Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak tarixiy manbalarni qidirib topish, ularni ro’yxatga olish, turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish, manbada o’z aksini topgan yoki bayon etilgan voqealar, keltirilgan faktlarni to’la va obektivligini aniqlash, manbaning tarix fani taraqqiyotini o’rganishdagi ah’amiyatiga bah’o berish, manbashunoslikningasosiy vazifasi h’isoblanadi.
Tarixiy manbalarni, ularning umumiy xarakteri, o’tmishni o’zida aks ettirishga qarab quyidagi olti asosiy guruh’ga bo’lish mumkin.
Malumki, kishilik jamiyati tarixi qariyb 40 ming yillik davrni o’z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo’lganiga esa ko’p vaqt o’tganicha yo’q. Masalan, tsivilizatsiyaning ilk o’choqlaridan biri bo’lmish Markaziy Osiyoda dastlabki yozuv arameycha xat negizida taxminaneramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida paydo bo’lgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning malumotiga ko’ra, yurtimizda arab istilosiga qadar o’n sakkiz yozuv turi mavjud bo’lgan ekan. Lekin, afsuski, ko’h’na tariximizni o’zida aks ettirgan yozma yodgorliklarning katta qismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning ko’pchiligi bosqinchilik urushlari vaqtida, qolaversa tabiiyofatlar oqibatida yo’q bo’lib ketgan.
İlk tarixning ayrim lavh’alari o’tmishdan qolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan moddiy yodgorliklarda, aniqrog’i ularning bizgacha saqlangan qoldiqlari etib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |