Tarixda ayollar o’rni haqida ba’zi mulohazalar!



Download 17,69 Kb.
Sana13.05.2022
Hajmi17,69 Kb.
#603292
Bog'liq
Ayollar haqida qisqacha 110322195719


Bismillahir Rohmanir Rohiym!
Tarixda ayollar o’rni haqida ba’zi mulohazalar!
Bugun Sizlar bilan tarixda yoki tarixiy jarayonlarda ayollarning tutgan o’rni haqida qisqacha suhbatlashmoqchimiz. Biz tarix haqida so’z yuritganimizda ko’proq erkak hukmdorlar haqida yozamiz yoki gaplashamiz. Biroq ayollar haqida nisbatan kamroq gaplashamiz...
So’zimizni qadimgi davrga – paleolit davriga sayohat qilish bilan boshlasak. Demak, inson shakllanish jarayonida1, dastlab “mol tuzimi” da yashagan. “Mol tuzumi” deganda shuni nazarda tutyapmizki: dastlab bola faqat onasini tanigan, otasi noma’lum edi. Bundan shunday narsa oydinlashadiki jamiyatda ayollarning o’rni o’z-o’zidan yuqorili bo’lgan. Bu so’zimizga dalil sifatida ayollarning haykallarini (terrokota – kichik haykalchalar) yasalganini keltirishimiz mumkin. Jamiyatda ayollar hukmron davr – matriarxat deb ataladi. Bu tuzum to bronza davrigacha davom etdi. Chunki bu davrgacha mehnat taqsimotiga o’tilgan, juft oilalar shakllangan, tirikchilik erkaklar zimmasiga tushgan edi. Mana ayollarning tarixdagi o’rni.
Troya voqealarini eslaylik... Troya podshosining o’g’li Paris Sparta podshosining xotini Yelenani olib qochadi. Natijada yunonlar Troyaga yurish qilib 10 yil deganda bosib oladi. Asl maqsadi mol-dunyo orttirish bo’lgan yunonlar g’arazli maqsadlarini “Yelenaning o’g’irlanishi” ortiga yashirishadi...
To’maris haqida yozish shart emasdir. Aynan uning “qilgan ishi” tufayli Arastu shogirdi Aleksandr Makedonskiyga eslatma bergandi “Daryodan o’tguncha ehtiyot bo’lgin”deb Kir II ning o’limiga ishora qilib...
Spitamenning ayoli esa uning kallasini uxlab yotganida uzib tashlaydi...
Turkon Xotun sabab Anushteginiylar davlati kuchi zaiflashgan...
Maryam onamizni ham eslatib o’tishni lozim deb topdik. Aynan u zot biz musulmon sifatida iymon keltirgan payg’ambarlardan biri Iso alayhissalomni dunyoga keltirganlar2...
Oradan vaqt o’tib Islom dini tarqala boshladi. Islom dinida ayollar o’rni haqida alohida kitoblar yozilgan3. Biz esa o’sha ayollarning ayrimlari haqida qisqacha so’z aytmoqchi edik.
Hadicha r.a – Islomni qabul qilgan birinchi kishi;
Niso (Ayollar) – Qur’oni Karimda shu nomda butun boshli sura nozil bo’lgan;
Sumayya r.a – Islomdagi birinchi shahid bo’lgan kishi va boshqalar.
Tarixda shunday ayollar borki ular nomi noma’lum. Masalan, al-Buxoriy, Alisher Navoiy va yana shu kabi boshqa buyuk zotlar onalari ismlari noma’lum4.
Yana shunday ayollar borki ular sabab ancha bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan, masalan...
Semiramida osma bog’lari... Bobil podshosi Novoxodonosor rafiqasi Midiya malikasi Amitasga atab qurdirgan bog’ bu. Aynan shu bog’ Qadimgi Dunyoning 7 mo’jizasi ro’yxatiga kiritilgan(2007).
Zamonaviy dunyoning 7 mo’jizasidan biri hisoblanadigan Tojmahalni bilsangiz kerak. Yoki Amir Temur ham xotinlari sharafiga bir-biridan ajoyib bog’lar qurdirgan. Bunaqa misollarni tarixda ko’plab uchratish mumkin.
Ayrimlari esa bir qancha hukmdorlarning boshiga yetgan.
Kenagas oyim – Fitratga ko’ra Kengash oyim. Shahrisabz Vallamiylar sulolasidan. Iskandar Vallamiyning singlisi. 1856-yilda Buxoro amiri Sayyid Amir Nasrulloxon Shahrisabzni egallaydi va bu ayolga uylanadi. Oradan 4 yil o’tib bu ayol Nasrulloxonning qulog’iga simob quyib o’ldiradi. Simob quyganda keyin birdan (taxminan 5 kuncha yashaydi) amir o’lmaydi. U o’limi oldi Kenagas oyimni Buxorodagi Childuxtaron qudug’iga tashlashni buyuradi.
Podshoh Oyim5 – Bu ayol haqida Is’hoqxon Ibrat (1861-1937) “Farg’ona tarixi” da ma’lumot beradi. Bu ayol 3 hukmdor to’shagini ko’rgan. Umarxon, Muhammad Alixon va Nasrulloxon. Nasrulloxonning Qo’qon yurishi maqsadlaridan biri ham shu ayol edi...
Biz bugun so’z yuritgan ayollar ulkan ummonning bir tomchisi xolos. Erkak kishi hayotida baribir ayollar ta’siri bo’ladi...
Xullas, Ayollar mavzusi juda qiziq hamda munozarali...
Asadbek Baxtiyorov



1 Odamni Alloh yaratgaganiga, unga juft qilib Momo Havvoni yaratganiga, jamiki insoniyat ular avlodi ekanligiga iymonimiz bor. Biz bu yerda “shakllanish jarayonida” deb bugungi ta’lim tizimida o’qitilayotgan nazariya bo’yicha fikr yuritdik.

2 Shu o’rinda barcha onalarni ham eslab o’tishni lozim deb bilamiz. Aynan u zotlar tufayli Biz bugun hayotmiz...

3 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Iymon” kitobida shu mavzuda alohida maqola ham mavjud.

4 Islom an’analari hukmron jamiyatda shunday bo’lishi tabiiy. Shu o’rinda Siz azizlarda savollar tug’ilishi mumkin, masalan, Hadicha onamiz kabi ayollar ismlari ma’lumku deb. Ular hadis va Qur’on bilan bizga ma’lum. Islom hukmron bo’lgan jamiyatlarda ham ba’zi ayollar ismi ma’lum. Lekin ko’pincha falonchining qizi, ayoli bo’lib keladi...

5 A.Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida keltirgan epizod aynan shu ayol.

Download 17,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish