Tarixi fani perdmeti, maqsadi va vazifalari



Download 25,38 Kb.
bet3/4
Sana26.02.2022
Hajmi25,38 Kb.
#466759
1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogika

Diksiya. Diksiya – tovush va so'zlarni aniq, tushunarli talaffuz qilish, ya'ni tovush hosil qilishda lab, til, jag', yumshoq va qattiq tanglay, tilcha, halqum, tovush paylari ishtirok etadi. Agarda ulardan birortasining faoliyati buzilsa diksiya buziladi.
Diksiya-talaffuz tarzi, talaffuzni aniq ravshanligi darajasi. O'qituvchi uchun to'g'ri talaffuz - eng kerakli qurol xisoblanadi, chunki o'quvchilar tushunishi uchun nutqi, talaffuzi ravon, har bir bo'g'in, so'z va tovushlarni aniq aytishi kerak.
Pauza, temp va nutqning yoqimli bo'lishi nutq ohangini tashkil etadi.
Bir ohangdagi nutq zerikarli bo'lib, qiziqish va diqqatni pasaytiradi.
Demak, nutq texnikasi haqidagi tushunchaga ega bo'lgach endi doimiy mashq qilishga o'tish kerak. Nafas olishni bir maromga keltirish, talaffuzniig aniq-ravshanligi darajasini mashq qilish, tovush organlarinn mustahkamlash kerak.
O'quvchilar tomonidan o'quv materialini to'g'ri yaxshi tushunib olish jarayoni o'qituvchi nutqining mukammalligiga bog'liqdir. Odatda o'quvchilar muallimning so'zlasha olish mahorati, qobiliyatini qay darajada ekanligiga tez e'tibor beradilar. Muallim tomonidan ba'zi bir so'zlarni, tovushlarni noto'g'ri talaffuz qilinsa o'quvchilar orasida kulgiga, mazax qilishga olib keladi. Shuningdek, bir ohangdagi nutq o'quvchilarni zeriktiradi, aksincha ochiq ko'ngil bilan o'tkazilgan suhbat davomida ko'tarinki ruhdagi nutq ohangi, ya'ni katta shavq-zavq bilan olib boriladigan bunday suxbat o'quvchilarga qalbakidek tuyuladi va o'qituvchiga nisbatan ishonchsizlik uyg'otadi. Ba'zi birlar, tovush va uning o'ziga xosligi ham insonga in'om etilgan tug'ma xususiyat deb hisoblaydilar. Lekin zamonaviy fiziologik ilmiy tajriba, ovoz sifatini tubdan o'zgartirish mumkin ekanligini tasdiqlaydi. Bu fikrni tarixiy misollar ham tasdiqlashi mumkin. Masalan, Qadimgi Gresiyalik Demosfen o'zidagi ba'zi bir nuqsonlarni yengib, buyuk notiq bo'lib yetishgan. Bu borada biz hikmatli so'zlarni misol qilsak bo'ladi:
Mashaqqatsiz qo'lga kirmas hech istak,
Imillagan misoli bekordir.
Tani guldek nozik o'sha teng badandan
Dag'al hammol yaxshiroq ming bordir. Xisrav Dehlaviy

O'qituvchi ovozining gigienasi ustida bir necha so'z aytamiz. Mutaxassislarning o'tkazgan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki, doimo nutq bilan bog'liq bo'lgan kasb egalari orasida tovush organlarining kasallanishi juda ko'pdir. O'qituvchilar orasida bunday kasallanganlar 40,2% tashkil etadi.


Ovoz buzilishining sabablari xilma-xildir. Asosan to'rttasi juda ko'p uchraydi:
-har kuni ovozga beriladigan ortiqcha harakat, nagruzka;
-ovozdan to'g'ri foydalanmaslik;
-ovoz gigienasiga amal qilmaslik;
-ovoz organlari kuchining tug'ma pastligi.
Professional kasallikning oldini oldish uchun tovush gigienasi bilan shug'ullanish va maktabda ba'zi shartlarga rioya qilish kerak. O'qituvchi har kuni ishdan so'ng 2-3 soatga uzoq gapirishdan o'zini tiyishi kerak. Shuning bilan bir qatorda o'qituvchilar nafas olish yo'li, nerv sistemasi, ovqatlanish tartibiga ham e'tibor berishi kerak. Juda ham sovuq yoki issiq, achchiq, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish: chekish og'iz bo'shlig'i va tovush organlariga salbiy ta'sir etadi.
Og'iz bo'shlig'i va tovush organlarining zararlanishi oldini olish uchun osh sodasi va yodni aralashtirib hosil bo'lgan suyuqlik bilan og'izni vaqti-vaqti bilan chayqab turish kerak.
Shu borada yana bir necha maslahat:
- bir ohangdagi nutq ovoz berish apparatlarini tez charchatadi, chunki bu vaqtda tovush organlaridan faqat bir guruh muskullar ishlaydi. Nutq, qancha ifodali bo'lsa, ovoz shuncha sog'lom bo'ladi:
- bo'rning har kuni changini yutish zararli, shuning uchun doska artadigan mato nam bo'lishi kerak;
- Darsdan so'ng o'qituvchi sovuq havoda tez yurishi mumkin emas, chunki sovuq havo nafas olish va tovush organlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
O'qituvchi ovozi ravon, jirangdor, aniq va o'ziga jalb etadigan bo'lishi kerak. O'quv materialining qiyin joylarini o'qituvchi ovozini sekinlatgan holda tushuntirib, qolgan vaqtda tezroq gapirishi mumkin.
Ayniqsa mavzu asosida xulosa vaqtida, ya'ni qoida, qonun, aqidalarni ifodalashda ovoz tezligini kamaytirish kerak.

Download 25,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish