Tarix va madaniy meros fakulteti kurs ishi mavzu: mustaqillik yillarida o’zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi bajardi


II.Bob Xiva xonligi va Qo‘qon xonligi tarixining mustaqillik yillarida o‘rganilishi



Download 48,4 Kb.
bet4/6
Sana06.07.2022
Hajmi48,4 Kb.
#748623
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarix va madaniy meros fakulteti kurs ishi mavzu mustaqillik yi

II.Bob Xiva xonligi va Qo‘qon xonligi tarixining mustaqillik yillarida o‘rganilishi.
2.1 Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar tahlili
Mustaqillik yillarida o‘rganilishi Mustaqillik davri tadqiqotchilari tomonidan Xiva xonligidagi ichki va tashqi savdo aloqalari, bozorlar, savdo rastalari va soliq tizimi haqida ma`lumotlar qayd qilingan.
Tadqiqotchi H. Ziyoev ichki savdo haqida yozish jarayonida XIX asrning 70-yillarida Xiva shahar va qishloqlarida haftada ikki marta bozor bo‘lishi, bundan tashqari Xiva shahrining o‘zida 400 savdo do‘koni, karvonsaroyda 105 savdo rastasi mavjud bo‘lganini ta'kidlagan. A.Abdurasulov ham Xiva bozorlari haqida fikr yuritib, boshqa mualliflardan farqli ravishda xonlikdagi qul bozori haqida yangi ma'lumotlarini keltirgan H. Ziyoev Xivaning tashqi savdosiga ta'rif beraturib, Xivadan Rossiyaga, Eronga tuya karvonlari qatnagani, Buxoroga esa mollar tuyalardan tashqari, suv yo‘li orqali kemalarda ham jo‘natilganini qayd qilgan 144. M. Mahmudov XIX asrning 80-yillariga kelib Xiva xonligi bilan Turkiston general-gubernatorligi shaharlari orasida savdo-sotiq va boshqa tarzdagi aloqalar yo‘lga qo‘yilganini va bunda Amudaryo kemachilik idorasining ro‘li katta bo‘lganini yozadi. Muallif ”Kavkaz-Merkuriy” va “Xiva” nomli birlashmalar ko‘magida 1887 yildan "Sar” va “Saritsa” nomli paroxodlar Petro-Aleksandrovsk va Chorjo‘y shaharlari orasida odamlar va yuklarni tashishni tashkil qilgani, bu esa savdoning rivojida ahamiyatli ekanini bayon etishi bilan Xivadagi nafaqat tashqi savdo, balki kemachilik sohasida ham keng ma'lumotlarni qayd qilgan.12
I. Jabborov: “Xiva xonligida XIX asr oxirida Amudaryoda mahalliy ustalar yasagan 330 katta va o‘rtacha, yuzlab mayda kemalar suzib yurgan. Katta kemalar 500 puddan 2000 pudgacha, o‘rtachalari 100 dan 500 pudgacha va kichiklari yuz pudgacha yuk ko‘targan. Bu kemalar o‘ziga xos bezaklar bilan bezagan” , - degan ma'lumotni qayd qilgan. Xuddi shunday ma'lumotni F.Ernazarovning tadqiqotida va birinchi o‘zbek kinooperatori Xudoybergan Devonov tomonidan yaratilgan kinolavhada ham kuzatish mumkin. Bundan ko‘rinadiki, Xiva xonligida kemachilik keng rivojlangan bo‘lib, Xivaning kema yasaydigan ustalari mustahkam kema va qayiq yasashda o‘zlarining mahoratini namoyish etganlar. Tadqiqotchilar Mahmudov va I.Jabborovlarning asarlaridan Xorazmdagi kemasozlik soxasi, dastlabki kemachilik idoralarining faoliyati, xonlikning suv yo‘li orqali qilgan savdo aloqalari xususida keng ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Ma’lumki, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligida muomalada ishlatiladigan pullar 3 xil atalgan: “Tilla”, “tanga” va “pul”. Tadqiqot jarayonida Xiva xonligida zarb qilingan tanga va pullarda odam rasmi tushirilmagani, arab imlosida sanasi va qaysi xon tomonidan zarb qilingani ko‘zga tashlanadi. So‘nggi Xiva xoni - Sayid Abdullaxon davrida pullar atlas matoga bosib chiqarilib, manot deb yuritila boshlangan, uni xivaliklar “turma qog‘oz” (“turma qog‘oz”ning chiqishi Junaydxon faoliyati bilan ham yuritganlar . Shuni aytish joizki, XX asr boshida Xiva xonligi iqtisodi ahvolda bo‘lganligidan pullar yaxshi daftar qog‘ozlariga chiqarilavergan. 13 Fikrimizcha, Xiva xonligidagi iqtisodiy qiyinchiliklarning muhim sabablari - Rossiya istilosidan keyin Xiva xonligi birliklarining qadrsizlanganligi, pul muomalasining majburan o‘zgartirilganligi, oltin va kumush pullarning markazga yig‘ilishi, asossiz pul islohotlari o‘tkazilgani bo‘lgan. Shu bilan birga, Xiva xoniga pul zarb qilishning taqiqlanishi va mamlakat hududida turli pul birliklarining muomalada bo‘lganligi ham xonlikning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta'sir ko‘rsatganini ta'kidlagan. Xiva xonligida Rossiyadagi kabi mol-mulkka qarab ayirmachilik bo‘lmagan. Har qanday xivalik bir vaqtning o‘zida savdogar, navkar, dehkon, hunarmand bo‘lishi, yerga yoki boshqa mulkka ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Lekin hamma majburiyatlarni o‘z vaqtida ado etishi lozim edi. Xonlikdagi soliq va majburiyatlar masalasi ham mustaqillik davri tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, H.Ziyoev ma'lumotiga ko‘ra, qoraqalpoqlar o‘zbeklar kabi bir xil soliq to‘lashgan. Biroq, ular xon talabi bilan urushga chiqishga majbur bo‘lganlar. Turkmanlar esa o‘n xonadondan bitta navkar berishlari lozim bo‘lib, buning evaziga xon oila boshiga 10 tanobdan yer bergan . Arxiv hujjatlaridagi ma'lumotlarda bu o‘z tasdig‘ini topgan. 14
Unga ko‘ra, general-mayor Susanin: “Turkmanlar suv solig‘i to‘lamas edilar, ammo ular harbiy xizmatga chairilar edi…”- deb qayd qilganligi ma'lum bo‘ldi. “Xiva qozilik hujjatlari” va “Manbashunoslik” kitobida yozilishicha, Xiva xonligida faqat sayidzodalargina hech qanday soliq to‘lamaganlar, kanal va ariq tozalashga ham chiqmaganlar. “Xiva qozilik hujjatlari” dagi 86-raqamli hujjat Xiva xoni Sayid Muhammad soniyning yorlig‘i bo‘lib, unda 13 xojaning (Muhammad Eshon avlodlari) davlat soliqlari, solg‘ut, olg‘ut, hashar, qazuv ishlaridan ozod etilganli,Xiva xonligining harbiy salohiyati qo‘shinning ahvoli, qurol-aslahalarning turlari xususida ayniqsa H. Ziyoevning ma'lumotlari ishonchli va to‘liq yoritilgan. Chunki muallif o‘zining diqqat markazini arxiv materiallari ma'lumotlariga qaratgan. H.Ziyoev Xivada navkarlikka olinuvchilar ko‘pincha soliq to‘lashga qurbi yetmaydigan yetmaydigan kambag‘allar bo‘lib, ularga maosh to‘lanmagani, o‘z otlarini minib harbiy yurishlarda qatnashganliklarini ta’kidlaydi. Muallifning yozishicha, jangda qo‘shindagi otlarga yem-xashak, o‘zlariga esa oziq-ovqat berilmagan. Mehtar buyrug‘i bilan ularning otlariga tamg‘a bosilgan va bu otlar lashkarga tegishli bo‘lgan. Yurishlarda yo‘lda o‘lgan ot uchun egasiga atigi 5 tiyin to‘langani bois, ko‘plar yurishga nochor ot bilan chiqishgan... Tinchlik vaqtida esa navkarlar o‘zlarining xo‘jalik yumushlari bilan shug‘ullanishgan, yurish boshlanishidan oldin bozorlarda jar solib, ularni chaqirishganini qayd qilgan . Arxiv hujjatlarida bu haqda quyidagicha ma'lumot mavjud:”Harbiy xizmatga tortilgan turkmanlar janglarda qatnashish uchun o‘zlarining otlari va qurollari bilan borishlari kerak edi... hattoki ularning o‘zlariga oziq-ovqat, otlariga yem-xashak ham berilmagan...” .
Demak, H.Ziyoev ma'lumotlarining arxiv hujjatlari asosida yozilgani haqida fikrimizni asosli desak, yanglishmaymiz. Xiva xonligidagi qo‘shinning yomon ahvolga kelib qolganining sababini aniqlash xonlikdagi davlat boshqaruv tizimini o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqardi. Chunki davlat hokimiyatining mustahkam bo‘lishida boshqaruv tizimi qanday tashkil etilgani muhimdir. Xiva xonligida davlat boshqaruv tizimi, mavjud amal va unvonlar va ularning egalari haqida mustaqillik davri tadqiqotchilaridan M. Matniyozov, A. Sotliqov, Q.Munirov, Davlatyor Raxim, Shihnazar Matrasul, Sh. Vohidov, N. Polvonov, S. Soburovalarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ma’lumki, Xiva xonligida Muhammad Rahimxon I davlat hokimiyatining boshqaruv apparatini tartibga keltirgan va ixchamlashtirgan. Abulg‘oziy Bahodirxon davrida ta’sis etilgan 360 davlat lavozimini qisqartirib, 100 lavozim ta'sis etgan. Tadqiqotchi S. Soburova o‘zining nomzodlik dissertatsiyasida xonliklagi amal va unvonlarning to‘liq nomlarini, ularning ma'nosi, amaldorlarning shaxsi va ularga to‘lanadigan maosh xususida fikr yuritgan.15 Tadqiqotchilar M. Matniyozov va A. Sotliqovlar ham bu davrga kelib davlat xodimlariga to‘lanaligan ish haqi uchun fuqarolardan o‘zboshimchalik bilan pul undirib olish qat`iyan ta'qiqlangan, amaldorlarning barchasiga mansab darajasiga qarab ish haqi uchun xon tomonidan oylik maosh belgilangani, quyi lavozimdagilarga xazinadan yiliga 3 tilla, saroydagi yuqori lavozimdagi amaldorlarga esa 350-500 tillagacha maosh to‘langanini ta'kidlaydilar .
Shuni aytish lozimki, mualliflar tadqiqotlarini yozishda mahalliy va rus manbalari ma'lumotlari va arxiv hujjatlaridan fondalanganini ta'kidlaganlar. Davlat lavozimlari haqida fikr yuritganda shuni ta'kidlash lozimki,”Sayid Islomxo‘ja” risolasida davlat amaldorlarining avlodlari ham shu kasb-kor egalari bo‘lganligi ta'kidlanadi. Jumladan, Xiva xoni Asfandiyorxonning bosh vaziri Sayid Islomxo‘janing otasi Ibrohim xo‘ja, keyin amakisi Sayid Abdullaxo‘jalar Muhammad Rahimxon II davrida vaziri a'zam lavozimida bo‘lganlar. Tadqiqotchi Q.Munirov Munisning mirobligidan keyin uning jiyani Ogahiy, undan keyin esa Ogahiyning amakizodasi Muhammad Karimbek mirob vazifasiga tayinlanganini yozadi 156. Bunday ma'lumotlar, Davlatyor Rahim va Shixnazar Matrasulning asarida ham qayd qilingan . “Firdavs ul-iqbol» asarida Munisning 7-8 ta ajdodi mirob va boshqa lavozimda ishlaganligi qayd qilingan. Umuman olganda, N. Polvonovning “Xiva xonligida mansabga qo‘yish tartibi” maqolasidagi fikriga qo‘shilgan holda shuni aytish mumkinki,Xiva xonlari tomonidan davlat lavozimlariga bilimli, ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan shaxslar tayinlangan bo‘lib, bu kishilar xonlarga mamlakatda tinchlikni, osoyishtalikni saqlashda xizmat qilishgan - milliy davlatchilik qaror topayotgan tarixiy davrda mamlakatimizda tarixshunoslik va manbashunoslik sohalarida rivojlanish kuzatilmoqda. Natijada ko‘plab manbalar o‘rganilib, ilmiy jihatdan tadqiq qilinmoqda; mustaqillik davri tadqiqotchilari tomonidan xonlida kechgan siyosiy jarayonlar va islohotlar, madaniyat, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo, xonlikning xorijiy davlatlar bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, shaharsozlik va davlatchilik tarixiga oid keng doiradagi ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Ushbu masalalar yuzasidan risola va maqolalar nashr etildi, nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.Biroq, Xiva xonligi tarixshunosligiga doir tadqiqot qilinmaganini aytish joiz. 16Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mustaqillik davri tadqiqotchilari tomonidan Xiva xonligi tarixining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid keng ma'lumotlar taqdim qilingan bo‘lib, ularni o‘rganish va tahlil qilish tarixshunoslar oldiga katta vazifa qo‘yadi.


Download 48,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish