Tarixiy antiropologiyaga kirish


Umumiy antropologiya va antropologiya tadqiqot predmetini о‘rganishning о‘ziga xos jihatlari



Download 33,98 Kb.
bet2/5
Sana15.11.2022
Hajmi33,98 Kb.
#866467
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarixiy antiropologiyaga kirish

2.Umumiy antropologiya va antropologiya tadqiqot predmetini о‘rganishning о‘ziga xos jihatlari.
Antropologiyaning ilmiy о‘rganish bо‘limi umumiy antropologiya yoki «tо‘rt dala» antropologiyasi deb nomlangan bо‘lib tо‘rt yо‘nalishdagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi. Bular: ijtimoiy-madaniy, arxeologik, biologik va lingvistik antropologiY. (Shu yerdan boshlab ijtimoiy-
madaniy antropologiya qisqacha madaniy antropologiya deb ataladi).
Antropologiyani о‘rganish qismlaridan biri bо‘lgan madaniy antropologiya eng yirik bо‘limni tashkil qiladi. Antropologiyani о‘rgatish bо‘limlarining kо‘pchiligida о‘quv rejasiga yuqorida nomlari zikr etilgan tо‘rtala bо‘lim ham kiritilgan.
Bir fanga tо‘rt yо‘nalish kiritilishining tarixiy sabablari bor. Shimoliy Amerikaning mahalliy xalqlari madaniyati va tarixiga bо‘lgan qiziqish natijasida bir asrdan oshiqroq vaqt oldin Amerika antropologiyasi yuzaga keladi. Mahalliy amerikaliklarning keli] chiqishi va bir-birlaridan farqli tomonlariga bо‘lgan qiziqish ularning madaniyati, marosimlari, ijtimoiy hayoti, tili va jismoniy jihatlarini о‘rganishga sabab bо‘ldi. Antropologlar hozir ham mahalliy amerikaliklarning kelib chiqishi va Yangi dunyoga qanday kо‘chishlar silsilasi natijasida kelib qolganliklari xususida bosh qotirmoqdalar. Ularni о‘ylantirib kelayotgan savollardan yana biri mahalliy amerikaliklarning bir-birlari bilan va osiyoliklar bilan qanday lingvistik, madaniy va biologik bog‘liqliklar mavjudligi masalasidir. Nomlari kо‘rsatib о‘tilgan bо‘limlarning kiritilish sabablari qatoriga biologiya (masalan irq) va madaniyat о‘rtasidagk bog‘liqlikka bо‘lgan qiziqish deb aytish ham mumkin. Bundan ellik yil oldin antropolog Rut Benedikt dunyo tarixida bir madaniyatning shakllanishida turli irq vakillari ishtirok etishini va birgina irq yoki birgina madaniyat doirasiga taalluqli bо‘lmasligi mumkinligini ta’kidlab о‘tgan. Ilmiy til bilan aytganda, madaniyat irq faoliyatini aks ettirmaydi.
Antropologiyaning madaniy va biologik qirralari tutashadigan yana bir jihat irq va aqliy rivojlanganlik kо‘rsatkichi о‘rtasidagi bog‘liqlik masalasidir. Aqlning biologik asoslari borasida, shuningdek, irq, sinf va jinslar о‘rtasidagi intellektual farqlar xususide aniq bir dalshia ega emasmiz. Muhit omillari bо‘lgan ta’lim, iqtisod va ijtimoiy kelib chiqish bu kabi aqliy farqlarni tushunishda tuzukroq izohlarga ega. Tamoyil tekshiruvi esa bu tamoyillarni ishlab chiquvchi va ularni boshqaruvchi insonlarning kelib chiqishini ifoda etadi. Shunday qilib, bu kabi barcha tekshiruvlar bir qadar madaniy qolipga va xolis bо‘lmagan tabiatga ega. Xolis bо‘lmaslik va kо‘rmaslikka olish omadsizlik va kambag‘allik ichki, tug‘ma qobiliyat, salohiyatning yetishmasligi borasidagi noо‘rin fikrlar sari yetaklaydi.

Download 33,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish