TARIX MAJBURIY 15TA
1.O`rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari nechta satraplikka bo`linadi?
A)5 ta B)3 ta C)4 ta D)2 ta
2. Buyuk Ipak yo’li orqali So’g’diyonadan Xitoyga qanday mahsulotlar olib borilgan?
1)ip-gazlama 2)qimmatbaho toshlar 3)paxta chigiti 4)jun-gazlama 5)guruch 6)zeb-ziynat buyumlari 7)zotli otlar 8)gilam
A)1,2,3,4 B)5,6,7,8 C)1,3,5,7 D)2,4,6,8
3. G`aznaviylar davlatida mavjud bo`lgan lavozimlarni vazifalari bilan mos keluvchi javob variantini toping.
1) rais 2)amid 3)voliy 4)kutvol
a)viloyat hukmdori b)shaharlarda boshqaruv ishlari c)shahar hokimi d)viloyatda boshqaruv ishlari
A)1a,2b,3d,4c
B)1c,2d,3b,4a
C)1d,2b,3a,4c
D)1c,2d,3a,4b
4. Chig’atoy ulusida mo’g’ullarning o’troqlikka o’tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’la boshlagan davrni toping.
A) XIII asr o’rtalarida
B) XIV asrning ikkinchi yarmida
C) XIII asr oxirlarida
D) XIV asrning birinchi yarmida
5.Quyidagi mutafakkirlardan “Dorul hikma va maorif” ning asosini tashkil etganlarini toping.
1.Al-Xorazmiy 2.Abu Nasr ibn Iroq 3.Ahmad al-Farg‘oniy 4.Abulxayr ibn Hammor 5.Ahmad al-Marvaziy 6.Abu Sahl Masihiy 7.al-Abbos Javhariy 8.Abu Rayhon Beruniy 9.Yahyo bin Abu Mansur 10.Abu Ali ibn Sino
A) 1,2,3,4,5
B) 6,7,8,9,10
C) 1,3,5,7,9
D) 2,4,6,8,10
6. Mo’g’ullar istilosidan so’ng butun Sharqda shuhrat topgan hunarmandchilikning qaysi sohalari butunlay barham topdi?
1.zargarlik 2.qurol-aslaha yasash 3.kulolchilik 4.naqshli shishasozlik 5.nafis ipak matolar to’qish 6.rangli shishasozlik
A) 1,3,5
B) 2,4,6
C) 1,2,4
D) 2,4,5
7. 1586-yilda shayboniyxon Abdullaxon II huzuriga boburiy Akbarshoh saroyidan kelgan elchilar qanday maqsadni ko’zlagan edi?
A) Eronni o’zaro to’g’ridan-to’g’ri taqsimlab olish
B) Turkiyaga qarshi urushda Eronga birgalikda yordam ko’rsatish
C) Badaxshonning fath etilish sabablarini tushuntirish zarurati
D) Boshqa davlatlar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan hujumlarga qarshi ittifoq tuzish
8. Quyidagi qaysi asar Dashti Qipchoq va Movarounahrning XV asr o’rtalaridan XVI asr boshlarigacha bo’lgan davr voqealarini o’z ichiga oladi?
A) ”Abdullanoma”
B) Binoiy ”Shayboniynoma”
C) M. Solih Shayboniynoma
D)”Mehmonnomayi Buxoro”
9. Shayboniylar sulolasi vakillari qaysi daryolarning imkoniyatlaridan unumli foydalanish choralarini ko`rganlar?
1.Sangzor 2.Chirchiq 3.Zarafshon 4.Sirdaryo 5.Amudaryo 6.Qashqadaryo 7.Vaxsh 8.Murg`ob 9.Norin 10.Qoradaryo
A)1,2,4,5,8,9
B)1,2,3,5,7,10
C)1,3,4,5,7,8,10
D)1,2,4,5,7,8
10. Qaysi yilda e’lon qilingan nizom asosida Turkiston o‘lkasida uyezd sudlari tugatilib, ularning o‘rniga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari (sudlari) tuzilgan?
A) 1865- yilgi
B) 1867-yilgi
C) 1886-yilgi
D) 1898-yilgi
11. 1866-yil Samarqand egallanganidan so’ng,K.P Koufman qanday shartlar bilan sulh tuzishni taklif etib, amir Muzaffarga maktub yo’llagan edi?
1)Samarqand bekligini Rossiyaga berish; 2)”harbiy xarajatlarni” to’lash; 3)Rossiay savdogarlaridan olinadigan boj miqdori tovar umumiy qiymatining 2,5 foizidan oshmasligi; 4)Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan barcha hudud – Xo’jand, O’ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on shaharlarining Rossiya ixtiyoriga o’tishi; 5)1865-yildan buuyon qo’lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb e’tirof etish;
A)2,3,4 B)1,2,5 C)2,4,5 D)1,3,4
12.”Ittifoqi Muslimin” siyosiy partiyasi tuzilgan yilni aniqlang.
A) 1914-yil
B) 1915-yil
C) 1917-yil
D) 1918-yil
13.Turkiston Muxtoriyatida oziq-ovqat vaziri kim bo’lgan?
A) Ubaydulla Xo’jayev
B) Abdurahmon O’razayev
C) Obidjon Mahmudov
D) Solomon Gersfeld
14.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo’yicha qo’mita tashkil etilgan yilni aniqlang.
A)1991-yil
B) 1992-yil
C) 1993-yil
D) 1994-yil
15.Respublikamizda belbog’li kurash federatsiyasi tuzilgan yilni aniqlang.
A) 1992-yil
B) 1996-yil
C) 2001-yil
D) 2002-yil