Tarix va madaniy meros


Rossiya tadqiqotchilari tomonidan o’lkamiz etnografiyasining o‘rganilishi



Download 0,54 Mb.
bet5/6
Sana28.05.2022
Hajmi0,54 Mb.
#614132
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XVIII-XIX asrlarda o’lkamiz tarixi rus olimlari asarlarida.1

3.1. Rossiya tadqiqotchilari tomonidan o’lkamiz etnografiyasining o‘rganilishi.
XVI-XVII asrlarda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklan tashkil topgandan so‘ng Rossiya davlati bilan muntazam ravishda savdo va diplomatik munosabatlar o'rnatila boshlandi. XVI asming ikkinchi yarmida 0 ‘rta Osiyodan Rossiyaga sakkiz marta elchilar yuborilgan bo'lsa, XVII asrda Xiva xonligidan 12 marta, Buxorodan esa 13 marta elchilar jo'natilgan. Bunga javoban Rossiya davlati ham o‘z elchilarini o‘zbek xonliklanga yuboradi va ularga diplomatik vazifalardan tashqari, mazkur o ikalar to‘g'risida har xil ma’lumotlar to ‘plash ham topshiriladi. O’zbek xalqi etnografiyasiga oid ilmiy aliamiyatga ega ma’lumotlar to‘plash XIX asrdan boshlanadi. XIX asming birinchi yarmida N.N. Muravyov, A.F. Negri, N.V. Xanikov, G.I. Danilevskiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar O’rta Osiyo xalqlari, shu jumladan o‘zbeklar etnografiyasini oiganishda muhim ilmiy izlanishlar ohb borgan. 1820-yili Buxoroga kelgan A.F. Negri boshchiligidagi diplomatik missiya qatnashchilaridan E.A. Eversman, X. Pander, P.Yakovlev, Budrin, polkovmk G. Meyendorflaming kitob va xotiralari nihoyatda boy tarixiy-etnografik ma’lumotlarga ega. G.Meyendorfning turli tillarda nashr qilingan «Orenburgdan Buxoroga sayohat» nomli kitobida Buxoro xonligining geografik o‘mi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. davlat tuzilishi, aholisi va mashg‘ulotlari, qishloq xo‘jaligi, sug‘orish tizimi, hunarmandcliilik, ichki va tashqi savdo, oila va xotin-qizlarning turmushi haqida qimmatbaho malumotlar keltirilgan. Muallif o‘zining shaxsiy mushohadasi, kishilardan eshitgan va so‘rab to‘plagan materiallari bilan cheklanib qolmay, har xil tarixiy manba va adabiyotlardan ham foydalangan. Bu davrda O’rta Osiyo xalqlari to‘g risida to‘plangan bilimlami umumlashtirgan dastlabki ilmiy asarlar ham paydo boiadi. Chet el mualliflaridan bin, fors tilini yaxshi bilgan ingliz sayohatchisi Aleksandr Byonis Ost-Hind kompaniyasining maxfiy topshirigi bilan 1831-1832-yillarda Buxoroga kelib, muhim siyosiy, iqtisodiy, harbiy va etnografik materiallami to‘playdi. Byorns yozib qoldirgan sayohatnomada ko‘chmanchi o‘zbeklar haqida nihoyatda qiziqarli etnografik maiumotlar mavjud. O‘sha yillarda atoqli sharqshunos olim V.V. Grigoryev ham bir qancha asarlar yaratgan. U Rossiyada birinchi b o iib sharq xalqlari tarixi kursini o'qita boshlaydi. Uning 20 dan ortiq ilmiy ishlari orasida O‘rta Osiyo xalqlariga, jumladan urug‘-qabila tartiblarini saqlab qolgan o‘zbeklarga tegishli asarlar ham mavjud. 1858-yilda polkovnik N.P. Ignatyev boshchiligida Xiva va Buxoroga vuborilgan yirik diplomatikmissiya ham ancha samarali ishlar olib borgan edi. Missiya qatnashchilaridan N.G. Zalesov, M.N. Galkin, E.Y. Kileveyn, A.I. Butakov, P.I.Lerxlaming yozib qoldirgan sayohatnoma va maqolalarida qimmatbaho etnografik ma’lumotlar keltiriladi. O‘rta Osiyo yurishlari davrida V.Radlov, A.Fedchenko, A.Kun, M. Middendorf kabi tadqiqotchilar samarali mehnat qildilar. Atoqli tilshunos va folklorshunos Vasiliy Vasilyevich Radlov 0 ‘rta Osiyo xalqlarining tili va etnografiyasi haqida ancha qimmatbaho materiallar to‘plagan edi. U 1868-yilda Zarafshon vodiysi bo'ylab sayohat qilib, o‘zining shaxsiy kuzatishlari va qisman mahalliy aholining hikoya qilib bergan ma’lumotlari asosida 0 ‘rta Zarafshon vodiysiga doir qiziqarli ocherklar yozdi. Bu asarlarda o ‘zbek, tojik, qoraqalpoq, turkman va boshqa xalqlar to ‘g'nsida tarixiy va etnografik ma'lumotlar berilgan. Ocherklarda sun’iy sug‘orishni uyushtirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Muallif tomonidan shahar va qishloqlaming nomlari, aholining tiplari, kiyim va taomlari, xotin-qizlaming ahvoli, ichki hayot, iaqslar hamda o‘zbeklarning urug‘ toifalariga oid ma’lumotlar berilgan. Yirik tadqiqotchilardan Aleksey Pavlovich Fedchenko ham o ‘zbek etnografiyasini o‘rganishga o ‘z hissasini qo‘shdi. U Moskva universitetida o‘qib yurgan davridayoq ilmiy to ‘garaklarda faol ishtirok etib, tabiatshunoslik, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining kotibi bo’lib ishlaydi. Universitetni tugatgach, ikki yil (1864-1866) davomida o ‘sha yerda tabiatshunoslikdan dars beradi. Zarafshon ekspeditsiyasi vaqtida keng tadqiqotlar oikazilib, har xil etnografik kolleksiyalar, hunarmandchilik mahsulotlari va asboblarini to ‘plagan va rasmlar albomini tuzgan. Shuningdek, uning «Qo‘qon xonligida» degan asarida Qo‘qon xonligi tarixi, geografiyasi, etnografiya va iqtisodiyotga oid maiumotlar berilganligini ko‘rishimiz mumkin. 1872-yilda Moskvada O‘rta Osiyo xalqlarining turmush tarziga bag’ishlangan ko’rgazma ochiladi. Ko‘rgazmada 0 ‘rta Osiyo xalqlarining kiyim-kechaklari, hunarmandchilik mahsulotlari va asboblari kabi eksponatlar qo‘yildi. V.V. Stasov koigazmaning Turkiston boiimiga yuksak baho berib, unda ko‘rsatifgan predmetlar: gilam, kumush bezaklar, juda ko'p metall va sopoldan yasalgan buvumlar, gazlama, qurol-aslaha va son-sanoqsiz maishiy buyumlar «o‘zining rang-barangligi bilan kishiga badiiy lazzat baxsh etadi», deb yozgan edi. Ko‘rgazma munosabati bilan tayyorlangan Turkiston fotoalbomi katta ahamiyatga ega. U 1200 dan ortiq rasmni o‘z ichiga qarnrab olgan. A’bom bir necha nusxadangina tuzilgan bo‘lib, uning bir nusxasi hozir Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanmoqda va XIX asrdagi 0 ‘rta Osiyo xalqlarining tarixi va etnografiyasini o‘rganishda noyob manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur to'plamda ishtirok etgan va keyinchalik bir qancha ilmiy ishlar yaratgan.
A N.Xoroshxin ham o‘zbek etnografiyasiga o‘z hissasini qo‘shdi. Nijneuralskda yoshlik davrini o tkazib, qozoq va qalmiq tillarini to‘l'.q egallagan A.N. Xoroshxin ofitser sifatida Buxoro (1868-yil) va Xiva (1873-yil) yurishlarida ishtirok qiladi. U o‘z asarlarini shaxsiy tuassurotlari, mahalliy aholi turmushim bevosita kuzatishi va yerli kishilardan olgan ma’lumotlari asosida yozgan. Uning «Zarafshon vodiysi» nomli ishi va bir qancha tarixiy-etnografik, o‘zbek qabila va urug’, -aymoqlariga tegishli turli xil etnografik ma’lumotlar mavjud. A. Kun 1865-yilda Peterburg universitetinijig sharq tillari fakultetini tugatib, 1868-yili sharqshunos V.V.Grigoryevning tavsiyasi bilan etnografik va statistik tadqiqotlar o‘tkazish, Rossiya ilmiy jamiyatlari uchun material va kolleksiyalar to‘plash maqsadida Turkiston general-gubematorining ixtiyoriga jo natildi U 1870-yilda Iskandarko‘l ekspeditsiyasi hamda Xiva va Qo‘qon ishlarida ishtirok qilgan. Qo'qon yurishlaridan keyin Kun Turkiston o‘lkasidagi maktablar bo‘yicha bosh inspektor etib tayinlanadi va bu lavozimda 1882-yilgacha ishlaydi. U ko‘p yerlaiga sayohat qildi va o‘z zimmasiga yuklangan asosiy vazifani bajarish bilan biiga mahalliy aholi haqida, ayniqsa, Xiva xonligi aholisi haqida etnografik ma’lumotlar to'playdi. A.Kun yozib qol- dirgan ilrtiiy maqolalar hozirgacha o‘z qiymatini yo‘qotmadi. Uning xonliklaidan to'plagan davlat hujjatlari, noyob qo‘lyozmalari va. vaqflar musulmon ta’limiga bag‘ishlangan, O‘rta Osiyo tarixiy yodgorliklariga oid va boshqa maqolalari o'zbek xalqi etnografiyasi va tarixini o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi. O sha yili Buxoro xonligida N. Mayev boshchiligida o‘tkazilgan ekspeditsiya ham ma’lum yutuqlaiga erishdi. Uning Buxoro xonligiga qilgan sayohati natijasida yozgan asari vanboshqa ko‘pgina maqolalarida muhim etnografik ma’lumotlar bor. N.Mayevning 1875 va 1878-yillarda o'tkazilgan Hisor ekspeditsiyasi natijasida yozilgan bir qancha ocherklarida Surxon vodiysi va Sherobod bekligida yashovchi o‘zbekiaming qo'ng‘irot, marqa, kichi, yuz. loqay, do‘rmon, qatag‘on kabi urug'-aymoq va qabilalari to‘g‘risida, mahalliy aholining geografik joy lashishi, xo jalik turmushiga oid bir qancha maiumotlar mavjud. Middendorf o'zining Shimoliy va Sharqiy Sibirga qilgan safari dan keyin 1877-yili Farg‘ona vodiysiga qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotini o’rganish maqsadida ilmiy safarga keladi. Uning o‘z zamondoshlari tomonidan yuksak bahoga muyassar boigan «Farg‘ona vodiysi to‘g ‘risidagi ocherklari»da bu boy o ik a faqat geografik va iqtisodiy tomondan ta’riflanibgina qolmay, mahalliy Farg‘ona aholisining antropologiya va etnografiyasiga oid muhim maiumotlar ham keltirilgan. 1879-yili Samara ekspeditsiyasi tarkibida rassom va arxeolog sifatida ishtirok qilgan N.Simakov nihoyatda qiziqarli materiallar to plagan edi. Bu materiallar uning « 0 ‘rta Osiyoning san’ati» nomli albomida o‘z aksini topdi. Mazkur asar, V.Stasov iborasi bilan aytganda, «Qadimgi 0 ‘rta Osiyo san’atining fors, arab, Vizantiya va boshqa san’atlarga qanday ta’sir qilganligi haqidagi» masalani hal qilishda dastlabki qadam edi.
