Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi


Sо’nggi uyg’onish (16- asr)



Download 3,33 Mb.
bet21/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

Sо’nggi uyg’onish (16- asr).
Hozirgi tadqiqotchilar bunday davrlashtirishni ba’zi hollarda boshqa mamlakatlarga nisbatan ham qо’llaydilar, lekin bunda uyg’onish madaniyati ayrim bosqichlarining xronologik chegarasi Italiyanikidan farq qiladi. Uyg’onish madaniyatining Fransiya, Niderlandiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya va b. Yevropa mamlakatlarida tarqalishi, avvalambor, shu mamlakatlardagi milliy taraqqiyot b-n bog’lik bо’lsa, ayni vaqtda Italiya gumanistik mada­niyati yutuqlari ham ta’sir kо’rsatdi.
Italiya Yevropa gumanizmining chinakam «maktabi» bо’­lib qoldi. Yevropadagi boshqa mamlakatlarning ilg’or intelligensiyasi unga intilishar va undan о’rnak olishga harakat qilishardi. Yevropaning kо’p mamlakatlarida uyg’onish ma­daniyati ziddiyatli bо’lib, antik ta’sir Italiyaga nisbatan sust, milliy traditsiya va feo­dal madaniyati esa aksincha kuchli edi.
Sо’nggi Uyg’onish davrida kо’pgina renessans ideallari va normalari Italiyaning о’zida ham, undan tashqarida ham о’zgarishga uchradi. Keskin sinfiy kurash, ayrim mamlakatlardagi feodal-katolik reaksiyasining, boshqasida protestantizmning g’alabasi sharoitida renes­sans gumanizmida krizis boshlandi. Gumanistlarning inson erkin rivojlanishi uchun imkon beradigan yangi jamiyat haqidagi optimistik va hayoliy ishonchlari puchga chiqdi.
Uyg’onish davri madaniyatida aristokratok tendensiya kuchaydi. Bu manerizm va shunga о’xshash boshqa oqimlarning paydo bо’lishiga ta’sir kо’rsatdi. Sо’nggi uyg’onish gumanizmi yirik vakillari - V. Shekspir, M. Servantes, Mikelanjelo ijodida hayot о’z ziddiyatlari («tragik gumanizm») bilan aks ettirildi; yomonlikka qarshi kurashda fojiaviy motivlar paydo bо’la boshladi. Yangi sharoitda uyg’onish madaniyati о’rniga yangi oqimlar vujudga keldi (sh. Barokko, Klassitsizm).


Fani va madaniyati Bu davr tabiiy fanlarining eng muhim xususiyati san’at bilan uzviy bog’liqligidadir. О’rta asr diniy-mistik aqidalarini bartaraf etish jarayoni ayni vaqtda ham fanda, ham san’atda namoyon bо’lar, kо’pincha bir shaxs ijodida uyg’unlashib ketardi. Mas, Leonardo da Vinchi buyuk rassomgina bо’lmay, mashhur matematik, mexanik va injener ham edi, A. Dyurer rassom, haykaltarosh, arxitektor, matematik edi.
Tabiatshunoslikda, ayniqsa astronomiya, geografiya, anatomiya sohalarida yirik muvaffaqiyatlarga erishildi. Buyuk geografik kashfiyotlar (X. Kolumb, Vasko de Gama, F. Magellan va b. sayohati) amalda Yerning sharsimonligini isbotladi, quruqlikning katta qismini tasvirlashga imkon berdi. 16-asr о’rtalarida polyak astronomi N. Kopernik geliotsentrik sistemani kashf etilishi fanda revolyusion tо’ntarish bо’ldi; A. Vezaliy ilmiy anatomiyaga asos soldi; ispan olimi M. Servet organizmda konning doiraviy aylanishini ochishga yaqinlashdi. Mexanika, matematika, xususan algebrada bir qancha kashfiyotlar qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar faqat geografiya sohasida emas, geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya bо’yicha ham yangi ma’lumotlar berdi.
Uyg’onish davrida fan va madaniyatning ayrim sohalari hali tо’la bir-biridan ajralmagan va differensiyalanmagan edi. Kо’p filosofik g’oyalar professional filosoflar tomonidan emas, balki rassomlar, shoirlar, olimlar tomonidan olg’a surilgan edi. Sxolastikada kuchayib borayotgan oppozitsiya filosofiyani «ilohiyotga xizmat qilishdan» ozod etdi
О’rta asr dunyoqarashidan ajralib chiqish eng avval etika sohasida namoyon buldi. Etikadagi uyg’onish ayrim hollarda sо’nggi stoitsizm g’oyalariga qaytish shaklida, kо’pincha epikurizmni tiklashda kо’rindi. Gumanistlarning yunon tili va yunon filosoflari (Platon, Aristotel va b.) asarlari bilan tanishishlari Uyg’onish davri antisxolastik filosofiyasi taraqqiyotida yangi bosqich ochdi. Ayniqsa bu davrda platonizm va neoplatonizm g’oyalarining ta’siri katta bо’lgan.
Platon filoso­fiyasi Uyg’onish davrida panteizmning g’oyaviy manbai bо’lib qoldi, Uyg’onish davri filosofiyasi sxolastika va sxolastikalashtirilgan aristotelizm bilan kurashda undan yuz о’gira boshladi.
XV-XVI asrlarda Italiyadagi Paduya un-ti antisxolastik aristotelizmning bosh markazi edi. Bu oqim namoyandalari, ayniqsa italyan filosofi P. Pomponatstsi jonning о’lmasligi xaqidagi (cherkov ta’limotini bartaraf etishga katta hissa qо’shdi; ular tomonidan «ikki haqiqat» nazariyasining himoya qilinishi fan va filosofiyaning din ta’siridan ozod bо’lishiga imkon berdi.
Uyg’onish davri falsafiy tafakkо’rining asosiy yutuqlaridan biri — ilohiyotga buysunishdan ozod bо’lgan naturfilosofiyaning paydo bо’lishidir. Uyg’onish davri naturfilosofiyasi 16-asrda Italiya va Germaniyada yuksaldi. Lekin uning g’oyalari 15-asrda Nikolay Ko’zanskiy tomonidan ilgari surilgan edi. Uning eng xarakterli xususiyati naturalistik panteizmdir. Unga olamni katta, tirik va о’zgaruvchan organizm deb karash, insonni tabiatning bir qismi deb tushunish, dialektika elementlari xosdir. Bu davr naturfilosofiyasi J- Brunonyant falsa­fiy qarashlarida eng tipik tarzda ifodalagan edi. Olamning bir butun va universal manzarasini chnzishga intilishda Uyg’onish davri mutafakkirlari real bilimlarining yetarli emasligi ularning antropomorfik va mistik xayollarga berilishiga olib keldi, ular sexrgarlik va b. «sirli fanlarga, astrologiya, alkimyoga ham murojaat qildilar.
Uyg’onish davri k i sh i l i k j a m i ya t i v a uning tarixiga, davlat va huquqqa yangicha qarash bilan ham ajralib turadi. 16-asrning yirik siyosiy mutafakkirlari (N. Makiavelli, J. Voden) bu masalalarning ilohiyot ruhidagi talqiniga barham berib, ularga kishilarning o’z faoliyati natijasi sifatida qaradilar va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari haqidagi masalani ilgari surdilar, J. Boden jamiyatning shakllanishida tabiiy muhit ta’sirini ta’kidlaydi; N. Makiavelli siyosiy kurash va moddiy manfaatdorlik ijtimoiy hayotning asosiy xarakatlantiruvchi kuchi deb hisobladi.
U. d. mutafakkirlari (Italiyada — L. Bal­la, Germaniyada — I. Reyxlin, U. fon Gutten; Niderlandiyada — Erazm Rotterdamskiy va b.) ilohiyot va cherkovga qarshi asarlar yaratdilar. Ba’zi gumanistlar katolik ruxoniylarni tanqid qilib, papaning dunyoviy xokimiyatiga qarshi chiqdilar.
U davrda tarixga ham о’zgacha yondoshildi. Tarix cherkov-feodal tasavvurlaridan ozod qilina borib, ilohiyotchilarning davrlashtirish sistemalari rad etila boshlandi. Gumanistlar antik davr bilan о’rta asr о’rtalaridagi sifat tafovutiga e’tibor berdilar.
U davrda tarixni qadimgi, о’rta asr va yangi tarixga bо’lish kelib chiqdi.
U. d. da gumanistlar dunyoqarashiga xos xususiyatlar ta’lim va tarbiyaviy ishlarga oid qarashlarda ham o’z aksini topdi. Gumanistlar (Erazm Rotterdamskiy, F. Rable, M. Monten) о’rta asr sxolastik ta’lim sistemasini kattik tankid kilib, akliy va jismoniy kamol topgan kishini tarbiyalashni ilgari surdilar. Mustaqil fikrlashga, yuksak axloqiy sifatning shakllanishiga, estetikaga ahamiyat berdilar. Ular maktabda faqat latin tilini emas, yunon tilini, antik badIIy adabiyoti va mifologiyasini hamda matematika, tarix, tabiatshunoslikni о’rganish zarur deb hisobladilar. Bolalarning jismoniy rivojlanishi haqida g’amhо’rlik qildilar va ularga jismoniy jazo berishga qarshi chiqdilar.
Uyg’onish davrida madaniyat sistemsida yangi buyuk о’zgarishlar sodir bо’ldi. «Uyg’onish» italiyan tilida «Rinar “cimento”bо’lib, fran. shakli «Renesale» ma’nosini anglatadi.
Bu davr kapitalistik munosabatlar, dastlabki kapital yiqilishi, shaharlarning ijtimoiy-siyosiy rolida uyg’onish, burjua sinflari absalyut monarXIya va milliy davlat tuzilishi, ijtimoiy nizolar, diniy urushlar burjua inqiloblari, antik madaniyati uyg’onish, kitob nashr qilish kabi davr hisoblanadi.Uyg’onish davr yangi davr klassik fanini vujudga kelishiga asos bо’ldi.Bu davrda dunyoqarash о’zgacha tus olib «inson- inson olami» sistemasi yangi inqilobiy tafakkur muhim о’rin tutadi. Bu sistemasi shartli 3 ta mustaqil munosabatlardan iboratdir; insonninng tabiatga munosabati insonning Xudoga munosabati va insonni о’z-о’ziga munosabatidir.
О’rta asrlar davrida insonning olamga munosabati, uning Xudoga munosabati chiqirigidan о’tkazilib tushunilgan. Renesans davrida esa bu munosabatlar sohasida yangi ruhiy munosabatlar vujudga kelib, birinchi о’ringa insonning tabiatga munosabati ilgari surildi, insonning Xudoga va о’z-о’ziga munosabati ham shu chiqiriqidan о’tkazildi. Bu davrda markaziy tushuncha bо’lib Humanitas (lotin til. Inson tabiati, ma’naviy madaniyat ma’nosini anglatadi) vujudga keldi. Bu tushuncha fan va gumanitar bilimlar tizimida yangi madaniyatning paydo bо’lishiga asos bо’ldi, shu bilan bir qatorda Studia humanitatis, XIX asrda gumanizm termini ham shu tushunchadan kelib chiqadi. Bu vaqtda birinchi о’ringa insondagi iloqiylik markaziy tushuncha aylanib, bu yerdan antropotsentrizm - (lotin- markazida inson) tushunchasiga vujudga keldi. Olamga munosabatda birinchi о’ringa ongning bilishlar (anglashlar) tomoni chiqdi. Shunday qilib inson aqli о’z о’rnini topdi. N.Ko’zanskiyning naturfalosofiy qarashlarida bilishning vositsi bu aql deb hisoblanadi. Bunday о’zaro birikuv va bir-biriga aralashib ketishning ya’ni 2 ta asosni birikuvi (panteizm) (xudo bilan tabiat bir deb qaraydigan diniy falsafiy ta’limot) tushunchasida xarakterlanadi.Uyg’onish davrining keyingi bosqichida N.Kopernik geliotsentrik, olamning geliotsentrik sistemasini yaratib, aqlning ijodiy imkoniyatlari kо’rsatib u ya’ni aql holatlari jarayonlardagi harama-harshilik о’rganib, narsa va jarayonlar holatlarning tub moqiyatini ochib berishini isbotladi.Bu davrda nazariy fikrlar tabiatning ilmiy bilish metodini ochib berish darajasiga kо’tarilmasada, uning gumanizm olamni bilish, tarixiylik va ijtimoiy- tarixiy (optimizm) kabi g’oyalar prinsiplari shakllandi.Uyg’onish davrida gumanitar fanlar rivojlandi. Etikada inson о’z taqdirini о’zi yaratish borasida yaxlit gumanistik konsepsiya shakllandi. Etika bilan о’zaro yaxlitlikda ijtimoiy- siyosiy gumanizm konsepsiyasi ham vujudga keldi. Ular insonni mukammalligini asoslovchi prinsip va jamiyatdagi shart- sharoitlar birlashtirdi, bu yerda ma’rifatmuhim о’rin tutadi.Etika bilan bir qatorda pedagogika va tarixiy g’oyalari rivojlandi. Pedagogika tarbiya va ta’lim berish nazariyasi va о’qitishning yangi metodikasi shakllandi. Pedagogika erkin va aqloqan mukammal shaxsni tarbiyalashni о’z oldiga maqsad qilib qо’ydi. Uyg’onish davrida tarixni yoritish, о’rta asrlardan tubdan farqlanardi. Gumanistlar tarixni inson о’zining faoliyati kuchi bilan yaratgan degan fikrni ilgari surdilar. Gumanistik tarixni bayon qilishda tarixiy manbalarga tanqidiy qarash xarakterli. Tarixda shu jumladan antik an’analarni о’rganish izidan borib, gumanistlar undan о’zlarini siyosiy davrlarinIIzohlashdan foydalandilar.XU asr oxirlarida filologiya rivojlanishida sifatiy о’zgarishlar sezildi. Gumanistlar qadimgi mualliflar qulyozmalarini tarjima qilib izohladilar buning natijasida ularni о’qib о’rganuvchilar safi о’rta asrlar davriga nisbatan kengayib oshib bordi. Gumanistlar ritorika (notiqlik san’ati) katta ahamiyat berdilar, chunki ular ritorika vositasida falsafiy va ijtimoiy- siyosiy g’oyalarni ifodalashning kuchayishini tushunib yetardilar.
Gumanistlar XU asrda sxolastik dialektikadan farq qiluvchi yangi ilmiy metod muammosiga yondashdilar. Bu tabiiy bilishni rivojlanishida ijobiy aks etdi. Antik mualliflarning matematika, astronomiyaga oid asarlarni tarjima qilib о’rganishga XV asrdagi tabiiy bilish asoslandi. Kitob nashr qilish bо’yicha texnik kashfiyot (Iogan Gutenberg bosmaxona 1455 y) va qator texnik Ixtirolar tabiat haqidagi fnlarning taraqqiyotiga so bо’ldi. Matematika va astronomiya sohasid yutuqlarga erishildi. Bu sohada buyuk mutafakkir N.Kopernik inqilobiy
burilish yasadi. Koinot borasidagi izlanish va ko’zatishlarini u «Koinot bо’ylab aylanishlar» kitobida mujassamlashtirdi. U yer olamning mrkazi emas, u bir joyda turmaydi. U о’z о’qi atrofida aylanadi- degan g’oyani insoniyat taroIXid birinchi bо’lib matematik asosga asoslanib tushuntirib berdi.
Mexanika (Yunon mechanike- qurol,inshoot) tashqi kuch ta’sirida jismning fazoda haraktlanishi va muvozatini о’rganish bilan shug’ullanadigan fan.
Uyg’onish davri ijtimoiy-siyosiy g’oyalari. Yevropadagi Uyg’onish (XIV-XVI asrlar) va Reformatsiya (XVI asr) davrlari о’rta asr tartiblari sharoitida yangi burjua munosabatlarining paydo bо’lishi, Petrarka va Bokkacho, Leonardo da Vinchi va Nikkolo Makiavelli, Dyurer, Lyuter, Mikelandjelo va Myunserlar nomini dunyoga tanitgan davrdir.Antik davr demokratiyasi g’oyalaridan ruqlanib, inson tafakkuriga ishonchni qayta tiklagan Uyg’onish davri va uning g’oyalari insoniyat tarixidagi tub burilish davridir. Inson qadr-qimmati, uninghuquqlarini himoya qilish, inson uchun munosib hayot yaratish g’oyalari aynan harb mamlakatlarida ularning davlatchilik va siyosat sohasidagi amaliy izlanishlari davomida vakt sinovidan о’tib, real voqelikka aylandi.Uyg’onish va Yangi davr siyosiy-huquqiy qarashlarida davlatning paydo bо’lishi va haror topishi muammosini о’rganish kuchayganligi kо’zga tashlanadi. Davlat, jamiyat va shaxe tо’qrisidagi qarashlar tizimida individ-fuharoga alohida e’tibor berish boshlandi. Shuning uchun bu davrning siyosiy qarashlari «fuharolik tо’qrisidagi qarashlar» deb ham ataladi.
Yangi davr siyosiy fanining asoschisi deya tan olingan buyuk italyan gumanista N. Makiavelli (1469-1527) diniy aqidalardan xoli bо’lgan Uyg’onish davri siyosiy falsafa-sini yaratdi. U «qukmdor»1, «Florensiya tarixi» asarlarida siyosatni birinchi bо’lib fan sifatida asoslab berdi va jamiyatning iloqiy emas, balki tabiiy qonunlar asosida rivojlanishini ta’kidladi.Leonardo da Vinchining zamondoshi, Mikelandje-loning dо’sti, 27 yoshida Florensiya Respublikasining davlat arbobi, tarixchi va shoir, bir qator harbiy Yevropa mamlakatlarida elchi sifatida faoliyat kо’rsatgan N. Makiavelli XV asr oxiri va XVI asr boshlarida uzluksiz urushlardan jabr kurgan, markazlashgan davlatga ehtiyoj sezayotgan Italiya manfaatlarining ifodachisi edi. Shu nuqtai nazardan uning siyosiy nazariyasi о’z davri talabla-rini ilgari surganligini unutmaslik lozim.»Makiavelli va uning ta’limoti tarafdori bо’lgan boshqa mualliflar, - deydi F. Bekon, - u yoki bu vaziyatda odamlar qanday qadam qо’yishlari lozimligini emas, balki odatda, amalda qanday qadam qо’yishlarini ochiq va tо’qridan-tо’qri bayon qilganlikdari uchun ham hurmatga loyikdirlar»1. Siyosat dunyosini о’rganishda N. Makiavelli tadqiqotning yangi usullaridan foydalandi. Meyoriy-qadriyatli nazariyaga asoslangan falsafiy yondashuvdan tashhari, bu mutafakkir real siyosiy munosabatlarni ko’za-tishda empirik usuldan foydalandi. Tarixiy jarayonlarni о’rganish asosida u birinchi bо’lib siyosatni fan sifatida asoslab berdi, siyosiy faoliyatda cherkov axloqi emas, balki foyda va kuch mezon bо’lgailigini qayd etdi. Makiavsllining fikricha, xristianlikning axloqiy qadriyatlarini amalda hayotga tatbiq etish mumkin emas, chunki oliy saodatni itoatda, dunyoviylikka nafrat bilan qarashda, hayotdan yo’z о’girishda deb bilgan cherkov axloqi odamlarni kuchsiz va zabun qilib, ablaxlar qurboniga aylantiradi. Dinni davlatga ma’qul axloqni hayotga joriy etuvchi siyosiy vosita deb biladi. Siyosiy ta’limotlar tarixini taqlil etish bilan shuqullangan ayrim mutaxassislar «maqsad vositani oqlaydi» dsgan tamoyilni ilgari surgani uchun Makiavellini keskin tanqid qiladilar. Masalaga bugungi kun talabidan kelib chiqib emas, balki о’sha davr ehtiyoji nuqtai nazaridan turib yondashilsa, muammo oydinlashadi. Chunki Makiavelli Rim papasiga tobe bо’lmagan, kuchli, markazlashgan milliy davlat to’zish yо’lida mamlakatni birlashtiruvchi, xalqsaylagan isloqotchi podshoning barcha vositalardan foydalanishini ma’qullab, agar natija kо’ngildagidek bо’lsa, barcha vositalarni, garchi ular noaxloqiy bо’lsa-da, oqlash mumkin deb bilar edi. N. Makiavelli «milliy davlatni qurish va mustaqkam-lashda davlat boshliqi sherdek dovyurak, tulkidek ayyor bо’lishi, agar pirovard maqsad foydali bо’lsa, о’z va’da-larini bajarmasligi ham mumkin, chunki yuksak natijalar xuddi shunday yо’l tutgan knyazlarga nasib etgan. Shafqat-sizlikni, agar bir marotaba, unda ham fuharolar manfaati uchun qо’llanilgan taqdirda oqlash mumkin, lekin fuharolarni ezish uchun doimiy ravishda qо’llanilsa, uni oqlash mumkin emas»1, deb qayd etadi. Shuningdek, Makiavelli о’sha davr siyosiy boshqaruvida foyda hamda kuch asosiy mezon bо’lganligidan kelib chiqqan qolda qukmdor kuchli armiya tо’grisida qayqurishi kerak va qaysi tarafning armiyasi kuchli bо’lsa, taqdir о’sha tarafga kulib boqadi, degan fikrni olqa suradi. Makiavelli nazarida barcha davlat va xalqlarning tabiatida hokimiyatparastlik, munofiqlik, jur’atsizlik, nonkо’rlik, qо’rqoqlik, dangasalik va ikkiyo’zlamachilik, hasadgо’ylik va bir-birini kо’rolmaslik illatlari uchraydi. Shu bois davlat boshliqi inson tabiatini yaxshi bilmoqi, bu boradagi bilimlarII’ davlat manfaatlari yо’lida ishlata bilmoqi kerak, deya ta’kidlaydi. Makiavelli davlat boshqaruvida respublika shaklini ma’qul kо’radi. Omma qirolga nisbatan aqlliroq va doimiyroqdir. Xalq ovozi - xudo ovozidir, chunki xalq barcha masalalarda qukmdorga nisbatan odilroq muloqaza yuritadi. Respublika idora usuli о’rnatilsa, davlat mustaqkam va barqaror bo’ladi, deb hisoblaydi.Makiavelli «qukmdor» asarida respublikani boshqa-rishning tо’qri va qulay shakli deb bilsa-da, avvalo, «yangi qukmdor» yakka qukmronligi о’rnatilib, u Italiyani birlashtirishi, isloq qilishi va yuksaltirishi, sо’ng uning о’rnini respublika yoki boshqaruvning «aralash» shakli (demokratiya, aristokratiya, monarxiya elementlaridan iborat shakl) egallashi lozimligini qayd etadi. Shu tariqa Makiavelli davlatchilikning monarxiyadan respublikaga tomon rivojlanishini oldindan aytib о’tgan. Ta’kidlash joizki, A. Smit erkin bozor afzalliklari tо’qrisidagi liberal nazariyasini yaratishidan ancha avval Makiavelli individual erkinlikning butun jamiyat uchun foydaliligini uqtirib о’tgan edi. Biroq, boshqaruvning respublika shakli xalqning muayyan fazilatlarga, jumladan fuharolik sifatlariga ega bо’lishini taqozo qiladi, bunday fazilatlarga ega bо’lmagan xalqlar uchun esa monarxiya boshqaruvini ma’qul deb biladi.Umuman olganda, Sohibqiron Amir Temurning «Kuch adolatdadir» tamoyili aks etgan «Temur tuzuklari» Sharq mamlakatlari qukmdorlari uchuy qanchalik zarur qо’llanma bо’lgan bо’lsa, kо’proq «Adolat kuchdadir» degan harbona mentalitet aks etgan Makiavellining «qukmdor» asari 400 yildan kо’proq davr mobaynida harb mamlakatlari davlat boshliqdari diqqat-e’tiborini о’ziga jalb etib kelmokda. Shuni unutmaslik lozimki, Uyg’onish davrining bu mutafakkiri qarashlari о’sha davr ehtiyojlari in’ikosi bо’lib, qali klassik liberalizm g’oyalari darajasiga yetmagan edi. Makiavelli ta’limotida inson ijtimoiy qodisa, mavjudot sifatida katta ma’no kasb etmagan, uning manfaatlari davlat va umummanfaatlarga tobe etib qо’yilgan edi. Franso’z mutafakkiri Jan Boden (1630- 1596)ning qarashlari ham muayyan qiziqish uygotadi. «Davlat tо’qrisida olti kitob» asarida u birinchi bо’lib davlat suvereniteta g’oyasini ilgari surdi, davlat iloqiy tarzda kelib chiqmaganligini ta’kidlab, uning manfaatlari din manfaatlarilan ustun bо’lishi lozimligini va vijdon erkinligi о’rnatilishini tarqib eta i.Xullas, Uyg’onish davri siyosiy ta’limotlari siyosiy-huquqiy ta’limotlar rivojining keyingi taraqqiyoti uchun muhim poydevor bо’lib xizmat qildi. Ma’rifatparvarlik davrida siyosiy g’oyalarning taraqqiyoti. Bunday siyosiy qarashlar keyinchalik Tomas Gobbs (1598-1679) qarashlarida rivojlantiriladi. Gobbs monarxiyani hokimiyatni о’g eng qulay shakli, deb hisoblaydi. Buni о’zining «Leviafan» asarida insonlarning davlat paydo bо’lgunigacha bо’lgan davrdagi hayotini tasvirlab, unda «xaos» va «ixtilof»lar hukmron bо’lganligini ta’kidlaydi yoki bu qukmronlikni «hammaning hammagaqarshiurush» holati sifatida qayd etadi. «Ijtimoiy kelishuv»ga «xaos»dan chiqishdagi muhim yо’l sifatida haraladi. Gobbs monarxning asosiy vazifasi qonunni saqlay bilish, deb tushunadi. Angliya faylasufi J. Lokk (1632-1704) qarashlarida esa siyosatda fuharolik konsep-siyasi il gari suriladi. Lokk ta’limoti nisbatan real hayotga asoslanganligi bilan ajralib turadi va cheklangan monarxiya о’rnatishni yoqlaydi. U siyosiy fikr tarixida birinchilardan bо’lib «IXs», «jamiyat» va «davlat» tushunchalarining tahlilini beradi hamda shaxsni jamiyat va davlatdan yuqori qо’yadi. Lokkning fikricha, inson tug’ilganidan boshlab tabiiy huquqlarga ega bо’ladi. «hayot» yoki «yashash», «erkinlik» va «mulkka ega bо’lish»huquqlarini ana shuhuquqlar jumlasiga kiritadi. U xususiy mulkka ega bо’lishhuquqini quyidagicha asoslaydi. Birinchidan, xususiy mulkka ega bо’lish insonning о’zini va uning oilasining yashashi uchun zarur ehtiyojni ta’minlash uchun kerak, inson zarur narsalarga ega bо’lgan taqdirdagina о’zining rivojlanishiga alohida e’tibor berishi mumkin. Xususiy mulk mutlaq qadriyat emas, aksincha, erkin jamiyatga erishish vositasidir. Insonlar mul k jamharihda erkin bо’lishlari kerak. Ikkinchidan, mulkka ega bо’lish insonning individualligi shakllani-shiga ta’sir kо’rsatadi. Davlat jamiyatga, jamiyat о’z navbatida shaxsga bо’ysunishi lozim. Davlat va jamiyat bir parsa emas, davlat hokimiyatining qulashi jamiyat rivojining tugaganidan dalolat bermaydi. Jamiyat yangi davlat hokimiyatini о’rnatishi lozim. Davlat shaxs huquqlarini himoya qilish maqsadida faoliyat kо’rsatadi. U shaxsdan kuchliroq bо’lishi mumkin emas, chunki shaxs jamiyatni, jamiyat esa davlatni tashkil etadi. Lokk qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati bо’lishini yokdaydi. qonun chiqaruvchi hokimiyatga ustuvorlik beradi, chunki u davlatning siyosatini belgilaydi deb kо’rsatadi. Fransiya ma’rifatparvari Sharl Lui Monteskye (1689- 1755) о’zining «qonunlar ruhi» asarida «idora etish tarzi»ga yoki «qonunlar ruhi»ga ta’sir etuvchi omillarni kо’rsatib beradi. «Kо’pgina narsalar - iqlim, din, qonunlar, idora etish shakllari, о’tmish saboqlari, axloq, odatlar xalqning umumiy ruhining natijasi sifatida insonlarni boshharadi», - deb yozadi Monteskye.
Monteskye hokimiyatning bо’linish nazariyasini «aralash idora etish» g’oyasining davomi hisoblab, qonun ustuvorligini qayd etadi. Shu asosda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-birlarini tо’ldirgan qolda hokimiyatni saqlab turishlari mumkin degan xulosaga keladi. Siyosiy fikr rivoji Yevropadagi davlatlar qurilishi bilan o’zviy bog’liq qolda bordi. Bu davr namoyondalari о’qitar mustaqil davlatning kamchiliklarini hisobga olib. siyosiy nazariyani amaliyot bilan bog’liq qolda amalga oshirishga harakat qila boshladilar. J.Medison (1751 - 1836) respublikanizmning kо’zga kо’ringan nazariyotchilaridan biri bо’lib, u xalq - siyosiy hokimiyatning yagona manbai, saylovlar - respublikaviy idora etishning muhim xususiyati, degan qoidaga asoslanadi. U ko’pchilik fraksiyasiga ehtiyotkorlik bilan yondashadi, hokimiyatdan foydalanib, ozchilikning manfaatlarini poymol etishi mumkinligi xavfining oldini olish choralariga alohida e’tibor bilan qaraydi. Ozchilikning erkinligini kafolatlash zarurligini himoya qiladi. Medison demokratiyaning vakillik orqali idora etish shakli bilan birga liberal idora etish ham zarurligini isbotlaydi. Davlat hokimiyatining bо’linishi, ularniо’g har birining nisbiy mustaqilligini va tengligini tan oladi. Siyosatning «Ijtimoiy konsepsiyasi» fuharolik konsepsiyasining davomi sifatida shakllandi. U endi alohida individ - fuharoga emas, ayrim ijtimoiy guruhga tayana boshladi. Millat, sinflar, insonlar, individlar muayyan guruhlarning, birlashmalarning mahsuli sifatida , haraladi. Fransuz ma’rifatparvari J. J. Russo (1712-1778) esa siyosatda fuharolik konsepsiyasining qat’iy ifodachisi va tadqiqotchisidir. Individlar davlatni yaratadi yoki ayni paytda individlarning о’zi davlatning mahsulidir, degan fikrni olg’a suradi. Russo uchta tashqi omilni quyidagicha qayd etadi:
1. Ijtimoiy tenglikni quvvatlab, mulkning jamiyat a’zolariga nisbatan tengeiz taqsimlanishiga qarshi chiqadi.
2. Siyosiy yaxlitlikni himoya qiladi. Davlatda xususiy hamkorlik bо’lishi mumkin emas, degan g’oyaga tayanadi.
3. U vakillik hokimiyatini qullik deb hisoblaydi. Bir sо’z bilan aytganda, Russo demokratiyaning bevosita shaklini qо’llab-quvvatlaydi. Angliyalik konservator E. Berk (1729-1797) ta’limotida tabiiy huquqlarni tan olmaslik g’oyasi muhim о’rin tutadi. Uningcha, davlat va jamiyat insonlarning ixtirosi emas, balki tabiiy rivojlanishning natijasidir. Davlatning asosiy vazifasi tartib va qonunni saqlashdan iborat. Hokimiyatning vakillik shaklini qо’llab chiqadi.
Berk parlamentga Angliyadagi hokimiyatning haqiqiy shakli sifatida qaraydi va uning faoliyati xalq tomonidan nazorat etilishi mumkin emas deb hisoblaydi. A. Tokvil’ (1805-1797) «Amerikadagi demokratiya» nomli asarida о’zi ga xos liberal siyosiy nazariyani yaratadi. Uni siyosiy tenglik bilan siyosiy erkinlik о’rtasidagi munosabat kо’proq о’ylatadi. Siyosiy apatiya - siyosiy markazlashuv, va ijtimoiy bо’ysundirishning boshlanishidir, deydi; Demokratiyaning ijobiy va salbiy jihatlari bо’lishi mumkinligi tо’g’risida fikr yuritadi. XIX asrning 40-yillaridan boshlab siyosiy fikr rivoji mustabid kommunistik to’zumga asoslagan qarashlar bilan bogliq kechdi. Ular tomonidan muayyan ijtimoiy guruhga, sipfga tayanish, ularning siyosiy qarashlari, manfaatlarini «himoya» qilish, ular yordamida «proletar inqilobini» amalga oshirish g’oyasi ilgari suriladi. Tenglik, demokratiya, erkinlikni ta’minlashda ular «proletariat diktaturasini» о’rnatish zarurligini, shu orqali adolatli demokratik jamiyat qurish mumkinligini asoslashga о’rindilar. «Sinfiy kurash»ga jamiyatni harakatlantiruvchi kuch sifatida qaradilar.
Bu g’oyada siyosiy hokimiyatga ega bо’lish, ya’ni diktaturaning proletariat qо’liga о’tishi tub masala sifatida qaraldi. Oktabr tо’ntarishi Rossiyada bolshevizm kо’rimpshida totalitar, ma’muriy buyruqbozlik jamiyatining о’rnatilishiga olib keldi. Sobiq SSSR konstitusiyada hokimiyatning vakillik va bevosita shakllaridan foydalanish kо’rsatilgan bо’lsa-da, amalda haqiqiy demokratik jamiyatni о’rnatilishiga emas, aksincha, mustaqillik, erkinlik, inson huquqlariga zid bо’lgan tamoyillar markaz bilan respublikalar о’rtasidagi о’zaro munosabatlarda, jamiyat siyosiy hayotida о’zining ifodasini topdi. Bu siyosiy qarashlarning g’oyaviy jihatdan bir tomonlama, nodemokratik va soxta ekanligini hayot kо’rsatdi.

XV asr oxiridan Yevropaning peshqadam mamlakatlarida tushkunlikka yo’z о’girgan feodal to’zumga qarshi kurash avj olib ketdi: odamlar ongida ham о’zgarish yo’z berdi. Sababi G’arbiy Yevropada yo’z bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri “Renessans” atamasi dastlab Italiyadagi madaniy –ma’naviy yuksalish (XIV – XVI asrlar) ga nisbatan qо’llanilgan uni о’rta asrlar ilk turg’unligidan yangi davrga о’tish bosqichi deb baholaganlar.


Renesansning asosiy alomatlari tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaasiblikni yorib о’tib insonni ulug’lash, uning iste’dodi, aqliy – fikriy imkoniyatlarini yo’zaga chiqarish: antik davri (Yunon-Rum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish, cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va san’atda dunyoviy gо’zallik, hayot taronalarini qizg’in kuylash, inson erki, hurfikrliligi uchun kurashish. Buning natijasi о’laroq, ilm-fan, adabiyot va san’at nihoyatda rivojlandi. «Uyg’onish» termini (franso’zcha «renessans») yangi madaniyatning antik madaniyat bilan aloqadorligini kо’rsatadi. Italiya jamiyatida qadimiy klassik tillarga, qadimiy falsafa, tarix va adabiyotga chuqur qiziqish paydo bо’ldi.
Florensiya shahri bu harakatda ayniqsa katta rol о’ynaydi. Yangi italyan madaniyatining ikkinchi nomi, gumanizm deb nomlanadi. О’rta asr mafkurasi diqqat markaziga ilohiyatni, oxiratni qо’ysa, gumanizm madaniyati insonning о’zini о’z dunyoqarashining diqqat markaziga qо’ydi. Yer yo’zidagi hayot birdan-bir real hodisa deb tan olindi. Tabiat bilan insonni e’tirof etish fanning mohiyatidir, deb e’lon qilindi.
XV asrning ikkinchi yarmiga kelib Yevropaning barcha mamlakatlarida gumanizm keng tarqaldi. Italiyaning о’zida, XV asrda, Florensiyadan tashqarII yana Rimda, Neapolda, Milanda va Venetsiyada Uyg’onishning boshqa markazlari bor edi. О’rta asr davrida uch Xil maktab bor edi: quyi, о’rta va oliy maktablar. Oliy maktab dastlabki vaqtda «umumiy fanlar» deb atalgan, keyin bu nomni boshqasi – universitetlar degan nom surib chiqargan. XVI asrda gumanizm o’zil-kesil umumYevropa madaniy harakatiga aylanib, о’rta asr sxolastikasiga juda qattiq zarba yetkazdi.
Buning natijasi о’laroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulug’vor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi. Ilm – fan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans g’oyalarining jarchilari bо’lib maydonga chiqdilar. Keyinchalik Mikelanjelo, Rafayel’, Shekspir, Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar.

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish