SXOLASTIKA (yun. scholastikos - maktabga, olimga oid) — diniy dunyoqarashni nazariy asoslashga intiluvchi diniy falsafa. O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada taraqqiy etgan. U ilohiyot-aqida asoslarini ratsionalistik metodika va formal mantiq masalalari («masala talashish») bilan bog’laydi.
Sxolastika so’zining lug’aviy ma’nosi «maktab», «o’qiydigan joy» kabilarni anglatadi. Sxolastlar deb Buyuk Karl saroyidagi, saroy maktab-laridagi o’qituvchilarni hamda dinni o’qitishda falsafadan foydalangan o’rta asr ilohiyotchilarini ataganlar. Bular haqiqatni yangidan qidirmaganlar, balki mav-jud haqiqatni mantiqiy yo’llar bilan isbotlashga harakat qilganlar.
Sxolastika - bu ilohiyotni ratsionallashtirishga bo’lgan urinishning yangi ko’rinishidir. E’tiqodni tafakkur bilan mustahkamlash maqsadida ilohiyot muqaddas kitoblar falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilinishi kerak, deb hisoblagan. Muqaddas kitob so’zlarini Aristotel deduktiv logikasi yordamida sistemalashtirish va yangi kashf qilingan Aristotel falsafasi bilan uyg’unlashtirish kerak, deb hisoblangan. Sxolastika Aristotel falsafasining Yevropaga kirib kelishining asosiy sababidir. V asrda Boetsiy tomonidan tarjima qilingan bir necha asarlargina mavjud edi. Uning dunyoqarashi haqida lotin tilidagi tarjimalardan juda kam ma’lumotga ega edilar.
IV. Ma’ruza mavzusi ustidan ishlash:
Bu vazifa talabalarning matn ustida ishlari orqali bajariladi.
V. Aqliy hujum:
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.
O’rta asrlarda Yevropada Fan taraqqiyoti.
Sxolastika-o’rta asrlar davri fanining o’ziga xos shakli.
Ilk universitetlarning tashkil etilishi.
VI. Mashg’ulotlarni yakunlash:
Talabalar javoblariga qoyilgan ballar e’lon qilinadi.
Mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob olinadi.
VII. Savollar va topshiriqlar:
Mavzu yakunidagi savollarga javoblar tayyorlash.
Kelgusi mashg’ulot mavzu mazmuni bilan tanishib kelish.
Adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. T.1. -Toshkent.: O’zbekiston. 2017.
2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. -T.; O’zbekiston.. 2017.
3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent.: O’zbekiston. 2017.
4. Karimov I.A. Tarixiy xotiasiz kelajak yо’q. 7 j. - T., О’zbekiston, 1999.
5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - T, “Ma’naviyat”, 2008.
5. Virginskiy V.S. Ocherki istori nauki i texniki XVI – XIX vv. M., 1984.
6. Gaydeko P.P. Evolyusiya ponyatiya nauki (XVII – XVIII vv.). M., 1987.
7. Gorelov A.A. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniY. M., 1998.
8. Zvorikin A.A. i dr. Istoriya texniki. M., 1962.
9. Istoriya O’zbekistana. T. 3. T., 1995.
10. Isxakov F Natsionalnaya politika sarizma v Turkestane. T., 1997.
Do'stlaringiz bilan baham: |