Ulug‘bek buyuk alloma.
Ulug‘bek ilm-
fanning ko‘p sohalari bilan shug‘ullangan
alloma. Ularga oid qator asarlar ham yozib
qoldirdi. Biroq ilm-fanda u, avvalo, buyuk
astronom sifatida mashhur bo ‘ldi. Ulug‘bek
osmon jismlarini kuzatish maqsadida rasadxona qurdirdi.
Rasadxona ichiga o‘rnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh,
Oy sayyoralari va yulduzlar holati o‘rganildi. Rasadxonada olib boril-
gan kuzatishlari natijasida «Ulug‘bek ziji» deb ham ataladigan
dunyoga mashhur asarini yozdi. Asarda 1018 ta yulduzning o ‘rni va
holati sharhlab berildi.
Ulug‘bek tarix faniga oid «To‘rt ulus tarixi» asarini ham yozib
qoldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |