“Narratif” metodi - Narratif metodi (lotinchada “narrare” tavsiflash, hikoya, bayon qilish) – tarixni o‘rganish, ko‘p jihatdan, voqealar bayoni bo‘lib kelgan. Tarixchi ushbu voqealar zanjirini ma'lum sabab-oqibat munosabatlari, aniqlangan faktlar va boshqalar asosida izohlaydi. Topilmalar tarixiy voqea yoki davrni birlamchi tahlil qilish uchun muhimdir.
- SHARL SEIGNOBOS
- 1854 – 1942yy
“Retrospektiv” metodi - Tarixiy antropologiyada foydalaniladigan yana bir usul - bu "retrospektiv" (lotincha “retrospectare” “O‘TMISHGA NAZAR”) deb nomlangan usul. Uning mohiyati ko‘proq faktlarga tayanishda tadqiqotchiga yaqin jamiyatning tarixiy voqealari bilan uzoq o‘tmishni taqqoslash, o‘tmish haqida o‘z nuqtai nazarini bildirishda foydalaniladi. Ushbu usuldan evolyusionizm nazariyasi namoyondalari (E.Taylor, L.Morgan, F.Engels) ibtidoiy jamiyatlar tarixini o‘rganishda keng foydalanishganini ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |