Dasht komissiyasi - 1865 yilda imperator Aleksandr II farmoni bilan maxfiy maslahatchi F.K.Girs raisligida tuzilgan. Ushbu komissiya Orenburg va G‘arbiy Sibir general-gubernatorliklari hamda Turkiston viloyati turmush tarzi va umumiy ahvolini o‘rganish uchun O‘rta Osiyoga jo‘natilgan. Komissiyaning asosiy vazifasi bosib olingan hududlardagi sharoitni o‘rganish hamda ularni qanday boshqarish haqida nizom tuzish uchun ma’lumotlar to‘plash, mustamlakachilikka asoslangan o‘lka boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |