Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti



Download 30,91 Kb.
bet6/8
Sana15.03.2023
Hajmi30,91 Kb.
#919172
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu; TARIXIY KARTOGRAFIYANING SHAKLLANISHI (1)

Beruniy. Mashhur qomusiy olim Beruniy kartografiya faniga ham ulkan hissa qo'shgan bo'lib, uning 10 varaqdan iborat „Tastih as-suvar va tabtih al-quvar" (qisqacha „Kartografiya") asari xorazmshoh Abul Abbos Ma'munga bag'ishlangan. Risolada osmon globusini yasash to'g'risida gapirilgan. Shuningdek, geografik karta haqida bunday deyilgan: „Yer kurrasini sathga o 'tkazishda esa shahar va qishloqlarning uzunlik va kengliklarini, dengizlar, buloqlar, daryolar, qumliklar, tog'lar, konlar, tepaliklar, qiyalikvasoyliklarnibayonetadigan Jo'g'rofiya"kitobigaehtiyoj tushadi va bu kitobdagiga qarab ularning (belgilari) ishlanadi".
Beruniyning bizgacha etib kelgan yana bir geografik-kartografik „Qonuni Mas'udiy" („Al-Qonun al-Mas'udiy fil hay'a van nujum" - „Astronomiya fanida Mas'ud ismiga yozilgan qonun") nomli yirik asari bo'lib, uni mualiif umrining oxirgi yillarida yozgan. Tadqiqotchilarning fikricha, asarining qo'lyozma nusxalari 10 tacha bo'lsa kerak. Asar jami 12 maqoladan iborat bo'lib, har bir maqola bir necha bobga bo'lingan.
5-maqolaning 9-10 boblari geografiya uchun juda muhimdir. Bu boblarda dengiz va quruqliklar chegaralanib, yetti iqlim taqsimoti hamda dunyodagi 603 joyning geografik koordinatalari berilgan. Shularga asoslanib, dunyoning geografik kartasi tuzilsa, Beruniyning yer yuzini qanday tasawur etganligi ayon bo'lar edi, biroq uzunlik belgilari va boshlang'ich meridian ma'lum bo'lmaganligidan bunday karta tuzish bir muncha mushkuldir.
O'ninchi bob „Shaharlarning uzunlik va kengliklarini jadvallarda ko'rsatish haqida" deb nomlanib, Beruniy unda shahar­larning bir-biriga nisbatan vaziyatlariga va oralaridagi masofalar taqozasiga qarab tuzatishga urinadi.
Afsuski, jadvalni tuzishda Beruniy ko'p mehnat qilgan bo'lsada, beruniyshunos olimlarning fikricha, qo'lyozmani ko'chirgan xattotlar raqamlar va nomlarda ba'zi xatoga yo'l qo'yganlar, buning ustiga „Qonuni Mas'udiy"ni ruscha va o'zbekcha tarjima qilganda ham qo'lyozmalarda yo'l qo'ygan xatolarga e'tibor berilmagan. Pirovardida jadval sahifalarida talay xatolar o'tib ketgan.
Beruniyning yana bir geografik-kartografik asari „At-tafhim" („At-tafhim li avoili sinoat at-tanjim"-"Nujum san'atining awalini tushuntirish") kitobi 1030 yilda ikki tilda: arab hamda forscha yozgan yirik asarlaridan biridir. Ushbu kitobga dunyo kartasi ham ilova qilingan. U kitobning barcha nusxalarida bor, ammo ularning har bin har xil. Beruniyga ko'ra, Yer shar shaklida bo'lib, uning yarmi ma'lum (Sharqiy yarimshar) va yarmi noma'lum (G'arbiy yarimshar) bo'lgan. Yerning shimoliy (ikki) choragidan biri quruqlik bo'lganligidan uning hamqutr (diametrial qarama-qarshisidagi) choragi ham quruqlik bo'lishini taxmin qilgan Beruniy u yerning yangi qit'a (Amerika) ekanligini XI asr boshidayoq “Hindiston” asarida yozib qoldirgan.
Olim o'z asarida yer yuzasining tuzilishi, dengiz va quruqlik to'g'risida gapirib: Yerning choragi ma'muradir. Ma'murani g'arb va sharq tomonidan Muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonidan Muhit okeani (Atlantika va Tinch okeani) o'rab turibdi. Bu Muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo`lish mumkin bo'Igan quruqlik yoki odam yashaydigan orollardan ikkala yoqdan (g'arb va shaiqdan). ajratib turadi", — deb yozadi.
Qadimgi yunon olimlarining asarlarida, jumladan mashhur geograf Eratosfenning kitobida dunyo 7 qismga bo'lingan va har biri „klimat" deb atalgan. Yunon olimlarining kitoblari arab tiliga tarjima qilinganda „klimat" so'zi o'rniga „iqlim" so'zi ishlatilgan.
Shuni unutmaslik kerakki, dunyoning 7 qismga bo'linishi qadimgi yunon fanining xizmati emas, bu O'rta Osiyo va Xurosondan chiqqan tushunchadir. Buning qisqacha tarix? Beruniyning „at-Tafhhn", „Qonuni Mas'udiy" va „Geodeziya" kitoblarida bayon etilgan. Aniqrog'i, Sharq geografiyasida dunyoning tabiati turlicha bo'lgan qismlari „iqlim" so'zi bilan atalgan. Beruniyning olamning geosentrik va geliosentrik nazariyalarini bir qatorga qo'yishi o'sha davrda arab olimlari o'rtasida hukm surgan Ptolemey sistemasiga nisbatan olg'a tashlangan kattakon qadambo'ldi.

Download 30,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish