Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi



Download 3,33 Mb.
bet20/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

Tayanch sо’zlar: Yevropa Uyg’onish davri, klassik adabiyoti, gumanistlar, Antik madaniyat, Italiya Uyg’onish davri, Ilk uyg’onish, Yuksak uyg’onish, Sо’nggi uyg’onish, geliotsentrik sistema.


UYG’ONISH DAVRI, Renessans — G’arbiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlarning madaniyat tarixida о’rta asr madaniyatidan yangi davr madaniyatiga о’tish davri. Taxm. 14-16- asrlarni о’z ichiga oladi.
«Uyg’onish» termini 16-asr italyan gumanistlari, xususan rassom va tarixchi Jovanni Vazari (1511-74) asarlarida mohiyatini ochib berolmaydi va yangi madaniyat mazmunini faqat antik merosni «tiriltirish» b-n cheklab qо’yadi. Shunga qaramay bu termin fanda ham shartli ravishda qabul qilingan.
G’arbiy Yevropa uyg’ronish davrida ijtimoiy-falsafiy fikrlarning rivojlanishi. Uyg’onish davri Yevropada XIV asrning iskinchi yarmidan to XVII asrning boshlarigacha bо’lgan davrni о’z ichiga oladi. Bu davrga kelib, kо’pchilik mamlakatlarda asta-sekinlik bilan eski ishlab chiqarish munosabatlarining о’rniga yangi ishlab chiqarish munosabatlari kurtak shaklida vujudga kela boshlagan edi. Bu esa insoniyat tarixida shu davrgacha yo’z bergan eng buyuk ilg’or tо’ntarishlardan biri edi.
Haqiqatan ham bu davrda hayotning hamma tarmog’ida muhim ilg’or, hatto aytish mumkinki, inqilobiy о’zgarishlar yo’z berayotgan edi. Sanoat ishlab chiqarish usulining dastlabki kurtaklari О’rta yer dengizi atrofidagi ayrim shaharlarda XIV va XV asrlardayoq yo’zaga kelgan. Bu davrda, ayniqsa, Italiya eng taraqqiy etgan davlat bо’lgan. Bu yerda boshqa davlatlarga nisbatan avvalroq savdo-sotiq, hunarmandchilik tez sur’atlar bilan rivojlangan. Shular tufayli Italiyada boshqa Yevropa davlatlariga nisbatan shaharlar va shaharlarning hayoti tez sur’atlar bilan о’sgan. Italiyada XIV asrlardayoq dastlabki manufakturalar vujudga kelganki, ular hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan oldinga tashlangan katta qadam edi. Savdo, sudxо’rlik, hunarmandchilik manufakturalaridan juda katta foyda kelar edi. Natijada bank egalari, savdogarlar, sanoatchilardan iborat mavqeli, tabaqa vujudga keldiki, ular Italiyaning Venetsiya, Genuya, Florensiya shaharlarida feodallar ustidan g’alaba qozonib, siyosiy hokimiyatni qо’lga oldilar. Shuningdek, sanoatning rivoji G’arbiy Yevropada XV-XVI asrlardagi qator geografik va texnik kashfiyotlar bilan ham bog’liq. Amerikaga va Hindistonga dengiz yо’lining ochilishi, Magellanning butun dunyo bо’ylab sayohati shunga olib keldiki, bir necha asrlar davomida о’zgarmas deb hisoblagan Yer kurrasining chegarasini bo’zib yubordi.
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi bu о’zgarishlar, geografik va texnik kashfiyotlar Yevropa xalqining bu davrdagi ma’naviy hayotida ham tub о’zgarishlarga olib keldi. Jumladan, bu davrda cherkovning ma’naviy hokimiyati xristian dini negizida vujudga kelgan islohchilik harakatlari ta’sirida ham singdirilgan edi. Bu islohchilik harakatlarida feodalizm quroli bо’lgan rim-katolik cherkovi ta’siridan qutulishga harakat qilayotgan, tobora mustahkamlanib borayotgan yangi tabaqalarning intilishlari aks etardi. Cherkov ma’naviy hokimiyatining zaiflanishiga faqat turli islohotchilik harakatlari ta’sir qilibgina qolmay, balki cherkov, din bilan hech qanday aloqasi bо’lmagan dunyoviy madaniyat va ma’naviyatlarning keng tarqalishi ham sabab bо’ldi.
XIV asrlarda dastlab Italiyada vujudga kelgan bu yangi madaniyat gumanizm nomini oladi. Umuman gumanizm iborasi lug’aviy jihatdan insoniylik, degan ma’noni anglatadi. О’z mohiyati jihatdan bu madaniyat cherkov, ilohiyotga xos bо’lgan ma’rifatlilikka zid bо’lgan ma’rifatni anglatardi. Gumanistlar dunyoviy fanlarni cherkov sxolastik «olim»ligiga qarshi qо’yardilar. Keyinchalik bu oqim Yevropaning boshqa qator mamlakatlariga ham keng tarqaldi. Bu madaniyat badIIy adabiyot, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, Arxitektura va me’morchilik, fan va falsafada erishilgan ajoyib yutuqlarni о’zida mujassamlashtirgan edi. Bu madaniyatning eng asosiy mohiyatlaridan biri - asrlar davomida feodal zо’ra-vonlik va cherkov tomonidan inkor etilgan inson shaxsining manfaatlari va huquqlarini himoya qilgan gumanizm edi, chunki u har tomonlama rivojlangan inson shaxsi haqida gapirsa ham, butun xalqni nazarda tutmas edi. Balki uning ayrim, nisbatan cheklangan tabaqasi haqida gapirardi. Ikkinchidan, bu gumanizm insonni feodal zо’ravonlikdan, cherkov hukmronligidan ozod qilish haqida orzu qilsa ham, umuman, insonni ijtimoiy ozod qilish masalasini qо’ymagan, ya’ni keng mehnatkashlar ommasini ijtimoiy ozodlikka olib chiqishni xayoliga ham keltirmagan edi. Shuning uchun bu gumanizm о’z mohiyati jihatidan tor doiradagi gumanizm ediki, uning asosiy xususiyati invidualizm, raqobat kabi tamoyillardan iborat edi. Ammo shunga qaramasdan, madaniyatdagi bu yangi oqim о’sha davrda ilg’or tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlanishida katta ahamiyatga ega bо’ldi.
XV-XVI asrlardan fan tobora iloXIyot bilan о’z aloqasini o’za boshlaydi. Asta-sekin mustaqil rivojlanish yо’liga о’tib din, cherkovga qarshi chiqa boshlaydi. О’sha paytda jamiyatning ilg’or tabaqalari texnikaning nazariy asosi va diniy ideologiyaga qarshi kurashda qurol bо’lgan tabiatshunoslik rivojla-nishidan manfaatdor edi. Chunki sanoatni rivojlantirish uchun fan kerak edi. Bu fan fizik jismlar xususiyati va tabiat kuchlarining namoyon bо’lishi shaklini taxlil qilardi. Shu paytgacha fan cherkovning xizmatkori edi va unga din tomonidan belgilangan doiradan tashqariga chiqish mumkin emasdi. Ilmiy tabiatshunoslikning rivojlanib borishi keskin kurash bilan bog’liq edi. Bu davrdagi ilg’or fan vakillaridan juda kо’pchiligi jafo chekadilar. Bular jumlasiga Djordano Bruno, Servet, Vanini, Vaziliy, Galiley va boshqalar kiradi. Rivojlanib borayotgan tabiatshunoslik falsafani ilmiy asoslash uchun juda boy ozuqa beradi. XV asrning II yarmidan tabiatshunoslik oldida eng muhim vazifa-tabiatni bilishning yangi usullarini, tabiat hodisalarini tekshirishda tajribaviy usulni ishlab chiqish vazifasi turardi. Bir tizimga solingan tajribaviy fan xuddi shu vaqtdan boshlab paydo bо’la boshladi. Xulosa va isbotlarini, matnlarni solishtirish va sillogistika asosiga qurgan sxolastik usulga qarama-qarshi tajribaviy tabiatshunoslik har qanday xulosa va isbotlarni tajribaviy ko’zatish va tajribaviy tekshirishni talab qilardi. Tabiatni tajribaviy tekshirish bilim manbaigina hisoblanmasdan, balki u yoki bu tabiiy-ilmiy xulosalarning tо’g’riligining mezoni ham deb hisoblana boshlandi. Sxolastlar tabiat hodisalariga hech qanday murojaat qilmasdan, Aristotel asarlari matnlarini va о’z fanlarining boshqa avtoritetlari (nufo’z)ga murojaat qilish asosida bahs yuritardi. Tabiatshunos-olim esa, tegishli javobni qadimgalarning asarlaridan emas, borliqning о’zidan, tabiatdan, hayotdan qidirgan.
Uyg’onish davri yangi davr arafasida о’ziga xos qadriyatlarga ega bо’lgan g’oyaviy va madaniy rivojlanishni о’z ichiga olgan tarixiy jarayondir.
Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida XIII va XIV asrlarda savdo va xunarmandchilik rivoji bilan shaharlarda о’sish va ishlab chiqarish jadal tus oldi. Shaharlar shunday kuchga aylandiki, ular tufayli eski to’zum о’z iqtisodiy rivojining yuqori chо’qqisiga kо’tarildi. Shu bilan birga shaharlar rivojida eski to’zum qobig’idan tashqariga chiqib ketadigan jarayonlar ham yo’z berdi. Shaharlarda tobora avj olayotgan iqgisodiy ravnaq savdo va sudxо’rlik sarmoyasining tezlashuviga olib keldi. Natijada kurtak shaklida cheklangan, mustahkam bо’lmagan sanoat ishlab chiqarishi munosabatlari shakllana boshladi. Dastlab, manufakturalar kо’proq mustasno sifatida yo’zaga keldi. Mohiyat jihatidan Uyg’onish davri о’tmishda o’zoq davom etgan ishlab chiqarish kuchlarining turg’unligini yengib о’tgan davr bо’dtsi. О’rta asrlar davrida Yevropa shaharlarining iqtisodiy-siyosiy va madaniy rivojlanishida katga farqlar mavjud edi. Shuning uchun Uyg’onish jarayoni birdaniga hamma mamlakatlarda emas, avvalo eng rivojlangan mamlakatlarda yo’z berdi. Dastlab uning beshigi Italiya bо’lgan. Uyg’onish jarayonining birinchi davri «italiya hodisasi» bо’lgan, faqat ikkinchi davrga kelibgina, Yevropaga tarqalgan.
Uyg’onish davri mafkurasining yalovbardorlari shaharning oliy tabaqalari, meshchanlar, monastir va cherkov ziyolilari edi. Ular shaxar aholisining о’rta va quyi tabaqalari bilan raqobatda bо’lganlar, kambag’al va faqirlarga nafrat bilan qaraganlar. U davrda hali meshchanlar va dvoryanlar о’rtasida qarama-qarshilik mavjud emasdi. Aksincha, dvoryanlar hatto cherkovning oliy vakillari va meshchanlar tabaqalariga xayrIXohlik bilan qaraganlar. Ularning hayot tarzi о’ziga jalb qilgan. Uyg’onish davri mafkurasi ikki yо’nalishda bо’lgan. Bir tomondan antifeodal, ikkinchi tomondan esa antiplebey xarakterda bо’lgan. Meshchanlarning yuqori tabaqalari davlat apparati va cherkovni isloh qilish yо’li bilan tovar-pul munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlashga harakat qilganlar. Shuning uchun ham bu harakatni «renessans» deb ataganlar.
Renessans iborasi — qayta tirilish, ya’ni antik madaniyat, fan, falsa-faning yangidan qayta tirilishi, jonlanishi ma’nosini anglatadi.
Lekin bu ibora tarixiy jarayon mazmuni va asosiy xususiyatining lug’aviy ma’nosini aks ettirmaydi. Balki bu jarayonning antifeodal xarakterdaligi, cherkovga, dvoryanlarga va umuman eski tartiblarga qarshi qaratilganligini aks ettiradi.
Uygonish davri tarixning shunday bosqichini о’z ichiga oladiki, unda xristian dini yaxlit bir mavqeni egallamaydi. Bunday о’zgarish eng avvalo diniy tashkilotlar qatlamlarida yo’z beradi. Falsafada, san’atda, adabiyotda yo’z yillar davomida odat kuchiga ega bо’lgan an’anaviy tafakkur usuli tugatilgan emasdi. Urta asr teokratizm (ilohiy hokimiyat) bilan kurashda Uyg’onish davri madaniyatida birinchi о’ringa gumanistik (insonparvarlik), insonni diqqat markaziga qoyuvchi g’oyalar chiqadi. Hayotda faqat insonning ijodiy qobiliyatlarini, aqlni tan olish yerdagi baxtga intilish bilan almashinadi. Bu maqsadni royobga chiqarish о’tmish madaniyati yutuqlarini о’zlashtirishni taqozo etardi. Shuning uchun Uyg’onish davri gumanizmi antik madaniy merosga qiziqishni, qadimgi falsafaning boy-liklaridan foydalanishni taqozo qilardi. Endi Platon va Aristotel ta’limotlari, neoplatoniklar, stoiklar va epikurchilar falsafasi, Tsitseron va boshqalar merosiga yangicha yondoshildi va talqin qilindi. Ularning falsafiy-tarixiy talqini qayta kо’rib chiqildi. Uyg’onish davri bu eng avvalo antik davr asarlarini erkin tafakkur qilish, tayyor va о’zgarmas deb Hisoblangan haqiqatlardan voz kechishni anglatardi. Bu esa о’z navbatida nima haqiqat va nima haqiqat emas, degan masalani hal qilish huquqini berardi.
Uyg’onish davri Yevropada о’z iqtisodiy asoslari jihatidan feodal ishlab chiqarish usuli asta-sekin inqirozga uchrab, burjua ishlab chiqarish usuli kurtaklari vujudga kela borishi b-n xarakterlanadi..
Jamiyat hayotida shahar rolining kuchayishi, ya’ni shaharning ijtimoiy ishlab chikarishda borgan sari ahamiyati oshib borishi, shahar ichida va shaharlararo tovar almashinishining kuchayishi, savdo aloqalarining avj olishi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi va shu asosda yangi — burjua ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanishi Uyg’onish davri iqtisodiy hayotiga xos xususiyatlardir.
Bu davr siyosiy jihatdan cherkov, papa ta’sirida bо’lgan mayda knyazliklar о’rniga Ispaniya, Fransiya, Angliya va b. joylarda yirik, mustaqil knyazliklarning vujudga kelishi, ularning papa, cherkov diniy-ma’naviy hokimiyati ta’siridan qutulish, dunyoviy hokimiyatni kuchaytirish uchun kurashishi avj olishi b-n xarakterlanadi.
Bu davrda «Qirollik hokimiyati, shaharliklarga suyangan holda feodal dvoryanlarning kuchini sindirdi va aslda millatlarga asoslangan yirik monarxiyalarni vujudga keltirdi, bu monarXIyalarda hozirgi zamon Yevropa millatlari va hozirgi burjua jamiyati rivojlandi... Vizantiya yiqilgan paytda saqlanib qolgan qо’lyozmalar, Rim xarobalaridan qazib olingan antik haykallar hayratda qolgan G’arbning kо’zi oldida yangi dunyoni — qadimgi yunon dunyosini gavdalantirdi; uning porloq obrazlari oldida о’rta asrning sharpalari kо’rinmay ketdi.
Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish gо’yo klassik qadim zamonning shu’lasi bо’ldi va keyinchalik bunday yuksalishga erishish aslo mumkin bо’lmadi. Italiya, Fransiya va Germaniyada yangi, ilk hozirgi zamon adabiyoti vujudga keldi. Shundan sо’ng kо’p vaqt о’tmay Angliya va Ispaniya о’z klassik adabiyoti davrini kechirdi...
Davrning iqtisodiy-siyosiy hayoti inson’ shaxsiyatini birinchi о’ringa qо’ydi. Insonga; feodal-tabaqachilikni munosabatlari, cherkov asketyak axloqi, о’rta asr traditsiyalari doirasi torlik qila boshladi. U endi о’ziga, atrof-tabiatga boshqacha kо’z b-n qaraydigan bо’l­di, uning voqelikka, о’tmishga bahosi, estetik qarashi о’zgara bordi.
Yangi davr dunyoqarashining namoyandalari—turli kasbdagi va turli ijtimoiy mavqedagi kishilar— shoirlar, filologlar, filosoflar, rassomlar о’zlarining tadqiqot obyektlari deb insonni hisobladilar. Insonni tabiatning ajralmas bir qismi va uning mukammal mahsuli sifatida tushundilar. Inson, uning kechinmasi, ichki dunyosi, hayoti adabiyot va san’atning asosiy temasi bо’lib koldi. Shaxs ijodining garmonik, erkin, har tomonlama taraqqiyoti ideali shakllana boshladi. Shuning uchun ham bu davr mutafakkirlari insonshunoslar — gumanistlar deb atalgan (k,. Gumanizm).
Gumanistlar yangi dunyoni qaror toptirishda antik merosga murojaat qildilar. Ular qadimgi qо’lyozmalar va antik san’at yodgorliklarini tо’plab va о’rganib, antik merosning tiklanishi va tarqalishi xususida kо’p ish qildilar. Bunda gu­manistlar, shubhasiz, Sharqning, jumladan О’rta Osiyoning qadimgi davrdagi madaniyatidan keng foydalandilar.
Uyg’onish davrini g’oyaviy jihatdan tayyorlashda arab tilida vujudga kelgan О’rta va Yaqin Sharq ilg’or falsafiy ta’limotlari, Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asarlari muhim ahamiyatga ega bо’ldi. Bu mutafakkirlar asarlari 12-asrdan boshlab latin tiliga tarjima qilinib, keng foydalanildi. Ular orqali yunon faylasuflari asarlari Yevropaga kirib keldi. Averroizm Yevropada ham hurfikrlilik, ikki haqiqat ta’limotining tarqalishida hal qiluvchi ta’sir kо’rsatdi.
Biroq Uyg’onish davri madaniyati shunchaki antik madaniyatga qaytish emas edi. Antik madaniyatni tiklash yangi madaniyat taraqqiyotida asosiy vosita, manba bо’lib xizmat kildi. Antik ma­daniyat yangi tarixiy sharoitdan kelib chiqib, yangicha rivojlantirildi. Uyg’onish davrida ilmiy tadqiqotda erkinlik huquqi e’lon qilindi. Dunyoviy fan, dunyoviy adabiyot va san’at vujudga keldi. Yevropa mamlakatlarida kitob bosish yo’zaga kelishi (15-asr) hamda tarqalishi antik merosning, yangi, gumanistik qarashlarning yoyilishida katta rol о’ynadi.
G’arbiy Yevropada yo’z berayotgan ma’naviy va madaniy qayta о’zgarish turli xarakterlarga ega bо’lgan va turli bosqichlarda kechgan.
Birinchi bosqich XIV—XV asrlarni о’z ichiga oladi. Madaniyat eng avvalo «gumanistik» xarakterga ega bо’lib, asosan Italiyada namoyon bо’lgan. XVI va XVII asrlardagi о’zgarish esa kо’proq tabiiy-ilmiy yо’nalishga ega edi. Bu davrda gumanizm Yevropaning boshqa kо’pgina davlatlariga ham tarqala boshlaydi.
Gumanizm insonning dunyodagi о’rni, mohiyati va vazifasi, borlig’ining mazmuni va maqsadi haqida о’ylay boshlashidan yo’z beradi. Bu mulohazalar hamma vaqg aniq tarixiy va ijtimo-iy sharoitlardan kelib chiqadi. Umuman, gumanizm ma’lum ij-timoiy va umummilliy manfaatlarni aks ettiradi.
Tor ma’noda gumanizm iborasi, Uyg’onish davrida shakllangan g’oyaviy xarakterni anglatadi. Uning mazmuni va maqsadi antik davr adabiyoti, san’ati, madaniyati va tillarini tarqatishdir. Gumanistlar xizmati faqat falsafiy tafakkurni rivojlantirishdangina iborat bо’lib qolmasdan, balki shu bilan birga qadimiy manbalarni о’rganish bо’yicha tadqiqotlardan ham iboratdir. Shuning uchun ham Italiya gumanizmi adabiy-filologik (tilshunoslik) gumanizm bо’lgan.
Tarixshunoslik fanida ba’zi antik davr merosi bir tomonlama bо’rttirib kо’rsatiladi. Ularda «gumanizm» faqat yunon va Rim madaniyatining madaniy va ma’rifiy ta’sirigina qilib kо’rsatiladi. Lekin gumanizmni bunday talqin qilishda uning ma’naviy tomonigina qо’rsatilib, amaliy, kurashchan tomonlari inkor qilinadi. Bu tomonlarni hech mahal nazardan qochirmaslik kerak, garchi ular har xil sharoitlarda namoyon bо’lgan bо’lsa ham. Bu narsa Italiya gumanizmiga ham taalluklidir. Bu gumanizm ham о’zining tarixiy cheklanganligiga qaramasdan, aniq ijtimoiy harakatning ifodasi bо’lib, olga tashlangan sal-moqli qadam edi.
XVI-XVII asrlarda Uyg’onish davrining gumanistik g’oyalari faqat Italiya bilan chegaralanib qolmasdan, Angliya, Niderlandiya, Germaniya, Shveysariya, Ispaniya, Polsha, Vengriya kabi mamlakatlarga ham yoyiladi. Italiya va Shimoliy Yevropadagi Uyg’onish davri tafakkuri qator umumiy kо’rinishi va jihatlarga ega bо’lishi bilan birga о’zining betakror xususiyatlariga ham egadir.
Uyg’onish davri madaniyatining xronologik chegarasi, uning yoyilish doirasi, milliy xususiyati xaqidagi masala ancha murakkab masalalardandir. Renessans madaniyatining tarqalish darajasi turli mamlakatlarda turlichadir. Uning paydo bо’lishi va yorqin ifodasi Italiya bilan bog’liq.
Italiya 13—14-asrlardayoq Yevropada iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan mamlakat edi. Italiya madaniyati rivojlanishiga uning antik madaniyatining yirik markazi bо’lganligi, bu yerda qadimgi yodgorliklar boshqa mamlakatlarga qaraganda kо’p saqlanganligi ham ta’sir kо’rsatgan.
San’atshunoslar Italiya Uyg’onish davri arafasi — 13—14-asrlarni (k. Protorenessans) hisobga olmay, Italiya Uyg’onish davrini quyidagicha davrlashtiradilar:
Ilk uyg’onish (tasviriy san’at va Arxitekturada — 15- asr, adabiyotda hatto — 14-asr),
Yuksak uyg’onish (15-asr oxiri—16- asrning 1-choragi),

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish