Tarix” kafedrasi “tarbiya” fanidan


Savol 5. Insonning turmush tarzi va ijodkorligi o'rtasida bog'liqlik bormi?



Download 3,22 Mb.
bet101/112
Sana02.03.2022
Hajmi3,22 Mb.
#479750
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   112
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil

Savol 5. Insonning turmush tarzi va ijodkorligi o'rtasida bog'liqlik bormi?
Albatta. Inson hayotining har qanday usuli ijodkorlik bilan bog'liq. Masalan, sevimli mashg'ulotlari dasturlash bilan shug'ullanadigan kishi o'z faoliyati sohasida ham yaratishi mumkin: masalan, odatdagidan tashqarida bo'lgan mutlaqo g'ayrioddiy dasturlarni yaratish. Hayot tarzi va ijodkorlik, albatta, bir-biriga bog'liqdir.
4. Inson yer yuzida paydo bo’lgandan to hozirgi kungacha o’z umri mobaynida ezgulik va jaholat o’rtasida ko’rinmas arqon to’qiydi. Bu umrboqiy hayot qonuni, o’z o’rnida hayot tarozisining ikki pallasidir. Moziyning minglab zarvaraqlarda bular xususida minglab misollar ko’rishimiz mumkin. Jaholat… Bu so’zni eshitishimiz bilanoq har birimiz ongimizda chuqur o’y, qalbimizda esa ovchi qo’ygan tuzoqqa tushgan ohunikidek titroq uyg’onadi. Bilasizmi, bular qo’rquvdan emas, bular jaholat so’zining zamirida yotuvchi inson farzandining o’z xalqiga o’z ota onasiga boringki, o’z vijdoniga qilgan xiyonati, yuztubanliklari, jirkanch amallariga bo’lgan munosabatlar ta’siridir. Mana shunday jaholat qurbonlari, taassufki, bizning ertangi kun egalarimiz yosh avlod ildiziga bolta urmoqchi bo’layotgan manqurt kimsalardir.
Insonning birinchi baxti uning hazrati Inson bo’lib tug’ilishi bo’lsa, ikkinchi baxti esa muqaddas zamini – ona Vatanining ertangi kun egasi bo’lishidadir. Ona Vatan! ming yillar dovonida ota- bobolarimiz ardoqlagan, zaminidan ona yopgan issiq kulcha muattari tarqaluvchi muqaddas diyor. Uning har shamol yaprog’ida o’tmishing yashirin, ona xalqing nigohida kelajaging namoyon. Axir uni asrab avaylamoq, kamoli uchun yelib yugirmoq uning korida bo’lmoq, azizim, o’ylab ko’ring, bundan ortiq baxt bormi? Biroq, taasuflar bo’lsinki, hozirgidek globallashuv zamonida bular xususida o’ylash tugul, xattoki, Vatanini sotuvchi, ota – onasi yuziga oyoq qo’yuvchi vatanfurushlarning oramizda bor ekanligi achinarli…
Xo’sh, nimaga bu vatanfurushlar ongli inson bo’la turib, bu kechirib bo’lmas xato ekanligini bilib turib, yana shu jaholat botqog’iga botishadi? Nima uchun kindik qoni to’kilgan zaminda, beshikdan ona allasini eshitib, shu zamin, shu xalq ichida unib-ulg’ayadiyu yana shu Vatanga, xalqiga xiyonat qiladi? Bunga sababchi kim? Ularni shunday insonga aylanishida aybdor ularni oq yuvib oq taragan mushtipar ota-onami? Yoki uning kamoli uchun yaxshi yashashi uchun yelib yugurgan sodda xalqimi?
Hamma chaqaloqlar bir xil farishtadek ma’suma bo’lishadi. Chaqaloq dunyoga keldimi, u uchun hayotda oppoq, yangi sahifa yaratiladi. Uning bu sahifasiga uning umri mobaynida bajargan amallari yozib boriladi. Ulg’ayib unib o’sishi natijasida unda fe’l-atvor shakllanadi. Bunda tarbiyaning o’rni beqiyosdir. Xalqimiz “Qush uyasida ko’rganini qiladi” deyishi bejiz emas. Farzand ota-ona uchun bamisli ko’zgudagi aksidir. Agar farzand noqobil bo’lsa, demak, uning tarbiyasida nuqson bor. Bu esa ota-onaning farzandning aytgan narsasini muhayyo qilishi, yoki uning tarbiyasiga beparvolik qilishidandir. Bu orqali, ota-ona farzandni noto’g’ri yo’lga kirib borayotganini payqamay qoladi, payqaganida esa kech bo’lgan bo’ladi. Zero, zabardast ijodkor Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” degan teran so’zlari fikrimizning yaqqol isbotidir.
Bilasizmi, xalqimiz orasida bir gap bor: ”Kasalni davolashning eng ma’qul usuli uning oldini olishdir”. Ko’z tegmasin, hozirgi zamonamiz mustaqillik, tinchlik nafasi ufurib turgan davr. Ayrim yoshlarimizda shu narsani ko’ramizki, ular bu ne’matni bardavom deb bilishadi, go’yoki, o’zlarini bunga dahlsizdek his qilishadi. Har amalida faqat o’z manfaatlarini, o’zlarini hoy-u xavaslarini o’ylab ish ko’rishadi. Mana asl manqurtlikning bosh debochasi. Jaholat botqog’ining jirkanch qirg’og’i. Xalqning yana “Eng xavfli odam bu har ishga befarq odam” degan jumlasini misol keltirmoqchimiz. Har insondan qandaydir insonni kashf etish mumkin, qachonki, unda qalb bo’lsa. Qachonki unda tarbiyalangan ong, bilim, saviya bo’lsa.
Shu yerda fikrlarimizni umumlashtiramiz. Insoni manqurtga aylanishidagi sababni izlashdan ko’ra, uning jaholat botqog’iga eltuvchi yo’liga to’siq qo’ymoq lozim. Bunga erishishimiz yechimini birinchi prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilgan quyidagi jumlalardan topamiz: “Hozirgi vaqtda ko’z o’gimizda dunyoning geopolotik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o’zgarishlar ro’y berayotgan,turli mafkura tortishuvlari keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidanda muhim ahamiyat kesb etmoqda.”
Jaholatga qarshi ma’rifat... O’ylanib qolasan kishi… nahotki jammiyki yovuzliklarning daxshatli ko’rinishi jaholatga ma’rifat bilan qarshi chiqmoq mumkin bo’lsa? Shundayin qudroatli kuchni nahotki, biz kitob, bilim, o’qib-o’rganish orqali paydo qilolsak? Ha, ma’rifat barcha yovuzliklarni yengishdagi eng kuchli atom qurollaridan-da qudratliroq kuchdir. U har bir shaxs ongida mafkuraviy immunitetni hosil qiladi. Darhaqiqat, mafkuraviy imunitetga ega bo’lgan shaxs hayotga teranroq qaray oladi, oqni qoradan ajrata oladigan manaviyatli inson bo’lib yetishadi. Ma’rifatli inson haqiqaqtni ko’ra bilguvchidir. Haqiqatni ko’ra oladigan inson har xil aldovlar qurboniga aylanmaydi. Bugun yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar zamirida, ma’rifatni sevuvchi, uni tuganmas bulog’idan qonib ichish baxtini tuya oluvchi insonni tarbiyalash maqsadi yotishi bu fikrimizning yaqqol isbotidir.

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish