Qisqacha tarixiy ma'lumot
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al- Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan mutaffakir allomalardan biridir. Muso al-Xorazmiy (uning to'liq ismi Abu Ja'far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy) 783-yilda Xorazmda tug'ilgan. Udastlabki ma'lumot va turli sohadagi bilimlarini asosan o'z yurtida, O'rta Osiyo shaharlarida ijod etgan olimlar va mutafakkirlardan olgan.
Manbalarda Xorazmiyning ismiga yana al-Majusiy va Qutrubbuliy nomlari ham qo'shib aytladi.
Xorazmiyning qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular "Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob "(algebraik asar); "Hind hisobi haqida kitob "yoki "Qo'shish va ayirish haqida kitob "(arifmetik asar); "Kitob surat-ul-arz " (geografiyaga oid asar); Zij ", "Asturlob bilan ishlash haqida kitob ", "Asturlob yasash haqida kitob ". "Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida ", "Kitob ar-ruhoma ", "Kitob at-tarix " (astronomiyaga oid asar). Bu asarlarning to'rttasi arab tilida, bittasi Farg'oniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas.
Xorazmiyning arifmetik risolasi qachon yozilgani noma 'lum. Biroq unda olim algebraik risolasini eslaydi. Demak, bundan Xorazmiy arifmetik risolasini
algebraik risoladan keyin yozgani ma'lum bo'ladi. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Tarjimaning XIV asrda ko'chirilgan yagona qo'lyozmasi Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadi. Risola "Diksit Aggorizmi", ya'ni "Al-Xorazmiy aytdi " iborasi bilan boshlanadi. Bundan keyin Xorazmiy to'qqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har qanday sonni ham qisqa qilib va osonlik bilan yozish mumkinligini aytadi. Ayniqsa, nol (0)ni ishlatishning ahamiyati haqida tushuncha berib, uni yozmaslik natijaning xato chiqishiga olib keladi, degan edi.
Asarning lotincha qo'lyozmasida hind raqamlari ko'pincha yozilmay, ulaming o'rni bo'sh qoldirilgan yoki ahyon-ahyonda 1, 2, 3, 5 sonlarga mos keladigan hind raqamlari yozilgan. Ba'zan esa hind raqamlari о'sha davrda Yevropada keng tarqalgan rim raqamlari bilan almashtirilgan.
U shunday deydi: "... Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini о 'z ichiga oluvchi "Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob" ni taklif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mulk taqsimlashda va adliya ishlarida savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer o'lchash, kanallar o'tkazishda, (amaliy) geometriya va boshqa shunga o'xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir".
Do'stlaringiz bilan baham: |