Etnografik materiallami keng ommaga yetkazish va ulami saqlab qolishda ilmiy jurnallar, statistik qo‘mitalaming hamda «Turkestanskiye vedomosti» gazetasining xizmatlarini alohida qayd qilib o iish lozim. Mazkur davriy nashrlarda A. Kun, A.Divayev, A.Ostroumov, N. Likoshin, N. Gabin, A. Kushakevich, V. Razvadovskiy, A. Semyonov, N. Kirpichnikov, A. Kalmikov, F. Pospelov va boshqalaming asarlari tez-tez bosilib turgan. O‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan. o‘zbeklaming tarix va etnografiyasini o'rganishda XIX asrda atoqli olimlarining tashabbusi bilan tashkil topgan ilmiy jamiyatlaming roli nihoyatda kattadir. Ular faqat ilmiy muammolami hal qilibgina qolmay, balki Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishga ham o‘z hissasini qo‘shganlar. Ilmiy jamiyatlar ro‘yxatining o‘ziyoq ms geografiyajamiyatinmg Turkiston bo’limi, tibbiyot, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston boiimi, Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi, Turkiston qishloq xo‘jalik jamiyati, 0 ‘rta Osiyo olimlar jamiyati, ms texnika jamiyatining Turkiston boiimi, Sharqshunoslik jamiyatining Toshkent bo’limi, Turkiston tabiatshunoslari va vrachlari jamiyati. Turkiston tibbiyot jamiyati hamda Farg‘ona va Samarqand vrachlari jamivatlari bu muassasalar ko'lamining naqadar keng ekanligini ko’rsatib turibdi. Turkiston ziyolilarining eng yaxshi vakillarini o‘z saflarida birlashtirgan bu jamiyatlaming a’zolari (ular ichida etnograflar va sharqshunoslar ko‘p edi) yaratgan asarlar ko‘pincha Rossiyaning ilg‘or olimlari tomonidan yuksak baho olgan. Jamiyat a’zolarining ruscha-o‘zbekcha lug'atlar tuzish, maktablar uchun mahalliy tillarda o'quv qo’llanmalari tayyorlash, o'zbek, tojik va qozoqlar tomonidan rus tilini va rus o ‘qituvchilari tomonidan mahalliy tillami o‘rganish uchun kechki kurslar tashkil etish, Toshkentda kutubxona va Sharq instituti ochilishiga erishish va boshqa masalaiardagi dastlabki urinishlari jamiyatlaming g'oyat ilg‘or faoliyatidan dalolat beradi. O'sha davrdagi vaziyat ilmiy jamiyatlar va ayrim tadqiqotchilaming faoliyati uchun juda ham noqulay edi. Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy tuzum o‘zbeklar va O rta Osiyodagi boshqa xalqlar tarixi va etnografiyasini muntazam va chuqur o'rganishni to‘g ‘ri uyushtirishga imkon bermas edi. Ular asosan o‘z ixtiyoridagi juda oz va tasodifiy yo’l bilan to ‘plangan mablag’lar bilangina ish olib borar edilar. Masalan, Sharqshunoslik jamiyati Toshkent bo’limi nomiga Turkiston harbiy okugi qo’mondoni yordatnchisining yozgan maktubida. «Jamiyat Sharqni Sharq uchun va fan uchun emas, balki xalqlarni Rossiyaga qo‘shish, ruslashtirish uchun o ‘rganishi kerak», deb qayd qilingan edi. Shuning uchun ham ilmiy jamiyatlaming bir qanchasi Turkiston mustamlaka ma’muriyati tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarishga majbur edi. Sharqshunoslik jamiyati Turkiston bo’limida 0 ‘rta Osiyo xalqlari o‘tmishi va o‘sha davrdagi turmushini ilmiy jihatdan o‘iganish ko‘pincha rus buijuaziyasining mustamlakachilik manfaatiga bo‘ysundirilgan. Jamiyat o’lka uchun oliy sharqshunoslik ta’limi zarurligi to‘g ‘risidagi masalani ko‘tarib chiqqanda general-guberatorning og’ir qo’li uning ishini bo‘g ‘ib qo'ydi Shunday qilib, XIX asming ikkinchi yarmi - XX asming boshlarida o‘zbeklami va 0 ‘rta Osiyoning boshqa xalqlarini etnografik jihatdan oiganishda fanga ancha hissa qo‘shilgan edi. Mustamlakachilik siyosatiga amal qilib kelgan buijua fanining tor doiradagi ta’limoti va cheklangan imkoniyadariga qaramay, o‘sha davrdayoq Turkiston o'lkasidagi elatlaming tarixi va etnografiyasiga oid boy ma’lumotlar va materiallar keyingi tadqiqotlar uchun muhim bir zamin bo‘lgan edi. 1917-yildan keyin tadqiqotchilar, shu jumladan, etnograflar orasida tabaqalanish boshlandi, ya’ni ayrimlar yangi tuzum tarafdori bo‘lsa, boshqalar sovetlaiga qarshi tomonga o‘tib ketdilar. Ammo ilg‘or rus va chet el olimlarining fanga fidoyi qismi izlanishlarini davom ettirib, yosh etnograflami yetishtirishga o‘z hissasini qo‘shdilar. Masalan, etnograf va sharqshunoslardan N. Mallitskiy, M, Andreyev, A. Semyonov, A.Divayev kabilar 1920-yilda Turidstonda birinchi tashkil topgan O‘rta Osiyo Davlat universitetida qolib, o‘z ilmiy ishlarini davom ettiigan edilar. Shuni alohida qayd qilish lozimki, etnografik tadqiqotlami o‘tkazishda yosh Turkiston Respublikasining fan va maorif tashkilotlari ancha jonkuyarlik ko'rsatdilar. 1921-yilda malialliy hokimiyat tomonidannyirik etnograf olimlardan tashkil topgan «Turkiston tub aholisining maishiy turmushini o‘rganish ilmiy komissiyasi» o ‘zbek etnografiyasi rivojida muhim bir bosqicb bo‘ldi. 0‘sha vaqtda ikkita ekspeditsiya tashkil qilindi: A.Divayev rahbarligidagi Sirdaryo va M.Andreyev boshchiligidagi Samarqand ekspeditsiyalari. Ular mahalliy etnoslar va etnik guruhlar (o‘zbeklar, turkmanlar, arablar, lo‘lilar) to‘g ‘risida boy etnografik ma’lumotlami topladilar.


Xulosa
XVI-XIX asrlarda Xiva va Qo‘qon xonligida hamda Buxoro amirligida kechgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot masalalarini yoritishda ushbu davrlarga ya’ni xonliklar davri tarixiga oid birlamchi manbalar jumladan Rossiya elchilari hamda sayyohlarining esdaliklarini tanqidiy ravishda o‘rganish va tegishli ilmiy xulosa chiqarish muxim ahamiyatga ega. Tarixiy manbalarni o‘rganmasdan turib, bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar to‘g‘risida to‘g‘ri ilmiy xulosa chiqarish mumkin emas. Faqat asl manbalargina o‘sha davr voqealari tarixidan chuqur anglash imkonini beradi.
Shuni e’tiborga olganda Rossiyalik elchi va sayyohlarning esdalik hamda asarlari ushbu davr tarixiga oid muxim manbalar sirasiga kiradi. CHunki, sayyoh va elchilar o‘zlari ko‘rgan, so‘rab surishtirgan xodisa va voqealarni tafsilotlari bilan boricha bayon qiladilar. Rossiyalik tarixchilar ham o‘z asarlarini shu bois ko‘proq xonliklarga tashrif buyurgan sayyohlar va elchilarning axborotlari, esdaliklariga tayangan xolda yozganlar.
XV asr oxiri XVII asr o‘rtalarida amalg oshirilgan Buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng Buyuk Ipak yo‘li o‘z ahamiyatini yo‘qotganligi sababli, O‘rta Osiyo jaxon xo‘jaligi savdosidan chetga tushib qoldi. Biroq bundan qa’tiy nazar yurtimizning Yevropa va jaxon mamlakatlari bilan savdo diplomatik aloqalari batamom to‘xtab qolmadi. XVI asrdan boshlab O‘rta Osiyo va Rossiya o‘rtasidagi har tamonlama aloqalar tobora kuchayib bordi. Ayniqsa, Qo‘qon va Astraxan xonliklarining Rossiya tomonidan bosib olinganidan so‘ng bunday aloqalar yanada jonlanib ketdi. O‘rta Osiyo xonliklariga muntazam ravishda rus elchilari, savdogarlari va sayyohlari tashrif buyurar edilar. Rus elchi va sayyohlari o‘z xukumatlarining talabiga muofiq, O‘rta Osiyo xonliklarining ichki axvoli va xalqaro aloqalari, axolisi, xo‘jaligi, harbiy saloxiyati xususida imkon qadar batafsilroq ma’lumotlar berishga xarakat qilar edilar. Bora-bora yurtimizga Rossiyadan kelayotgan odamlar doirasi kengayib boradi. Ularning qatoriga injinerlar, vrachlar, olimlar, harbiylar va boshqalar qo‘shilib bordilar. Natijada rus mualliflarining O‘rta Osiyo jumladan xonliklar xususida to‘plagan materiallarining ko‘lami kengayib bordi. Ularda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining davlat tizimi, shaharlari, xo‘jaligi, axolining mashg‘ulotlari va turmush tarzi xususida boy ma’lumotlar bor. Shu bilan birga mazkur xotira va xisobotlar mualliflari ba’zi bir xollarda bir yoqlamalikka va subektivlik singari nuqsonlarga yo`l qo‘yishlarini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Shu bois ham ulardan biz yuqorida qayd etib o‘tganimizdek tanqidiy, maxalliy materiallar bilan solishtirgan xolda foydalanish joizdir.
Ayniqsa, O`rta Osiyo davlatlarining XVIII-XIX asrlardagi tarixini o‘rganishda maxalliy manbalar bilan bir qatorda evropa muarrixlari va rus sayyohlari, savdogarlari va elchilarining esdaliklari ham muhim birlamchi manbalar sirasiga kiradi. O‘rta Osiyo xonliklari va ularning tarixi, axolisiga doir ma’lumotlarni biz yuqorida qayd etib o‘tganimizdek bu erga tashrif buyurgan rus sayyoh va elchilari juda ko‘p yiqqanlar.
Ko‘rilayotgan davrda Buxoroda bo‘lgan Rossiya xukumati elchisi Florio Beneveniydir. U 1721-1725 yillarda Buxoroda bo‘lib, Buxoro davlatining Turkiya bilan munosabatlari, qurolli kuchlari, axolisi va uning mashg‘uloti haqida qimatli ma’lumotlar to‘plagan.
Buxoro amirligi haqidagi eslatmalar ichida Filipp Efremovning “To‘qqiz yillik sayohat” nomli kitobi ham alohida ajralib turadi. Filipp Efremov to‘qqiz yil davomida Buxoro amiri qo‘lida tutqin edi, lekin harbiy xizmat qilib ancha yuqori lavozimlarga erishdi. Asirlikdan qochib o‘z Vataniga qaytib borgandan so‘ng u yuqorida nomi qayd etilgan kitobni yozdi va katta shuhrat qozondi. Asarda Buxoro amirligi haqida qimmatli ma’lumotlar biz asosiy qismda qayd etganimizdek nihoyatda ko‘p.
XIX asrning boshlarida O`rta Osiyo xonliklariga tashrif buyurib, o‘z xotiralarini yozib qoldirgan mualliflardan tabiatshunos va vrach E.N. Eversian, ruxoniy Budrin esdaliklarini, Aleksandr Byornsning “Buxoroga sayohat” nomli asarini, elchi I. Vitkevichning “Qaydlar” nomli xotira kitobini hamda Butakov ismli injener, sharqshunos olim N. V. Xanikovlarning esdaliklarini alohida qayd etish lozim. Mazkur esdaliklardan xonliklar tarixining u yoki bu qirralarini yoritishda, ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish o‘tmishni yanada teranroq tushinib etish imkoniyatini beradi.
V. V. Bartold hayoti va ilmiy faoliyatining katta bir davri Turkiston, xususan O‘zbekiston va Toshkent bilan bog’liq. U faqat 1893—1928 yillar orasida Toshkentga yetti marta kelib ketdi va uning har bir safari katta, ko‘p hollarda yechimini kutib yotgan ilmiy va ilmiy-tashqiliy masalalar bilan bog’liq edi. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Bartoldning ijodini o‘rganish tarixchi olimlar ijodi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bartoldning g‘ayrat bilan qilgan ko‘magi natijasida Pomir ekspeditsiyasi tashkil qilinadi. Shuningdek, sobiq ittifoq aholisining etnik tarkibini o‘rganuvchi akademik komissiya prezidiumining a`zosi va shu komissiyaning Turkiston bo‘limi raxbari ham edi. Bo‘lim faqat sovet Turkistoninggina emas, balki qo‘shni Eron va Afg‘oniston demografiyasini (xalqlarning soni, tarkibi va ko‘payish, kamayishini) o‘rganish bilan sho‘g‘ullanardi. V. V. Bartold, jumladan, yana katta O‘rta Osiyo ekspeditsiyasiga rahbarlik qiladi. Ekspeditsiyaning samarali faoliyati tufayli 1926-yilda sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining antropologiya va etnografiya muzeyiga O‘rta Osiyo aholisining hayoti va urf-odatlarini o‘zida aks ettirgan 200 dan ziyod etnografik eksponat to‘plandi. Bartoldning tashabbusi bilan turkman qabilalari tekshirilib, Turkmanistondagi mayda xalqlar (jamshidiylar, xazarlar, barbarlar, bulujlar) o‘rganib chiqildi.

Shunday qilib, o‘zbek xonliklari tarixiga doir rus va evropa sayyoh, savdogar va elchilarning esdaliklari muhim manba bo‘lib original xarakterga ega, ishonarli tarixiy manbalar qatoriga kiradi. E’tiborga loyiq tomoni shundan iboratki, bu manbalarda maxalliy xalq xayoti va turmushining maishiy tomonlari yaxshi yoritilgan. Biz maxalliy tarixnavislar asarlarida uchratmaydigan nodir ma’lumotlarni rus mualliflari esdaliklaridan topishimiz mumkin.


Xulosa qilib shuni aytib o‘tish kerakki, xonliklar xususan Xiva, Qo‘qon xonliklari hamda Buxoro amirligi tarixiga oid yevropalik hamda rus sayyoh, savdogar va elchilarining esdaliklari muxim manbalar sirasiga kiradi. Ulardan tanqidiy ruhda, sinchkovlik bilan foydalanish davlatchiligimiz tarixida muxim iz qoldirgan Xiva va Qo‘qon xonliklari tarixini yoritib berishda katta o‘rin tutadi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish