Ulug‘bek tavalludining nishonlanishi. 1994-yilda yurtimizda va xalqaro
miqyosda buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi
nishonlandi. Samarqanddagi tantanalarda 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom
Karimov ham qatnashdi va nutq so‘zladi.
Prezidentimiz o‘z nutqida Ulug‘bekni «Sharqning yorqin yulduzi»
deb atadi.
Birlashgan M illatlar Tashkiloti 2009-yilni Ulug‘bek sharafiga
«Xalqaro astronomiya yili» deb e’lon qilganligi esa Ulug‘bek buyuk
xizmatlarining yana bir e’tirofi bo‘ldi.
88