Yog’ochband davri miloddan avvalgi II ming yillikning o’rtalariga to’g’ri keladi. Bu davrda dastali, teshikli boltalar keng tarqalgan. Dastlab ular Sharq mamlakatlaridagi yodgorliklardan topilgan. Yog’ochband davrida metallurgiya va chorvachilikning, rivojlanishi boyliklar to’planishiga va xarbiy to’qnashuvlarning kuchayishiga olib keladi. Jamiyatda moddiy boyliklarning ayrim kishilar qo’lida to’planishi jarayoni boshlanadi.
Bronza davriga oid bo’lgan qo’rg’onsiz qabrlar ham ko’p uchraydi. Unda murdalar kuydirilgan. Bunday xolat xarbiy Evropada so’nggi bronza davri uchun xarakterlidir.
Bronza (Jez) davri mozor-qo’rg’onlari o’rganilishi orqali bu davr haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lindi. Bu davr mozorlari-dan «bo’yalgan va bukchaytirilgan» skletlar ko’plab topilgan. Bu davrda kishilar murdalarga har xil rangdagi (ko’proq qizil, och qizil) tabiiy bo’yoqlar sepishgan. Qizil va och qizil rang – jon, tirilish, qon ramzi hisoblangan.
«Bukchaytirilgan skletlar» - murdalarni yonboshlab, oyoqlari bukilgan holatda ko’milishi, odamning dunyoga kelishi, ibtido va intiho haqidagi tasavvurlarning inikosi sifatida, ona qornida va yer bag’rida bir holatda bo’lishini aks etirilishidir.
Yevropada bronza davri chorvador qabilalari o’ziga xos katta birliklarni tashkil etadi. Sopol buyumlarning shakli va naqshlari o’z birliklarga xos bo’lib, ular bir-birlaridan farq qilgan.
Masalan, Janubiy Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Pol’sha, Chexiya, Frantsiya, Venetsiya, hududlarida, xatto MDH davlatlari territoriyalarida chilvir naqshli sopol buyumlar keng tarqalgan. Angliya, Frantsiya, Ispaniya, G’arbiy Germaniya hududlarida esa oddiy, o’ziga xos shakldagi sopol buyumlar tarqalgan.
Yer yuzining ko’plab hududlaridan bronza (jez) davri yodgor-liklari topilgan. Arxeologlar ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy munosa-batlarni yodgorliklardan topilgan moddiy topilmalarni o’rganish orqali tiklab, bronza davri kishilari hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Sharqiy O’rta yer dengizi bo’ylarida, xususan Falastinda bronza davrida shahar tipi markazlari paydo bo’lgan hunarmandchilik va mustahkamlangan manzillarning shakllanishi bilan ilk bronza davrida kulolchilik charxi paydo bo’ladi. Ushlagichli cho’zinchoq ko’zalar va turli shakldagi idishlar bronza davrida keng tarqaladi. Falastin yodgorliklarida bronza, mis, kumush metali keng ishlatilgan. Hatto milddan avvalgi III ming yillik oxirlarida kumush idishlar keng tarqalgan. Falastinda bronza davriga mansub kumush xazina topilgan. U 35 xil predmetdan iborat bo’lib, uning tarkibida turli buyumlar, idishlar, bezaklar bo’lgan. Bronza davri manzillari ko’pincha mudofaa devorlari, bilan o’ralgan, to’g’ri burchakli binolardan iborat bo’lgan. Bu davr shahar xarobalarining o’rni 2-4ga etadi va buyumlarning joylanishi, qurilishi shakli o’ziga xos reja asosida bo’lgan.
Falastin yodgorliklari mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lib, bu devorlarning eni 4,5 metrdan to 8 metrgacha bo’lgan. Masalan, Fara yodgorligi xarobasi devorlar bilan o’ralgan. Fara shahri xarobasi hisoblanadi. Shahardan ijtimoiy xarakterdagi binolarning qoldiqlari topilgan. Yuqori tabaqa uylari, mahalliy hukmdorlarning saroylari ham mavjud bo’lgan. Shahardan unga uzoq bo’lmagan joyda qabriston joylashgan. Bu erda (Ochiq Qabr) kollektiv qabrlar bo’lib, har bir qabrda 50-90 murdaning qoldig’i bo’lgan. Hatto, bir qabrga 300 kishi ko’milgan. Qabrlardan kulolchilik buyumlari (idishlar), zeb-ziynat va ayrimlaridan metal buyumlar topilgan.
Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o’zgaradi. Bu davrga oid bo’lgan Iordan vohasidagi Xazor xarobasi 50 gani tashkil etadi. U poytaxt, ya’ni markaz vazifasini o’tagan. Xarobada ibodatxona qoldig’i va zadagon kishilarning uylari qoldiqlari topilgan. Ilk sinfiy munosabatlar mavjud bo’lganligini bildiruvchi topilmalar – yuqori tabaqa, oziq-ovqat omborlari o’rganilgan.
Kichik Osiyoda Qumtepa yodgorligi bronza davriga mansub bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillik bilan belgilanadi. Qumtepa yodgorligi tosh arxitekturasining ajoyib namunasi bo’lib, unda uylar poydevorigina emas, balki xonalar ham toshdan urilgan. Kichik Osiyoda bronza davriga oid bo’lgan Troya I, Termi manzilgohlaridan bronza qurollar topilgan va o’rganilgan.
Miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida hunarmandchilikni rivojlanishi shaharlarning gullab-yashnashiga sabab bo’lgan. Markaziy Osiyo shaharlari – Troya II, Polisxni V, Axlatenbel’ 1-2 ga maydonni tashkil etgan. Beyjesulton shahar xarobasining maydoni 24ga teng bo’lib, yodgorlik xarobalardan shahar xususiyatiga xos elementlar, hukmdor saroyi, ijtimoiy bino qoldiqlari topilgan va o’rganilgan.
Elamning bronza davri yodgorliklari – Eron hududida Suza kompleksi bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillikning birinchi yarmiga oiddir. Suza kompleksidan buqa, echki, baliq, . . . suratlari solingan kulolchilik buyumlari, bronza qurollar – bolta, xanjar, qadimgi Elam yozuvi aks ettirilgan plastinkalar topilgan.
MDH davlatlari hududida ham bronza davri yodgorliklari o’rganilgan. Janubiy Sibir’ hududida bronza davri yodgorliklaridan eng qadimiysi Afanas’ev madaniyati bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Afanas’ev madaniyati Enisey (Enasoy) daryosi bo’yida joylashgan. Afanas’ev yodgorligidan qadimgi qabrlar o’rni topilgan. Bu qabrlar ustiga tosh taxlangan chuqur qabrlar bo’lib, unga murdalar yonlab qo’yilgan. Ularning yonida oziq-ovqatlar, mehnat qurollari qoldiqlari saqlangan.
Miloddan avvalgi II ming yilliklarda G’arbiy Sibir’ xududida Andronov madaniyati keng tarqalgan. Andronovo madaniyati tipi- Janubiy Sibir’, Janubiy Ural, Qozog’iston shimoliy hududiga mosdir. Andronovo madaniyati qabrlar va makonlardan iborat bo’lgan. Qabrlar – to’g’ri burchakli bo’lib, yog’och va tosh plitalar bilan yonlari mustahkamlangan. Andronovo madaniyatiga oid makonlarda metallurgiya, chorvachilik, motiga dehqonchiligi rivojlangan. Ko’plab jez qurollar, don qoldiqlari topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |