Mintaqaviy mojarolar va ularning xavfi. Mintaqaviy mojaro — Yer
yuzining biror-bir qismida davlatlar o ‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro
nizolar yoki birorta davlat hududida yuz berayotgan fuqarolar urushi-
dir. Qo‘shnimiz Afg‘onistonda sodir bo‘lgan fuqarolar urushi bunga
yorqin misoldir. Bu davlat fuqarolari 35 yildan ortiq davrdan beri
tinchlik nima ekanligini bilishmaydi.
Mintaqaviy mojarolarning insoniyat tinchligiga soladigan xavfi
nimada?
Avvalo, ular qo‘shni davlatlarda tinchlikni xavf ostiga qo‘yadi.
Ikkinchidan, fuqarolar urushi qochoqlar muammosini keltirib chiqaradi.
U chinchidan, mintaqaviy mojarolarga tortilib qolgan hududlar
giyohvand moddalar aylanmasining ko‘payishiga, xalqaro terrorchilik
harakatining kuchayishiga, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosining avj
olishiga olib kelmoqda.
Biz dunyoning turli o‘lkalarida davom etayotgan ziddiyat va qarama-
qarshiliklarni faqatgina siyosiy yo‘l bilan, tinchlik yo‘li bilan hal etish
tarafdorimiz.1