Modernizatsiyalash
fran. modernizerzamonaviy; zamonaviylashtirish, hozirgi davr talablari, tarzi va didiga mutanosib
ravishdagi o‘zgarishlarni amalga oshirish.
Mulk ob’yektlari
mulkka aylangan barcha boylik turlari. Mulk sub’ektlari mulk ob’yektini o‘zlashtirishda
qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Mulkdan foydalanish
molmulkning Iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni
uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish
molmulk taqdirini mustaqil hal qilish. Mulkka egalik qilish mulkdorlik huquqining uning
egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulkchilik munosabatlari
mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida
vujudga keladigan munosabatlar.
182
Do'stlaringiz bilan baham: |