Birinchi bosqich-1847-1865 yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shimoliy-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. (Jumladan, 1853 yili Oqmasjid, 1860 yili To‘qmoq va Pishpak, 1964 yili Avliyoota va Chimkent shaharlari hamda 1865 yili iyun oyida Toshkent bosib olindi). Istilo etilgan hududlarda Orenburg generalgubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi.
Ikkinchi bosqich-1865-1868 yillarni qamrab olgan bo‘lib, bunda Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi. Bunda 1866 yilda olib borilgan istilochilik yurishlari oqibatida O‘ratepa, Jizzax va Yangiqo‘rg‘on, 1868 yili Samarqand Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |