Tarixiy atamalar u yoki bu xalqning madaniyati haqida qimmatli
maʼlumot beruvchi muhim manba hisoblanadi. Bu maʼlumotlar tarixiy va geografik asarlarda uchramaydi, lekin qadimgi turk bitiklarida va turk tilining ilk o’rta asrlarda tuzilgan lug’atlarida qayd etilgan. Tarixiy atamalarda qadimgi turklarning madaniyatiga oid boy maʼlumotlar keltirilgan. Tarixiy atamalar qadimgi turklarda nafaqat chorvachilik, balki dehqonchilik, bog’dorchilik, hunarmandchilik, shaharsozlik, ilm-fan singari sohalarda boy anʼanalar mavjud bo’lganligidan dalolat beradi.
Xususan, qadimgi turk tilidagi iqtisodiy atamalar diqqatga sazovordir. Bu atamalar majmuasi o’z navbatida qadimgi turklarda iqtisodiy munosabatlar ham rivoj topganligini ko’rsatadi. Qadimgi turklarning tijorat va savdo-sotiq sohasidagi mavjud atamalari ham boydir. Qadimgi turk bitiklari va ilk o’rta asrlarda tuzilgan turk tilining lug’atlarida bu sohaga mansub bo’lgan jami 160 dan ortiq atamalar (otlar va feʼllar) mavjud. Ulardan 15 tasi savdogarlik faoliyati va tijoratchilar bilan bog’lik. Masalan, arquci- dallol, vositachi; asiyliy - foyda kuruvchi; bajayut- boy odam; baj - boy, saxiy; baqyuluy- boy, mablagli; barliy er - boy, puldor, bista - karvonsaroy egasi, mol oldi-sotdisida o’rtada turuvchi; emranc - boy, mol-mulkli; jilsiy - boy, puldor; sart (skr.) - savdogar, tijoratchi, sartavaxi - (skr.) savdogarlar boshlig’i; sartla- - feʼl savdogar xisoblanmok, satiyci - sotuvchi; satiysaq - sotmoqchi bo’lgan odam; tutyuci - sotib oluvchi; timci - may sotuvchi. 60 ga yaqin atamalar oldi-sotdi bilan bog’liq. Masalan, al- feʼl alishtirmoq, qarzga olmoq, sotib olmoq; alban - muz. majburiyat, majburiy xizmat; alim - qarz (olinishi kerak bo’lgan), foyda, kirim; alim berim - karz buyicha xisob-kitob, tulovlar; alis beris -savdo-sotiq, olish-berish; alsa- feʼl sotib olishni istamoq; asiy- foyda, kirim; asiyliy - foyda ko’ruvchi; asiy al- feʼl foyda ko’rmoq; asiy ber- feʼl foyda keltirmoq; asiy qil- feʼl foyda keltirmoq, asiy teg- feʼl foyda olmoq; asiy tusu - foyda, kirim; asiy tusu qil- feʼl foyda keltirmoq; ber- feʼl to’lamoq; ciyla- feʼl o’lchovi bilan o’lchamoq; curla- feʼl foyda ko’rmoq; janut – o’rniga o’rin, almashuv; jaqa – to’lov, mukofot; kiris- kirim, foyda; mancu- to’lov, mehnat haqqi; otki - almashuv, o’rniga o’rin; otkuru sat- feʼl olib sotmoq; qarisla- - feʼl o’lchamoq (matoni), qazyanc - foyda, kirim, ish haqqi; qor - chikim, zarar, yo’qotish; qora- - feʼl zarar ko’rmoq, yo’qotmok; qorat- - (qora- feʼlidan) zarar keltirmoq; sas (=sajis) - to’lov, hisob-kitob; sas ber- - feʼl to’lamoq, pul bermoq; sastur- feʼl o’zaro hisob-kitob qilmoq, o’ringa o’rin almashmoq; sat- feʼl sotmoq; satya- feʼl to’lovlarni tasdiqlamoq; satyas- feʼl o’zaro to’lovlarni tasdiqlamoq, hisob-kitob qilmoq; satiy - savdo-sotik, oldi-sotdi, kelishuv, narx-navo; satiyla— feʼl sotmoq; satis- alis- feʼl savdo-sotiq qilmoq; tusuy (=tusu) - foyda, kirim; tusuyluy (=tusuluy) - foydali, foyda keltiradigan; utus - yutuk; uzutluk - nazari pastlik, baxillik.
Baʼzi atamalarga misollar ham keltirilgan. Masalan, ol at alsadi - u ot sotib olishni istadi, ol manga tavar berigsadi - u menga mol-mulk berishni istadi, anin uza alimin buturdi - u qarzi borligini tasdiqladi, ol boz ciyladi- u bo’zni chiglab o’lchadi, torqujanut bitig bertimiz- biz ipak mato o’rniga hujjat berdik, taplamasar adin kisiga otkuru satsun - agar [churi kiz] yoqmasa, uni boshqa odamga sotsin, ol barcin qarisladi - u ipak matoni qarichlab o’lchadi, jana qorqa tusar nen bulmaz - u yana zarar ko’rmoqda va hech narsa olmayapti, men anar sas berdim - yamen unga haqqini berdim, ol alim berim birla sasturdi- u uzar hisob-kitob bo’yicha qarzlarini to’ladi, ol mana tavar satisdi – u menga molni sotilishiga yordam berdi, ol tavar satti - u mol-mulkini sotdi, tavar satildi - mol-mulk sotildi, alim berimni satyadi – u qarzni nasiya (kredit) hisobiga kiritdi, olar alim berim bilasatyasdi - ular o’zaro hisob-kitob qildilar, ud kunta ud satyin alsarjaramaz -sigir kuni sigir sotib olish kerak emas. 20 dan ortiq atamalar mollar, mol-mulk va qimmatbaxo narsalar bilan bog’liq. Masalan, altun kumus - boyliklar, qimmatbaxo narsalar; altur- (al- feʼlidan) - oldirmoq; bay coy - molning bog’lami; bayliq – bog’lam, o’ram (mato haqida), bajliq (=bajluq) - boylik; bisi - kiymati yuk, arzon; bulunc - topilma, foyda, topish, ulja; bulunc alincliy - topilma, foyda bilan bog’liq bo’lgan; coyi (=cuyi, cayi) - boshqa shahardan sotish uchun keltirilgan mol; es - narsa, mol-mulk, boylik; esgu es - qiymati baland narsa; kizlan- - feʼl (kizla- berkitmoq, saqlamok); qisyan— feʼl qizg’anmoq; qizu- feʼl narxi oshmoq; satiyliq - sotuvga mo’ljallangan narsa; satiysiz - sotilmaydigan narsa; tasuy - yuk, ko’char mulk; tavar (=tawar) - mol-mulk, mol, mato; tavar - narsalar, mol-mulk, boylik; tavarliy er – moli bor odam, badavlat odam; tavarliq - xazina, mollar saqlanadigan yer; tegir - narx; ucuz - arzon; ucuzluq - arzonchilik.
Baʼzi atamalarga misollar ham keltirilgan. Masalan, men andanjarmaq alturdim - men undan pul undirib olishni buyurdim; ol tavarin kizlandi - u molini berkitgan deb bo’ldi; ol tavarin qisyandi - u molini qizg’andi; tavar qizudi - mol-mulkning narxi oshdi; ol tavarin sajpadi- u o’zining mol-mulkini sovurdi; ol tavarin sajpatti- u mol-mulkini sovurishni buyurdi; er tavari oplandi – odamning mol-mulki yo’q qilindi; er tawar oyurladi - odam mol-mulkni o’g’irladi; er tawarin ukusladi - odam o’zining mol-mulkini ko’p deb o’yladi; er tavari kucaldi - odamning mol-mulki tortib olindi; er tavar qazyandi - odam mol-mulkga ega bo’ldi; er tavarin qisyandi – odam o’zining mol-mulkini qizg’andi; ol atts tavarin kucandi - u uning mol-mulkini tortib oldi; ol tavar alduzdi - uning mol-mulki talon-taroj qilindi; uning mol-mulki tortib olindi; ol tavarin berkladi - u uzining mol-mulkini saqlab qoldi; tavar evga soquldi - mol-mulk uyga joylandi; ol tavar qapturdi - u mol-mulkni o’g’irlashga majburladi; olar ikki tavar kizlasdi - ular ikkovi bir-biridan mol-mulklarini berkitdilar.Yana bir qancha atamalar savdo yo’llari bilan bog’liq. Masalan, arqis - karvon; elchi, chopar; arqis terkis - karvon; cujya – almashtiruv oti (yo’ldagi to’xtov yerlarida almashtirish uchun), karvan - karvon, rabat (=ribat) - (a.) rabot, karvon yo’lidagi karvonsaroy, siyra – ikki to’g orasidagi keng dara (vodiy).
20 dan ortiq atamalar qarz va ijara tushunchalari bilan bog’liq. Masalan, alimci - qarz beruvchi; asiy - foiz (qarz ustidagi), asiyliy -foizi bilan foyda ko’ruvchi, foizli (qarz holatida), berim alim - to’lovlar, qarz to’lovlari; berimci - qarzdor; berimlig - qarzdor, qarzli; jarmaq terguci - ijarachi, pulni ijaraga beruvchi; otag -qarz, majburiyat; otag berim - qarz, majburiyat; otagci - qarzdor; otagci berimci - qarzdor; otagci bitig - qarz haqida tilxat; otagla- feʼl qarzlarni yopmoq, majburiyatni bajarmoq; otnu - qarz, muddatli qarz; jarmaq otnu berdim - men qarzga pul berdim; otug berim -qarz; otug bitig - qarz hujjati; otunc - qarz, muddatli qarz; qalin - salin, kelin uchun to’lov; tintsuj - (xit.) yer uchun ijara haqqi.
Baʼzi atamalarga misollar keltirilgan. Masalan, men anar jarmaq otunc berdim men unga qarzga pul berdim; son bitig ucrasar vucun bolupjorimasun - keyin [yana bir] hujjat topiladi, shuning uchun o’rnini bosuvchi hujjat kerak emas; qac aj tutsar men aj saju birar jarim baqir kumus asiyi birla koni berar men - men [qarzni] necha oy ushlasam ham, har oyiga bir yarim baqir kumush foizi bilan to’gri qaytaraman. 40 ga yaqin atamalar soliq va boj tushunchalari bilan bog’liq. Masalan, alban - (mug’.) majburiyat; alban jasaq - pul va moddiy soliqlar va majburiyatlar; alban tut-feʼl majburiyatni ado etmoq; alis - qarzlarni, soliqlarni undirish; basiy - soliq turi; bergu – sovg’a, ulpon; bergu ber- feʼl ulpon to’lamoq; berguci - beruvchi, qarz beruvchi; berim - qarz undirish; to’lov undirish; berim alim - to’lovlar, qarz to’lovlari; bert (=irt bert) – qo’ldan olinadigan o’lpon; bo’lak – sovg’a, hadiya; catipa - ariqlarni qazishda ishtirok etmaganlardan olinadigan soliq; imya – soliq yig’uvchi, xazinador, irt bert - soliklar, o’lponlar; qabin - sabin, tabiiy o’lpon turi; qalan - salan, davlat hisobiga dehqonlardan olinadigan asosiy soliq (ko’pincha tabiiy); qalan kes- - feʼl salan solig’ini to’latmoq; qalanci – soliq yig’uvchi; qalanliy soliq to’lovini to’lagan odam; qalansiz – soliq to’lovini to’lamagan odam; qatil- - feʼl soliq to’latmoq, qipcur - o’lpon turi; qolus – o’lpon nomi; qubcir - kubchir, davlat hisobiga olinadigan yalpi soliq; qaziq – o’lpon turi; qurut - surut, o’lpon turi (sut beruvchi moldan olingan), quvaq - suvats, mehnat majburiyati.
Baʼzi atamalarga misollar ham keltirilgan. Masalan, qalan tusuk incu bayciqa qatilmati - [u] meros mulki bog’bonini salan tushuk [solig’i] bilan yuklamadi; qaziq - bir otni 2 kunga berib, kubchir hisobiga 3 baqir kumush hisoblansin; andin coqqa salturup idyil - shuning uchun chok [solig’i] ni solish uchun [yana xat] yuborgin; jana tutun bermista bir boz - tutun [solig’i]ni berganimada, men bir paxta ipidan tayyorlagan mato [berdim].
10 dan ortiq atamalar pul bilan bog’lik. Masalan, jarmaq (jarimaq) - tanga (pul); jarmaqlan- - fe’l pullik bo’lmoq; karsapan - (skr.) pul nomi; kolti - (skr.) 10 million; juzmin kolti – bir milliard, kikat - yakun, yakuniy mablag’; mun - pul miqdori, boylik; qamdu – uyg’ur xonitning tamg’asi tushirilgan mato parchalari, ular pul vazifasini bajargan, 7 yilda bir ta’mirlangan, yuvilgan va ularga qaytadan tamg’a bosilgan; qarvan- - fe’l (pul) topmoq; ter- fe’l (pul) yig’moq, to’plamoq; terig- (pul) to’plash; jarmaq terigi- pul to’plash; jarmaq terguci - pul to’plovchi; tart- - fe’l vazn tortmoq; tegsut - (soxta pulni haqiqiysiga) almashtirish.
Ba’zi atamalarga misollar ham keltirilgan. Masalan, er jarmaqlandi - odam pullik bo’ldi; jarmaq jiyildi - pul to’plandi; jarmaq sacildi - pul sochildi; jarmaq terildi - pul yig’ildi; jarmaq berildi - pul berildi; men anar butajarmaq berdim - men unga ko’p pul berdim; ol jarmaq ucin cartti - u tanganing chetini sindirdi; ol jarmaq tartti - u tangani tortdi; on jarmaq uza bir arturdi - u tangaga yana bir tanga qo’shdi; ol jarmaq terdi - u pul yig’di; jarmaq tergil - pul yig’gin; ol tavar terdi - u molni to’pladi; ol jarmaq tartti - u pulni tortdi; ol janciq icra jarmaq qarvandi - u pulni cho’ntakda topdi; bu bir jastuq bes satir kumusug bitig qilmis kun uza men basa toyril tukal bertim men ozmis toyril jema tukal tartip altim - men basa tug’ril bu yastuq va 5 satir kumushni shartnoma tuzish kunida to’liq berdim, va men uzmish tug’ril uni torttirib, to’liq qabul qildim; satiyci berur nen anar mun sani - sotuvchi [qaysidir] narsani sotadi va [bu] unga boylik keltiradi. Mazkur tarixiy atamalarning ko’p qismi hozirgi kungacha saqlangan va zamonaviy turk tillarida, ayniqsa o’zbek tilida, ko’p ishlatiladi.
Shunday qilib, mazkur tarixiy atamalar shundan dalolat beradiki, qadimgi turklar savdo sohasida boy tajriba va bilimlarga ega bo’lganlar. M.a. II - I asrlarda qadimgi turklarning ajdodlari bo’lmish xunlarning shaharlari va o’troq aholi maskanlari bo’lgan. Lekin u davrda ular asosan chorvachilik bilan shug’ullanganlar va ko’chmanchi hayot tarzi olib borganlar. Chorva mollarining ko’pligi, shuningdek dehkonchilik va hunarmandchilik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoj ularni Markaziy Osiyoda va boshqa mintaqalardagi o’troq aholi bilan savdo aloqalari o’rnatishga majbur etgan. Sharqda xunlar Xitoy, g’arbda Eron va Vizantiya, janubda esa Hindiston bilan tijorat qilgan. Turk xoqonligi davrida (VI - VIII asrlar) bu aloqalarni ularning avlodlari bo’lmish turklar davom ettirganlar. Turklar o’zlariga tobe bo’lgan qo’shni xalqlarda katta hurmat - e’tiborga ega bo’lganlar va ularga madaniy ta’sir o’tkazganlar. Qo’shni xalqlarning turk tilidan o’zlashtirgan atamalari bunga dalolatdir. Ayniqsa rus tilida turk tilidan o’zlashtirilgan atamalar ko’p bo’lib, ular rus tili so’z boyligining chorak qismini tashkil etadi. Ular orasida savdo bilan bog’likq atamalar ayniqsa ko’pdir. Undan ham qimmatli manba - qadimgi turk tilidagi bitiklar va ilk o’rta asrlarda tuzilgan turk tilining lug’atlarida qayd etilgan savdo sohasiga oid boy atamalar majmuasidir. Bu ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, qadimgi turklar mahalliy va xalqaro savdo sohasida boy tajribaga ega bo’lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |