Tarixiy geografiya va kartografiya


transport kommunikasiyalarini



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/99
Sana20.03.2022
Hajmi2,47 Mb.
#504111
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99
Bog'liq
1tarixiygeografiyakartografiyapdf

transport kommunikasiyalarini,
Qashqadaryo va 
Surxondaryo viloyatlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish, yer osti konlarini o'zlashtirish loyihalari amalga oshirilishini 
jadallashtirish, mamlakat janubiy mintaqalarining ijtimoiy infratuzilmasini 
rivojlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003 yil 
30 yanvarida ,,Toshg‘uzor—Boysun— Qumqo‘rg‘on“ yangi temir yo‘1 
qurilishini jadallashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
Ushbu yo‘l mo'ljallangan manzillar orasidagi yo‘lni qariyb ikki marta 
qisqartiribgina qolmay, balki qo‘shni Turkmaniston hududidan o'tishdan xoli 
qiladi. Ma’lumki, hozirgi temir yo‘1 vagonlari eng janubiy hudud bo‘lgan 
Surxondaryo viloyatiga borish uchun deyarli 200 km ga yaqin masofani shu 
qo‘shni davlat maydonidan o‘tishi kerak bo'lar edi. Natijada manzilga yetish 
uchun ko‘p vaqt sarf bo‘libgina qolmay, xarajat ham ko‘payib ketar edi. Yuqorida 
aytib o‘tilgan qaror asosida qurilayotgan yangi temir yo‘l mamlakatimiz 
hududinigina bosib o‘tadi. Bu esa yuklar tashishga ketadigan yuklar tannarxini 
qisqartiradi. Natijada mablag1 tejab qolinadi. Qurilishi tezlatilishi lozim bo‘lgan 
yo‘lning uzunligi 220 km dan ortiqroq bo‘lib, uning atrofida iqtisodiy va ijtimoiy 
inshootlar qurilmoqda. 
Yo‘lovchilar tashishda 
avtomobil transporti
yetakchi o‘rinni egallaydi. 
1990 yilda respublikada avtomobil transportida 2555 ming aholi tashilgan bo‘lsa, 
2001 yilga kelib bu raqam 3169 mingga yetdi. Ana shu vaziyatni e’tiborga olib, 
mamlakatimiz hukumati Toshkent-0‘sh yo‘lining Angren suv omboridan to 
Farg‘ona vodiysiga kirib borgungacha bo‘lgan qismini qayta qurish bo‘yicha 
qaror qabul qildi. Shu maqsadni ko'zlab, Qamchiq va Rezak dovonlarida 
avtomobil qatnovi uchun moTjallangan tunnellar qurildi. Qamchiq tunnelining 
uzunligi 890 metr, Rezak tunnelining uzunligi esa 368 metrga teng.


114 
Ushbu tunnellaming ishga tushishi tufayli Qamchiq dovoni orqali bu 
manzilda avvallari transport harakatida ro‘y berib turadigan xavf-xatarlarga chek 
qo‘yildi. Tunnellar orqali bir kecha- kunduzda minglab avtomobillar o‘tishiga 
imkon yaratildi. Bu yo‘1 Farg'ona vodiysi hududlarini O`zbekistonning boshqa 
hududlari bilan bog‘lab turadigan eng yaqin va eng qulay yo‘1 bo‘lib qoldi. 
Bugungi kunda avtomobil transportida nodavlat sektor yetakchi o‘rinni 
egallamoqda. Mulkning nodavlat turidagi korxonalar tomonidan avtomobil 
transportida yuk tashishlaming 70 foizi va yo‘lovchi tashishlaming deyarli 100 
foizi amalga oshiriladi. 
2010 yil birinchi choragi mobaynida respublikaning barcha avtomobil 
transporti vositalari bilan jami 203,6 million tonna yuk va 1 milliard 198 million 
yo‘lovchi tashilib, ushbu ko’rsatkich 2009 yilning shu davriga nisbatan tegishh 
ravishda 113,0 va 103,7 foizni tashkil etdi. 
Yuk aylanmasi 3 milliard 488 million tonna km ni (2009 yilning shu 
davriga nisbatan 104,7 foiz), yo'lovchilar aylanmasi esa 13 milliard 114 million 
yo‘lovchi km ni (2009 yilning shu davriga nisbatan 108,1 foiz) tashkil qildi. 
Agarda avtomobil transporti faoliyatining 2001-2009 yillardagi asosiy 
ko‘rsatkichlarini qiyoslasak, unda 2009 yil yakunlarida yo‘lovchilar tashish hajmi 
2001 yildagi ko‘rsatkichdan 76,2 % ga o‘sgan, yo‘lovchi aylanmasi esa mos 
ravishda 2,6 marotaba ko’paygan. 
Avtomobil transporti orqali yuk tashishlaming suratlari ham aynan shunday. 
2009 yil yakunlariga ko’ra yuk tashish hajmi 2001 yil ko‘rsatkichiga qaraganda 
48,3 % ga o‘sgan, yuk aylanmasi mos ravishda 2,7 marotaba ko‘paygan. Ayniqsa, 
agrosanoat va qurilish majmualari yuklarini avtomobil orqali tashish hajmlari 
o‘sgan. 
Barcha turdagi tranportlarda amalga oshiriladigan tashuvlar ichida 
avtomobil transporti hissasi yo‘lovchi tashishda 97,9 foizga teng bo‘lib, bu 
respublika yo‘lovchi aylanmasining 88,5 foiziga to‘g‘ri keladi. Tashilgan yuklar 
miqdori va yuk aylanmasi bo‘yicha avtomobil transportining soUshtirma ulushi 
esa mos ravishda 89,2 foiz va 29,7 foizga teng. 
2010 yil birinchi choragining o‘zida ham Samarqand viloyatida 190 ta, 
Buxoro viloyatida 50 ta, Farg'ona viloyatida 24 ta. Toshkent viloyatida 22 ta va 
boshqa viloyatlarda yana ko‘plab “ISUZU” rusumli avtobuslar sotib olinib
aholiga xizmat ko'rsatish uchun yo‘nalishlarga chiqarildi. 


115 
Mamlakatimizda havo transporti ham katta ahamiyatga ega. Respublikada 
havo transportining parvozi 1924 yili boshlangan edi. O`sha yilning 12 may kuni 
Toshkent-Bishkek-Olmaota orasida havo transporti orqali yo'lovchilar tashilgan 
edi. Ana shundan beri o‘tgan davr ichida havo transporti taraqqiyotida ulkan 
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Hozir havo transporti orqali asosan, yo‘love hilar 
tashilmoqda. Shu bilan birga bir manzildan ikkinchi bir manzilga tez yetkazish 
zarur bo‘lgan yuklami va tez buziladigan mahsulotlami tashishda ham havo 
transportidan foydalanilyapti. 
Respublika mustaqilligi e’lon qilingandan keyin jahonning qator 
mamlakatlari bilan mustaqil tarzda 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish